Sharof Muxiddinov (1997-yil 14-aprelda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik futbolchi, „Nasaf“ klubi yarim himoyachisi[1].

Sharof Muhiddinov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Sharof Niyatqul oʻgʻli Muhiddinov
Tavallud sanasi 14-aprel 1997-yil (1997-04-14) (27 yosh)
Tavallud joyi Jizzax, Oʻzbekiston
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Nasaf
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Nasaf
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2015—2020 Nasaf 96 (13)
2021 Paxtakor 20 (2)
2022 Nasaf 22 (2)
2023 Sanat Naft 6 (0)
2023 Neftchi 9 (1)
2024 Nasaf
Milliy terma jamoa
2015-2016 Oʻzbekiston U-19 6 (0)
2019-2020 Oʻzbekiston U-23 7 (1)
2019- Oʻzbekiston 2 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(18:00, 6fevral 2024-yil (utc) uchun)

Futbolchilik faoliyati tahrir

Qarshining „Nasaf“ futbol klubi tarbiyalanuvchisi. Professional faoliyatini 2015-yil „Nasaf“ tarkibida boshlagan va 2021-yilgacha qarshiliklar sharafini ximoya qilgan. 2021-yil mavsum oldidan Toshkentning „Paxtakor“ klubi safiga oʻtdi[2]. Sherlar safida Oʻzbekiston chempioni, kubok finalchisi va superkubok sohibiga aylandi.[3] Poytaxtliklarning ajralmas oʻyinchilaridan biriga aylanganiga qaramay, 2022-yil yana „Nasaf“ jamoasi safiga qaytdi.[4]

2023-yil yangi mavsum avvalida Eron yuqori ligasi vakili „Sanat Baft“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi[5][6][7]. Eron jamoasida yarim mavsum davomida toʻp surgan xolda, 2023-yil yozgi transfer oynasida Oʻzbekiston Superligasi vakili Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasi bilan shartnoma imnzoladi[8][9].

2024-yil „Neftchi“ jamoasi bilan shartnomasi yakunlangach jamoani tark etdi[10] va 6-fevral kuni sobiq jamoasi, Qarshining „Nasaf“ klubi bilan shartnma imzolagan[11].

Yutuqlari tahrir

Manbalar tahrir

  1. Player profile in globalsportsarchive.com
  2. „Шароф Муҳитдинов "Пахтакор" машғулотларида“ (2021-yil 13-fevral).
  3. „Шароф Муҳитдинов "Пахтакор" машғулотларида“. 2022-yil 25-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-noyabr.
  4. „Расман: Шароф Муҳитдинов "Насаф"га қайтди“. 2022-yil 25-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-noyabr.
  5. „"Насаф" қишда кимлар келгани ва кетганини эълон қилди“ (2023-yil 25-yanvar).
  6. „Eshitdik-da! SHarof Muhitdinov Eron klubiga o'tmoqda“. 2023-yil 5-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-iyul.
  7. „Rasman: Eron klubi SHarof Muhitdinov transferini elon qildi“. 2023-yil 5-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-iyul.
  8. „Расман: Шароф Муҳитдинов Ўзбекистон чемпионатига қайтди“ (2023-yil 6-iyul).
  9. „"Нефтчи" "Насаф" ва "Пахтакор" собиқ футболчисини ўз сафига қўшиб олди“. 2023-yil 6-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-iyul.
  10. „“Насаф” собиқ футболчисини ортга қайтарди“ (2024-yil 24-yanvar).
  11. „"Насаф" мухлислари учун хушхабар! Клуб тажрибали ярим ҳимоячининг Қаршига қайтганини эълон қилди (фото)“ (2024-yil 6-fevral).

Havolalar tahrir