Moʻgʻuliston milliy futbol terma jamoasi

Moʻgʻuliston milliy futbol jamoasi (moʻgʻulcha: Mongolyn khölbömbögiin ündesnii shigshee bag) Moʻgʻulistonni xalqaro futbolda ifodalaydi va Moʻgʻuliston Futbol Federatsiyasi tomonidan nazorat qilinadi.

Mo'g'uliston milliy futbol terma jamoasi
Laqabi Khökh Chononuud; Blue Wolves (Koʻk boʻrilar)
Assotsiatsiya Mo'g'uliston futbol federatsiyasi (MFF)
Sub-konfederatsiya EAFF (Sharqiy Osiyo)
Konfederatsiya AFC (OSIYO)
Bosh murabbiy  JPN Ichiro Otsuka
Sardor Tsend-Ayush Khurelbaatar
Eng koʻp oʻynagan futbolchi Tsend-Ayuush Khürelbaatar (37)
Toʻpurar Lümbengarav Donorov
Naranbold Nyam-Osor (8)[1]
Uy stadioni MFF Football Centre
FIFA reytingi 184 ↑ 2 Iyun 2022,
Eng yuqori FIFA reytingi 160 (Avgust 2011,)
Eng past FIFA reytingi 205 (Iyul 2015,)
Elo reytingi 209
Eng yuqori Elo reytingi 205 (22 Noyabr 2011, 2 Mart 2013,)
Eng past Elo reytingi 225 (17 Mart 2015)
forma
Asosiy libosi
forma
Zaxira libosi
Ilk xalqaro oʻyini
 Japan 12-0  MGL
(Changchun, Manjuriya; 10 Avgust 1942)
Yirik gʻalabasi
 MGL 9-0 Shimoliy Mariana Orollari bayrogʻi Shimoliy Mariana Orollari
(Ulan-Bator, Mongoliya; 4 Sentabr 2018)
Yirik magʻlubiyati
 UZB 15-0  MGL
(Chiangmay, Tailand; 5 Dekabr 1998)
OFK Birdamlik kubogi
Ishtiroki 1 (Ilk marta 2016-yili)
Eng yaxshi natijasi Guruh bosqichi (2016)
EAFF E-1 Futbol Chempionati
Ishtiroki 7 (Ilk marta 2003-yili)
Eng yaxshi natijasi 7th (2019)
Osiyo o'yinlari
Istiroki 1 (Ilk marta 1998-yili)
Eng yaxshi natijasi Guruh bosqichi (1998)

1959-yilda tashkil etilgan assotsiatsiya 1960-1998-yillarda faol boʻlmagan, oʻshanda jamoa xalqaro oʻyinlarda qatnashmagan. Moʻgʻuliston futbol federatsiyasi Osiyo futbol konfederatsiyasi va Sharqiy Osiyo futbol federatsiyasining aʼzosi hisoblanadi. Jamoa hech qachon FIFA Jahon chempionatida ishtirok etmagan va jamoa ishtirok etgan yagona yirik xalqaro turnirlar 2016-yilgi OFK Birdamlik kubogi va 1998-yilgi Osiyo o'yinlari boʻlib, ikkala musobaqada ham guruh bosqichidan oʻta olmadi.

TarixTahrirlash

Moʻgʻulistonning birinchi xalqaro oʻyini 1942-yilda Manjuriyada boʻlib oʻtgan oʻyinda Yaponiyaga 12:0 hisobida magʻlub boʻlgan edi. 1960 va 1998-yillar oraligʻida FIFA aʼzoligiga qabul qilinishidan oldin hech qanday xalqaro oʻyin oʻtkazmagan.[2] Moʻgʻulistonning ilk raqobatbardosh oʻyinlari 1998-yilgi Osiyo oʻyinlari saralashida boʻlib, unda Quvaytdan 11:0, Oʻzbekistondan esa 15:0 hisobida magʻlub boʻlgan.

Ular 2002-yilgi FIFA Jahon chempionati saralash bosqichida ishtirok etishdi, biroq Bangladesh bilan 2:2 hisobida durang oʻynagunga qadar beshta oʻyinda magʻlub boʻlishdi va bitta ochkoni qoʻlga kiritishdi. 2006-yilgi Jahon chempionati saralashida Moʻgʻuliston Maldiv orollariga qarshi qur’a tashlandi va birinchi oʻyindan keyin raqobatbardosh boʻlib, oʻz maydonida atigi 1:0 hisobida magʻlub boʻlgan boʻlsa-da, ikkinchi oʻyinda Maleda 12:0 hisobida magʻlub boʻldi va musobaqadan chiqib ketdi. JCh-2010 saralashining birinchi bosqichida Moʻgʻuliston Shimoliy Koreyaga umumiy hisobda 9:2 hisobida magʻlub boʻlgan boʻlsa, 4 yil oʻtib 2014-yilgi saralashda Moʻgʻuliston Myanmaga 2:1 hisobida magʻlub boʻlgandi. Keyin Moʻgʻuliston 2018-yilgi Jahon chempionati saralashida Sharqiy Timorga magʻlub boʻldi. Ammo, Sharqiy Timor qilgan xatolar tufayli ikkala jamoa ham keyingi bosqichga yoʻl ololmadi.

