Andrey Igoryevich Pereplyotkin ( ukraincha: Андрій Ігорович Перепльоткін; 1984-yil 27-dekabr, Xarkov, Ukraina SSR, SSSR ) - asli ukrainalik boʻlib keyinchalik Latviya fuqaroligini qabul qilgan futbolchi, "Super Nova" klubi (Riga) yarim himoyachisi. U Latviya terma jamoasida o'ynagan.

Biografiyasi tahrir

Klubdagi faoliyati tahrir

Xarkovning "Metalist" futbol maktabi tarbiyalanuvchisi (birinchi murabbiyi - Rinat Viktorovich Morozov). Keyinchalik u Moskvaning "Fili" jamoasida o'ynay boshlagan, 14 yoshida u Belgiyaning mashhur "Anderlext" jamoasiga yo'l olgan. 2004-yilda Angliyaning Sautgempton akademiyasida tahsil olgan. Pereplyotkin akademiyaning eng yaxshi futbolchilaridan biri boʻlgan. Biroq jamoa Andrey bilan to'liq shartnoma imzolay olishmagan, sababi Pereplyotkinning terma jamoalar tarkibida oʻynamaganligi edi. Angliya Premyer-ligasida talabalik vizasi bilan o'ynab bo'lmas edi. Shunday soʻng, u Irlandiyaning "Bohemians" klubida ijara asosida o'ynay boshlagan. 2005-yil yanvar oyida u Latviyaning mashhur "Skonto" klubiga sotilgan. Klubga 2005-yilda Livoniya kubogini yutishda yordam bergan.

2000-yillarning boshida Pereplyotkin "Sautgempton" yoshlar jamoasida o'ynab yurgan vaqtlarda[1] futbolchi bilan Ukraina yoshlar terma jamoasining o'sha paytdagi murabbiyi Pavel Yakovenko qiziqib qolgan, ammo Andrey hech qachon terma jamoadan chaqiruv olmagan.

2008-yil 1-avgustda futbolchi koʻrikdan oʻtish uchun uchun Derby county F.C jamoasi tarkibiga kelgan. Pereplyotkin klubdagi debyutini 3-avgust kuni Gollandiyaning «Utrext» klubiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida (2:2) o'tkazgan. 2008-yilning 7-avgustida Derby jamoasi Andreyni serbiyalik hujumchi Aleksandr Prijovich bilan birga bir yillik ijaraga[2] olgan. Ilk rasmiy oʻyinini Pereplyotkin 9-avgust kuni Donkaster Roversga qarshi o'yinda oʻtkazgan. 2009-yil 15-yanvarda kelishuvga ko'ra klub bilan oʻzaro shartnomani bekor qilgan. Keyin yana "Skonto" jamoasiga qaytgan[3]. 2009-yil yanvar oyi oxirida u Serbiyaning mashhur "Partizan" klubi bilan shartnoma imzolagan[4] .

2011-yilda Andrey Pereplyotkin O'zbekistonning "Nasaf" klubi bilan shartnoma imzolagan. Joriy mavsumda u Anatoliy Demyanenko boshchiligida 16 uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol urgan. U 2012-yilda ham “Nasaf” safida 14ta o‘yinda maydonga tushgan, lekin bu oʻyinlarda atigi 1ta gol urgan.

Keyin u faoliyatini Riganing "Daugava" va Yerevaning "Ararat" klublarida davom ettirgan. 2014-yilning sentyabr oyida Pereplyotkin Kipr ikkinchi divizioni EN klubi bilan bir yillik shartnoma imzolagan[5].

2015-yil bahorida faoliyatini davom ettirish uchun yaxshi variantlar topa olmagan, yarim himoyachi Riganing "Dinamo" lagerida o'yinlarini davom ettirgan, bu yerda uning yetakchilik fazilatlari darhol namoyon bo'lgan. Pereplyotkin 11 o'yinda 10 ta gol urib, jamoaning eng yaxshi to'purarlaridan biriga aylangan[6].

2016-yil iyulidan 2018-yilgacha u Latviya elit divizioni “Jelgava” klubida o‘ynagan.

Terma jamoadagi faoliyati tahrir

Andrey Pereplyotkin uzoq vaqt Latviyada yashaganligi sababli u Latviya fuqaroligini olgan, bu futbolchiga Latviya terma jamoasida o'ynash huquqini bergan. Birinchi marta u Lixtenshteynga qarshi Yevropa chempionati saralash turnirida Latviya terma jamoasiga chaqirilgan[7]. Andrey Latviya terma jamoasidagi debyutini 2007-yilning 28-martida Lixtenshteynga qarshi o'yinda (1:0) o'tkazgan[8].

Manbalar tahrir