Myanma milliy futbol terma jamoasi
Myanma milliy futbol terma jamoasi (birma tilida မြန်မာ့လက်ရွေးစင်အမျိုးသားအသင်း)) – xalqaro maydonda futbol boʻyicha Myanma sharafini himoya qiladi va Myanma futbol federatsiyasi tomonidan boshqariladi[2].
Tahallusi | Chinthe (Sherlar) | ||
---|---|---|---|
Assotsiatsiya | Myanma futbol federatsiyasi (MFF) | ||
Konfederatsiya | AFC (OSIYO) | ||
Sub-konfederatsiya | SAFF (Janubiy Osiyo) | ||
Bosh murabbiy | GER Antoine Hey | ||
Sardor | Maung Maung Lwin | ||
Eng koʻp oʻynagan futbolchi | Zaw Min Tun (73) | ||
Eng yaxshi toʻpurar | Myo Hlaing Win (36) | ||
Uy stadioni | Thuwunna Stadium | ||
| |||
FIFA Reytingi | |||
Hozirgi | 158 ↓ 6 | ||
Eng yuqori | 97 (Aprel 1996) | ||
Eng past | 182 (Avgust 2012, Oktyabr 2012) | ||
Birinchi xalqaro oʻyin | |||
Gonkong 5-2 Myanma (Hong Kong; 17 Fevral1950)[1] | |||
Eng yirik gʻalaba | |||
Myanma 9-0 Singapur (Kuala Lumpur, Malayziya; 9 Noyabr 1969) | |||
Eng yirik magʻlubiyat | |||
Yaponiya 10-0 Myanma (Chiba, Japan; 28 May 2021) | |||
Osiyo kubogi | |||
Ishtiroki | 1 (Ilk marta 1968-yili) | ||
Eng yaxshi natijasi | Ikkinchi oʻrin sohibi (1968) | ||
OFK Chaqiruv kubogi | |||
Ishtiroki | 3 (Ilk marta 2008-yili) | ||
Eng yaxshi natijasi | Toʻrtinchi oʻrin (2008, 2010) | ||
AFF chempionati | |||
Istiroki | 12 (Ilk marta 1996-yili) | ||
Eng yaxshi natijasi | Toʻrtinchi oʻrin (2004, 2016) |
Terma jamoa 1989-yilgacha Birma milliy futbol terma jamoasi sifatida tanilgan, keyinchalik Birma Myanma deb oʻzgartirilgan. Birma oʻzining gullagan davrida 1968-yilgi Osiyo Kubogida ikkinchi oʻrinni egallagan, 1972-yil yozgi Olimpiya oʻyinlarida va Osiyo oʻyinlarida qatnashgan va ikki marta Osiyo oʻyinlarida gʻolib chiqqan. 1966- va 1970-yillarda besh marta ketma-ket Janubi-Sharqiy Osiyo oʻyinlarida ishtirok etgan va bu ishtirok 1965,1967,1969,1971 va 1973-yillarga toʻgʻri keladi. Ular jahon chempionati saralash bosqichida qatnashmagan. XX asrning qolgan qismida milliy jamoaning oʻsishi juda sust kechdi va bu holat jamoada pasayish boʻlishiga olib keldi.
Nomi oʻzgartirilgandan beri Myanmaning eng yuqori yutugʻi 1993-yilda Janubi-Sharqiy Osiyo oʻyinlaridagi kumush medaldir.
Tarix
tahrir1948-1970 yillar: oltin davr
tahrirBirma 1954-yilgi Osiyo oʻyinlarida qatnashdi. Tayvan (oltin) va Janubiy Koreyadan (kumush) ortda qolib, bronza medalini qoʻlga kiritdi. Bu oltin davrning boshlanishi edi. Keyinchalik Osiyo oʻyinlarida mamlakat medal uchun kurash olib borishi kutilmagandi. 1960-yillarning oʻrtalarida Bangkokda boʻlib oʻtgan Osiyo oʻyinlarida Birma terma jamoasi 1954-yildagi natijasini takrorlab, oltin medalni qoʻlga kiritdi. Oʻsha turnirda Birma oltin medal uchun oʻyinda Eronni magʻlub etdi.
1966-yilgi Osiyo oʻyinlarining oltin medalini qoʻlga kiritgan terma jamoa 1968-yilgi Osiyo Kubogida Erondan keyin ikkinchi oʻrinni qayd etdi.
2010-yildan 2019-yilgacha qayta tiklanish
tahrirMyanmaning 2011-yildagi islohotlari 1970-yillardan beri pasayib ketgan Myanma futbolini oʻzgartirishning asosiy nuqtasi boʻldi.
Nemis murabbiyi Gerd Zeise qoʻl ostida, Myanma futboli islohotlardan buyon sezilarli taraqqiyotga guvoh boʻldi. U-20 Myanma terma jamoasi mezbon sifatida 2014-yilgi Osiyo chempionatida yarim finalga yoʻl oldi. Myanma yoshlarining ilk FIFA turniri – 2015-yilgi FIFA U-20 Jahon chempionatidagi ishtiroki boʻldi. 2016-yilda AFF Suzuki kubogi mezboni Myanma yana yarim finalga yoʻl oldi, kubok chempioni Tailandga yutqazdi.
