Janubiy Vyetnam milliy futbol terma jamoasi

Vyetnam Respublikasi milliy futbol jamoasi (Vyetnam: Đội tuyển bóng đá quốc gia Việt Nam Cộng hòa; fransuz. Équipe du Sud-Vietnam de Football) — Vyetnam Respublikasi va 1914-1959-yillarda Vyetnam va Janubiy Vyenam davlatlarini ifodalovchi milliy futbol jamoasi hisoblanadi. Jamoa Osiyo Kubogining dastlabki ikki finalida (1956 va 1960) qatnashib, ikki marta 4 jamoa ichida toʻrtinchi oʻrinni egallagan.

Janubiy Vyetnam milliy futbol terma jamoasi 1949/1954–1976 yillarda faoliyat yuritgan
Shirt badge/Association crest
Assotsiatsiya Janubiy Vyetnam Futbol Federatsiyasi
Konfederatsiya AFC (OSIYO)
Eng yaxshi toʻpurar

Duc (6)

Uy stadioni Cộng Hòa Stadium
forma
Birinchi forma
forma
Ikkinchi forma
Birinchi xalqaro oʻyin
 Gonkong 3-2  Janubiy Vyetnam
(Mong Kok, Hong Kong; 20 Aprel 1947)[1]
Oxirgi xalqaro oʻyin
 Malayziya 3-0  Janubiy Vyetnam
(Bangkok, Tailand; 23 Mart 1975)
Eng yirik gʻalaba
 Janubiy Vyetnam 10-0  Filippin
(Tokio, Yaponiya; 1 Oktyabr 1967)
Eng yirik magʻlubiyat
 Janubiy Vyetnam 1-9  Indoneziya
(Seul, Janubiy Koreya; 4 May 1971)
Jahon chempionati
Ishtiroki 0
OFK Osiyo Kubogi
Ishtiroki 2 (Ilk marta 1956-yili)
Eng yaxshi natijasi Toʻrtinchi oʻrin, 1956, 1960

Shimoliy va janubiy hududlar Vyetnam Sotsialistik Respublikasiga birlashganda jamoa oʻz faoliyatini toʻxtatdi. 1976-1990 yillarda hech qanday oʻyin oʻtkazilmagan va birlashgan jamoa 1991-yildan keyin birinchi turnirida ishtirok etgan. Futbol rekord agentliklari Janubiy Vyetnam oʻyinlarini Vyetnam milliy terma jamoasining barcha vaqtlardagi rekordlari qatoriga kiritishadi va statistik maqsadlar uchun alohida guruh qilib shakllantirgan.

Tarix tahrir

1974 yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi tahrir

Janubiy Vyetnam ishtirok etgan yagona Jahon chempionati saralash oʻyinlari 1974-yilgi Jahon chempionati edi. Ular Janubiy Koreyaning Seul shahridagi OFK va OFK saralash bosqichining A zonasiga joylashtirildi. 1973-yil 16-mayda ular Tailandni 1-0 hisobida magʻlub etib, 1-guruhga yoʻllanma oldilar. 20-may kuni Janubiy Vyetnam dastlabki oʻyinda Yaponiyaga 0:4 hisobida magʻlub boʻldi. Toʻrt kundan keyin Gonkong terma jamoasiga 1:0 hisobida magʻlub boʻldi va musobaqadan chiqib ketdi. Gonkong va Yaponiya oldinga oʻtishdi, ammo bu ikkala terma jamoa ham keyingi bosqich uchun pley-off yoʻllanmasini mos ravishda Janubiy Koreya va Isroilga boy berdi. Janubiy Vyetnam milliy terma jamoasi Janubiy Vyetnam sifatida oxirgi o'yinini Malayziya milliy futbol terma jamoasiga qarshi o'tkazgan va 3:0 hisobida mag'lub bo'lgan. Shu davrda terma jamoa xalqaro ELO reytingida 130-o'rinda edi[2].

Daraja Jamoa Pts Pld G' D M GF GA GD
1   Gonkong 4 2 2 0 0 2 0 +2
2   Yaponiya 2 2 1 0 1 4 1 +3
3   Janubiy Vyetnam 0 2 0 0 2 0 5 −5

FIFA Jahon chempionati tahrir

Jahon chempionati finali Jahon chempionati saralashi
Yil Natija O'rin GP G' D* M GS GA GP G' D* M GS GA
  1950 Ishtirok etmadi
  1954
  1958
  1962
  1966
  1970
  1974 Saralashdan o'tolmadi 3 1 0 2 1 5
Jami* 3 1 0 2 1 5

Janubi-Sharqiy Osiyo musobaqalari tahrir

  • 1959-yil: futbol SEAP o'yinlarida oltin medallar (hozirgi SEA o'yinlari)
  • Futbol bo‘yicha 1 oltin medal (1959), 2 kumush medal (1967 va 1973) va 2 bronza (1965 va 1971) Janubi-Sharqiy Osiyo yarimoroli sport kongressi (SEAP o‘yinlari)

Terma jamoaga qarshi oʻynagan jamoalar bilan oʻzaro statistikasi tahrir

Raqib jamoa O'yinlar G'alaba Durang Mag'lubiyat GF GA GD
  Avstraliya 2 0 0 2 0 2 -2
  Bangladesh 1 0 1 0 1 1 0
  Kambodja 13 7 3 3 14 14 0
  Gonkong 10 4 2 4 16 12 4
  Hindiston 11 2 2 7 8 17 -9
  Indoneziya 15 5 1 9 25 36 -11
  Isroil 4 1 0 3 4 8 -4
  Yaponiya 2 1 0 1 3 2 1
  Kuvayt 1 0 0 1 1 2 -1
  Laos 6 5 1 0 24 1 23
  Livan 1 0 1 0 1 1 0
Malaya 11 6 1 4 16 29 -1
  Malayziya 20 4 6 10 30 42 -1
  Myanma 12 0 2 10 8 25 -12
  Yangi Zelandiya 1 1 0 0 5 1 4
  Pokiston 1 0 1 0 1 1 0
  Filippin 4 4 0 0 25 2 23
  Singapur 19 13 5 1 48 26 22
  Janubiy Koreya 21 0 7 14 20 48 -28
  Xitoy Taypeyi 10 3 3 4 18 15 3
  Tailand 18 11 3 4 30 21 9
  Gʻarbiy Germaniya 1 0 0 1 1 2 -1

Manbalar tahrir

  1. „Vietnam matches, ratings and points exchanged“. World Football Elo Ratings: Vietnam. Qaraldi: 2016-yil 24-noyabr.
  2. „www.eloratings.net“. World Football Elo Ratings: Vietnam. Qaraldi: 2-sentabr 2022-yil.

Havolalar tahrir