Oqtepa futbol klubi — Toshkent shahridagi oʻzbek futbol klubi. 2000-yilda asos solingan jamoa hozirda Oʻzbekiston „A“ Pro-Ligasi oʻyinlarida ishtirok etmoqda.

Oqtepa
Toʻliq nomi Toshkentning „Oqtepa“ futbol klubi
Laqabi Aktepintsy
Asos solingan 2000
Tugatilgan 2021
Stadion Oqtepa
Stadion hajmi 2,000
Musobaqasi
2019 3
Asosiy libosi
Ikkinchi libosi

Tarixi tahrir

„Oqtepa“ futbol klubi 2000-yilda Gʻanisher Shogʻulomov tomonidan tashkil etilgan. 2000—2005-yillarda Oʻzbekiston Ikkinchi ligasida oʻynagan, Rustam Hamdamov esa jamoaga bosh murabbiylik qilgan.

2005-yilda Ikkinchi liganing final bosqichida oʻz guruhida gʻalaba qozondi va Birinchi ligada oʻynash huquqini beruvchi oʻtish turniriga kirdi.

2006-yilda „Oqtepa“ Birinchi ligada debyut qildi va jamoani birdaniga 2 nafar murabbiy — Nizom Nortojiev va Otabek Mansurov boshqarib, uni 11-oʻringa olib chiqdi.

2007-yilgi mavsumda Otabek Mansurov klubning yagona bosh murabbiyi boʻlib qoldi va uni 7-oʻringa koʻtardi. 2008-yilda esa jamoani u bilan birga 6-oʻrinni egallagan Ravil Imomov boshqargan.

Bir necha sabablarga koʻra „Oqtepa“ keyingi yili Birinchi ligada ishtirok eta olmadi. Ammo 2010-yilgi mavsumda u oʻz oldiga yuqori maqsadlar qoʻyib, ushbu divizionga qaytdi.

Jamoaga Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Aleksey Yevstafeyev yordamchisi — Aleksandr Mochinov taklif etildi, lekin u bilan „Oqtepa“ bor-yoʻgʻi 11-oʻrinni egalladi.

2011-yilda Mochinov oʻz ishini davom ettirdi, ammo yakunida jamoa 16-oʻringa tushib ketdi. Bu natijalar klub rahbariyatini qoniqtirmadi va mutaxassis egallab turgan lavozimidan chetlatildi.

2012-yilda jamoa boshqaruvi Vohid Xolboev qoʻliga oʻtdi, lekin u futbolchilarga ishonch bera olmadi va mavsum oxirigacha jamoaga Farhod Abdurasulov murabbiylik qildi. Natijada jamoa 8-oʻrinni egalladi.

2013-yilgi mavsumda „Oqtepa“ ning sobiq futbolchisi Aleksandr Tokov klub murabbiyi boʻldi va u 10-oʻrinni egalladi.

2014-yil boshida Aleksandr Mochinov yana klubga bosh murabbiy etib tayinlandi, biroq u 1-bosqichda isteʼfoga chiqdi. 2-turga qadar jamoani tajribali murabbiy Furqat Esanboev boshqardi.

2-bosqichdan esa bu lavozim Ildar Sakayevga ishonib topshirildi. 2014-yilgi mavsumda „Oqtepa“ Birinchi ligada 4-oʻrinni, keyin esa 2-oʻrinni egalladi (bu klub tarixidagi eng yuqori oʻrin).

Klub ramzlari tahrir

Mahalliy tarix tahrir

Mavsum Liga Oʻzbekiston kubogi Eng yaxshi toʻpurar Murabbiy
Div. Pos. Oʻyin D M UG OʻG O Ism Liga
2006 2st 11 38 14 6 18 57 63 48 1/4 Final   Nizom Nortojiev

  Otabek Mansurov

2007 2st 7 38 19 8 11 67 59 65   Vladimir Gavrilov 29   Otabek Mansurov
2008 2st 6 34 15 8 11 61 53 53   Ravil Imomov
2009 Professional klub sifatida faoliyati toʻxtatilgan va Oʻzbekiston ikkinchi ligasi baxslarida faoliyat olib borgan
2010 2st 11 38 19 3 16 65 46 60   Aleksandr Mochinov
2011 2st 16 38 12 5 21 37 69 41
2012 2st 8 38 21 0 17 87 79 63   Maʼruf Ahmadjonov 23   Vohid Xolboev

  Farhod Abdurasulov

2013 2st 10 36 14 8 12 53 56 50   Maʼruf Ahmadjonov 16   Aleksandr Tokov
2014 2st 4 38 26 4 8 84 46 82   Aleksandr Mochinov

  Furqat Esonboyev

  Eldor Sakayev

2015 2st 2 34 23 4 7 72 24 73   Eldor Sakayev
2016 4st Professional klub sifatida faoliyati toʻxtatilgan va Oʻzbekiston ikkinchi ligasi baxslarida faoliyat olib borgan
2017 4st
2018 4st
2019 2st 3 28 16 3 9 59 42 51   Pavel Purishkin 19   Ravshan Bozorov
2020 2st 6 20 6 4 10 23 31 22   Idris Bikmaykin 7   Yaroslav Krushelnitskiy
2021 4st Professional klub sifatida faoliyati toʻxtatilgan va Oʻzbekiston ikkinchi ligasi baxslarida faoliyat olib borgan
2022 4st
2023

Stadion va baza tahrir

„Oqtepa“ oʻz uy uchrashuvlarini Toshkentdagi Oqtepa massividagi stadionda oʻtkazadi. Futbol maydonining oʻlchamlari — 105x68 metr.

2012-yilgacha maydon tabiiy qoplamaga ega edi, ammo klub rahbariyati tashabbusi bilan keyin sunʼiy qoplama yotqizildi.

Klub boshqaruvi tahrir

Prezident   Sarvar Shogʻulomov
Vitse prezident   Ulugʻbek Olimov
Prezident maslahatchisi   Gʻanisher Shogʻulomov
Klub rahbari   Farhod Abdurasulov
Bosh murabbiy   Aleksandr Yejov
„Oq-tepa“ futbol maktabi direktori   Vladimir Gavrilov
Bosh kotib   Ravshan Rixsiyev
Matbuot kotibi   Furqatbek Nishonov
Jamoa bosh shifokori   Marat Xuziyaxmetov

Murabbiylar tahrir

Yil Murabbiy
2000-2005   Rustam Hamdamov
2006   Nizom Nartajiyev va Otabek Mansurov
2007   Otabek Mansurov
2008   Ravil Imomov
2010-2011   Aleksandr Mochinov
2012 (1-bosqich)   Vohid Xolboev
2012 (2-bosqich)   Farhod Abdurasulov
2013   Aleksandr Tokov
2014 (1-bosqich)   Aleksandr Mochinov
2014 (2-bosqich)   Furqat Esanboev
2014- 2019   Ildar Sakaev
2019-h.v.   Aleksandr Yejov

Havolalar tahrir