2020-yillar: Dramatik pasayish
tahrirJamoa Osiyo Kubogi saralashida Singapur, Tojikiston va Qirgʻiziston terma jamoalaridan magʻlubiyatga uchradi.
Uy stadioni
tahrirMilliy terma jamoa oʻz uyidagi oʻyinlarning koʻp qismini Myanmaning Yangon shahridagi „Thuwunna“ stadionida oʻtkazadi. Stadion Bogyoke Aung San stadioniga qaraganda kattaroq va zamonaviyroq. 2013-yilda u 32000 tomoshabin sigʻimidan 50 000 tomoshabinga moʻljallangan sigʻimga koʻtarildi[3].
Toʻplamlar
tahrirMyanma terma jamoasi dastlab FBT tomonidan tayyorlangan liboslar bilan harakat qildi. Ushbu shartnoma 2018-yilga qadar davom etdi.
2018-yilning noyabr oyida Myanma terma jamoasi Warrix Sports bilan olti yillik shartnoma imzoladi. Sport toʻplamlari homiylik shartnomasi 5,67 million AQSH dollariga baholanadi va u 2018-yilning 1-noyabridan 2024-yilning 31-dekabrigacha amal qiladi[4].
2018-yil 6-noyabrda Uorriks Myanmaning yangi uy va safar libosini taqdim etdi. Myanmaning uy formasi qizil shorti va qizil paypoqli qizil koʻylak boʻlsa, mehmon libosi oq shorti va oq paypoqli oq koʻylak.
Myanma milliy futbol jamoasi liboslari | ||
---|---|---|
Yil | Yaratuvchi | Homiy |
2011-2013 | Adidas | 2011-2013 (Uyda – Safarda) |
2013–2015 | Lotto Sport Italia | 2013-15 (Uyda – Safarda) |
2015–2018 | FBT | 2015-18 (Uyda – Safarda) |
2018–2024 | Warrix Sports | 2018-hozir (Uyda – Safarda) |
Natijalar
tahrirOxirgi 12 oydagi oʻyinlar va kelajakda rejalashtirilgan oʻyinlar
G'alaba Durang Mag'lubiyat
2021
tahrir13 Noyabr 2021 O'rtoqlik uchrashuvi | Burundi | 2-1 | Myanma | Manavgat, Turkiya |
16:00 UTC+3 |
|
Report |
|
Stadion: Arslan Zeki Demirci Spor Kompleksi |
26 November 2021 O'rtoqlik uchrashuvi | Indoneziya | 4-1 | Myanma | Antalya, Turkiya |
16:00 UTC+3 | Report |
|
Stadion: Emirhan Sports Complex |
5 Dekabr 2021 AFF chempionati | Singapur | 3-0 | Myanma | Kallang, Singapu |
20:45 | Report | Stadion: National Stadium Hakam: Ahmed Faisal Mohammad Al Ali (Iordaniya) |
2022
tahrir8-iyun, 2022-yil AFC AC Q | Tojikiston | 4-0 | Myanma | Bishkek, Qirgʻiziston |
16:30 UTC+6 |
|
Report | Stadion: Dolen Omurzakov Stadium Tomoshabin: 50 Hakam: Ammar Mahfoodh (Bahrayn) |
11-iyun, 2022-yil AFC AC Q | Myanma | 0-2 | Qirgʻiziston | Bishkek, Qirgʻiziston |
21:00 UTC+6 | Report |
|
Stadion: Dolen Omurzakov Stadium Tomoshabin: 7,522 Hakam: Rowan Arumughan (Hindiston) |
14-iyun, 2022-yil AFC AC Q | Myanma | 2-6 | Singapur | Bishkek, Qirgʻiziston |
16:30 UTC+6 |
|
Report |
|
Stadion: Dolen Omurzakov Stadium Tomoshabin: 0 Hakam: Bijan Heydari (Eron) |
18-iyul, 2022-yil O'rtoqlik uchrashuvi | Millonarios FC Kolumbiya | v | Myanma | Bogotá, Kolumbiya |
Stadion: Estadio El Campin |
Murabbiylar shtabi
tahrirLavozim | Ism-sharif |
---|---|
Menejer | Than Toe Aung |
Bosh murabbiy | Antoine Hey |
Yordamchi murabbiy | Kyi Lwin |
Darvozabonlar murabbiyi | Zaw Maung Kyaw Ko Ko Aung |
Shifokor | Aung Kyaw Oo |
OAC xodimi | Zaw Minn Htike |
Video tahlilchi | Saw Ye Mon |
Fizioterapevt | Tun Zaw |
Toʻplam menejeri | Aung Kyaw Lin |
Jamoa kotibi | Tun Tun Aung |
Futbolchilar
tahrir
Oʻzaro rekordtahrir
Manbalartahrir
Havolalartahrir |