Davron Hoshimov 1992-yili 24-noyabrda Toshkent shahrida tugʻilgan. Toshkentning Paxtakor futbol klubi hamda Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi yarimhimoyachisi hisoblanadi.

Davron Hoshimov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Davron Hoshimov
Tavallud sanasi 24-noyabr 1992-yil (1992-11-24) (31 yosh)
Tavallud joyi Sirdaryo Oʻzbekiston
Boʻyi 183 sm
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
 UZB Paxtakor
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
 UZB Paxtakor
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2011—2018  UZB Paxtakor 148 (4)
2018—2019  UZB Navbahor 24 (0)
2019—2020  UZB Lokomotiv 31 (1)
2020-...  UZB Navbahor 65 (1)
Milliy terma jamoa
2011—2012  Oʻzbekiston
2011—2012  Oʻzbekiston
2013—2020  Oʻzbekiston 22 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Faoliyati tahrir

Klubda tahrir

Davron Hoshimov Paxtakor futbol akademiyasi bitiruvchisi hisoblanadi. 2015-yilning mart oyiga kelib u Paxtakor tarkibida jami 68ta oʻyinda qatnashdi va raqiblar darvozasini 5 marta ishgʻol qildi. 2010-yilning oxirigacha „Paxtakor“ shogirdlari safida toʻp surgan, 2011-yil boshidan esa asosiy jamoaga jalb etila boshlagan. U 2017-yil oxirigacha „Paxtakor“da oʻynadi. 2018-yil boshida u Namanganning „Navbahor“ jamoasiga koʻchib oʻtgandi. 2019-yilgi mavsum Toshkentning „Lokomotiv“ jamoasi tarkibiga taklif etildi.[1] Bir mavsum Temiryoʻlchilar safida toʻliq harakat qilgan Hoshimov, 2020-yilgi mavsumning 2-davrasidan yana Lochinlar safiga qaytdi.[2] Hozirgi kunda Namanganning „Navbahor“ jamoasi sharafini himoya qilmoqda. 2024-yil yanvar oyida Namangan jamoasini tark etgan[3].

Terma jamoada tahrir

2011—2012-yillarda Oʻzbekiston yoshlar va olimpiya terma jamoalarida toʻp surgan. 2013-yildan boshlab u mamlakat terma jamoasiga jalb qilina boshladi va u 2017-yilgacha oʻynadi. U milliy terma jamoadagi debyutini 2013-yilning 15-noyabrida Vyetnam terma jamoasiga qarshi oʻyinda oʻtkazdi. 2015-yilning martiga qadar u terma jamoada ikkita oʻyinda maydonga tushdi. 2015-yilning yozida terma jamoani Samvel Babayan boshqarganidan soʻng, Hoshimov terma jamoa oʻyinlariga muntazam ravishda chaqirila boshladi va koʻp hollarda terma jamoaning asosiy tarkibiga tushdi. 2017-yil yakuniga koʻra, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida 16 ta oʻyin oʻtkazgan.

2019-yil 2-fevral holatiga koʻra

Terma jamoa Yil Oʻyin Gol
Oʻzbekiston 2013-yil 2 0
2014-yil 2 0
2016-yil 8 0
2017-yil 5 0
2018-yil 2 0
2019-yil 3 0
Umuman 22 0

Yutuqlari tahrir

  • 1  Oʻzbekiston chempioni: 2012, 2014, 2015
  • 2  Oʻzbekiston vitse-chempioni: 2010
  • 3  Oʻzbekiston chempionati bronza medali shohibi: 2011
  • 1  Oʻzbekiston kubogi gʻolibi: 2011

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir