Vyetnam milliy futbol terma jamoasi
Vyetnam milliy futbol terma jamoasi (Vyetnam tilida: Đội tuyển bóng đá quốc gia Việt Nam) Vyetnam sharafini xalqaro futbolda himoya qiladi va Vyetnam futbol federatsiyasi tomonidan nazorat qilinadi. Vyetnamni sportga XIX-asrda fransuzlar olib kirishgan. Biroq XX-asr davomida mamlakatda sodir boʻlgan turli qarama-qarshiliklar Vyetnam futbolining rivojlanishiga sezilarli darajada toʻsqinlik qildi[6][7]. 1954-yilda Vyetnam Shimoliy va Janubiy Vyetnamga boʻlingan boʻlsa, ikkita milliy jamoa mavjud edi va ikkalasi ham alohida boshqaruv organlari tomonidan nazorat qilindi. 1976-yilda ikki davlat birlashganidan soʻng, alohida boshqaruv organlari birlashtirildi va Vyetnam futbol federatsiyasi deb oʻzgartirildi. 1990-yillardan boshlab Vyetnam jahon futboliga qayta integratsiya qilindi va tez orada bu sport Vyetnam jamiyatining ajralmas qismiga aylandi[8].
Tahallusi | Golden Star Warriors (Oltin yulduz jangchilari)[1][2] | ||
---|---|---|---|
Assotsiatsiya | Vyetnam futbol federatsiyasi (VFF) | ||
Konfederatsiya | AFC (OSIYO) | ||
Sub-konfederatsiya | AFF (Janubiy Osiyo) | ||
Bosh murabbiy | FRA Philippe Trousiers | ||
Sardor | Đỗ Hùng Dũng | ||
Eng koʻp oʻynagan futbolchi | Lê Công Vinh (83) | ||
Eng yaxshi toʻpurar | Lê Công Vinh (51) | ||
Uy stadioni | Mỹ Đình National Stadium | ||
| |||
FIFA Reytingi | |||
Hozirgi | 96 - Iyun 2022, | ||
Eng yuqori | 84 (Sentabr 1998,) | ||
Eng past | 172 (Dekabr 2006,) | ||
Birinchi xalqaro oʻyin | |||
Gonkong 3-2 Janubiy Vyetnam (Mong Kok, Hong Kong; 20 Aprel 1947)[3] Xitoy 5-3 Shimoliy Vyetnam (Pekin, Xitoy; 4 Oktabr 1956)[4] birlashgan Vyetnam sifatida Filippin 2-2 Vyetnam (Manila, Filippin; 26 Noyabr 1991)[5] | |||
Eng yirik gʻalaba | |||
Vyetnam 11-0 Guam (Ho Chi Minh City, Vyetnam; 23 Yanvar 2000) | |||
Eng yirik magʻlubiyat | |||
Zimbabve 6-0 Vyetnam (Kuala Lumpur, Malayziya; 26 Fevral1997) Ummon 6-0 Vyetnam (Inchxon, Janubiy Koreya; 29 Sentabr 2003) | |||
Osiyo Kubogi | |||
Ishtiroki | 5 (Ilk marta 1956 Janubiy Vyetnam va 2007 Vyetnam sifatida-yili) | ||
Eng yaxshi natijasi |
Toʻrtinchi oʻrin (1956, 1960) Janubiy Vyetnam Chorak final (2007, 2019) Vyetnam sifatida | ||
AFF kubogi | |||
Ishtiroki | 12 (Ilk marta 1996-yili) | ||
Eng yaxshi natijasi | Gʻolib (2008, 2018) |
Tarix
tahrirDastlabki davr (1896-1954)
tahrirVyetnamning futbolga kirishi 1896-yilda mustamlakachi fransuz Kochichina davrida kuzatilgan. Dastlabki bosqichda sport faqat fransuz davlat xizmatchilari, savdogarlari va askarlari oʻrtasida oʻynaladi. Keyin fransuzlar mahalliy vyetnamliklarni futbol oʻynashga va ularga qiziqtirishga harakat qilishadi. Bunday usul siyosatdan chalgʻitish uchun ularga tanishtirilgan edi, natijada sport boshqa mintaqalarga, asosan shimoliy va markaziy mintaqaga tarqaldi[9][10]. 1908-yil 20-iyulda Southern Luc Tan Van gazetasi birinchi marta Vyetnamning ikkita mahalliy jamoasi oʻrtasidagi oʻyin haqida xabar berdi. Birinchi futbol qoʻllanmasi 1925-yilda Vyetnamlik yoshlarni qiziqtirish uchun Fam Van Tiek ismli mahalliy vyetnamlik shifokor tomonidan nashr etilgan[11].
Ikki Vyetnam terma jamoasi (1954-1976)
tahrirOʻsha paytda Vyetnam Janubiy Vyetnam va Shimoliy Vyetnam boʻlgan 2 davlatga boʻlinganida ikkita milliy futbol jamoasi mavjud edi. Janub termasi birinchi ikkita OFK Osiyo kubogi finalida (1956-yilgi Osiyo kubogi va 1960-yilgi Osiyo kubogi) ishtirok etgan va ikki marta ham toʻrtinchi oʻrinni egallagan. Ular 1959-yilda Tailandda boʻlib oʻtgan Janubi-Sharqiy Osiyo oʻyinlarida birinchi oltin medalni qoʻlga kiritdilar. Jamoa shuningdek, 1974-yilgi FIFA Jahon kubogi saralash bosqichiga kirdi va guruhdagi dastlabki oʻyinlarda Yaponiyaga 0:4 va Gonkongga 0:1 hisobida magʻlub boʻldi[12].
Vyetnam urushidan keyingi qayta rivojlanish davri (1991—2006)
tahrirQayta birlashgan Vyetnam milliy futbol jamoasi 1991-yilda Filippinda boʻlib oʻtgan Janubi-Sharqiy Osiyo oʻyinlarida ishtirok etib, xalqaro futbolga qayta qoʻshildi[13].
Murabbiylar shtabif
tahrirLavozim | Ism-sharif |
---|---|
Bosh murabbiy | Park Hang-seo |
Texnik direktor | Yusuke Adachi |
Yordamchi murabbiy | Lee Young-jin |
Lưu Danh Minh | |
Nguyễn Anh Đức | |
Darvozabonlar murabbiyi | Nguyễn Thế Anh |
Fitnes murabbiyi | Park Sung-Gyun |
Cedric Roger | |
Match analyst | |
Kim Tae Min | |
Vũ Hong Viet | |
Shifokor | Choi Ju-young |
Trần Anh Tuấn | |
Trần Huy Thọ | |
Tuấn Nguyên Giáp | |
Tarjimon | Lê Huy Khoa |
Cho Sung Wan | |
Delegatsiya rahbari | Nguyễn Sỹ Hiển |