Moʻgʻuliston 2022-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashida Bruneyni ikki oʻyin natijasiga koʻra 3:2 hisobida magʻlub etib, birinchi marta birinchi bosqich saralashidan oʻtishga muvaffaq boʻldi.[3] Ikkinchi turda, 2021-yil 30-mart kuni Yaponiyadan 14:0 hisobidagi magʻlubiyatdan soʻng, ular bosh murabbiy Rastislav Božikni qoʻyib yuborishdi va Shuichi Maseni yangi bosh murabbiy qilib olishdi. 7-iyun kuni boʻlib oʻtgan navbatdagi oʻyinda Moʻgʻuliston terma jamoasi Qirgʻizistonni 1:0 hisobida magʻlub etishga muvaffaq boʻldi. Bu gʻalaba saralashida Markaziy Osiyo jamoasi va FIFA reytingida 100 talik oʻringa kirgan eng kuchli raqibga qarshi oʻz tarixidagi ilk gʻalabasi edi.

EAFFda faoliyat toʻxtatib turilishiTahrirlash

2011-yil yanvar oyida boʻlib oʻtgan OFK Kongressida ovoz berish natijalariga koʻra, Moʻgʻuliston Futbol Federatsiyasi 2014-yil mart oyida boʻlib oʻtadigan EAFFning navbatdagi Kongressigacha EAFFda har qanday faoliyat olib borishi toʻxtatildi.[4] Ular EAFFning 7- Kongressi va 41 va 42-Ijroiya qoʻmitasi yigʻilishida federatsiyaga qaytadan qabul qilindi.[5]

Jamoa imijiTahrirlash

 
Milliy sport stadioni MFF Futbol Markazi qurilgunga qadar Moʻgʻulistonning uy stadioni boʻlgan..[6]

TaxalluslarTahrirlash

Moʻgʻuliston terma jamoasini koʻpincha koʻk boʻrilar deb atashadi. Moviy boʻri turkiy va moʻgʻul xalqlarining ramzi boʻlib, moʻgʻullarning koʻk boʻri haqidagi afsonasidan kelib chiqqan. Jamoa shuningdek, moʻgʻul tilida „milliy jamoa“ deb tarjima qilingan „Shegshee“ nomi bilan ham tanilgan.[7]

ToʻplamlarTahrirlash

Hozirda futbol boʻyicha Moʻgʻuliston milliy terma jamoasi oʻzining birinchi ranglari sifatida toʻliq oq rangli formadan, ikkinchi rang sifatida esa koʻk rangli formadan foydalanmoqda.

Uy stadioniTahrirlash

Moʻgʻuliston oʻz uy oʻyinlarini Ulan-Batordagi 5000 tomoshabinga moʻljallangan MFF Football Centre stadionida oʻtkazadi. Stadion sunʼiy oʻyin maydonchasiga ega.[8]

Natijalar va oʻyinlarTahrirlash

Oxirgi 12 oydagi oʻyinlar va kelajakda rejalashtirilgan oʻyinlar

  G'alaba   Durang   Mag'lubiyat

2022Tahrirlash

Murabbiylar shtabiTahrirlash

Lavozim Ism-sharif
Texnik direktor   JPN Akio Terada
Jamoa menejeri   JPN Wataru Hirakawa
Bosh murabbiy   JPN Ichiro Otsuka
Yordamchi murabbiy   JPN Hirofumi Ito
Yordamchi murabbiy   JPN Toshikazu Kiyama
Darvozabonlar murabbiyi   JPN Nobuyuki Suzuki
Jamoa shifokori   JPN Tatsuhito Nara
Fizioterapevt   JPN Toshihiko Kira
OAV xodimi   JPN Sosuke Kurayami

FutbolchilarTahrirlash

0#0 pos. Futbolchi Tugʻulgan sanasi (yosh) Ishtiroki Gollari Klubi
1DA Saikhanchuluun Amarbayasgalan 28-avgust 1996-yil (1996-08-28) (26 yosh) 7 0   Moʻgʻuliston FC Ulaanbaatar
1DA Ariunbold Batsaikhan 3-aprel 1990-yil (1990-04-03) (33 yosh) 17 0   Moʻgʻuliston Khaan Khuns-Erchim
1DA Mönkh-Erdene Enkhtaivan 17-oktyabr 1995-yil (1995-10-17) (27 yosh) 15 0   Moʻgʻuliston Athletic 220
2HM Bilgüün Ganbold 12-aprel 1991-yil (1991-04-12) (32 yosh) 25 0   Moʻgʻuliston Khaan Khuns-Erchim
2HM Taivankhuu Khürelbaatar 16-fevral 1997-yil (1997-02-16) (26 yosh) 1 0   Moʻgʻuliston Ulaanbaatar City
2HM Davaadelger Oktabri 5-iyun 2000-yil (2000-06-05) (22 yosh) 3 0   Moʻgʻuliston Deren
2HM Mönkh-Orgil Orkhon 30-yanvar 1999-yil (1999-01-30) (24 yosh) 14 1   Moʻgʻuliston Deren
2HM Otgonbayar Oyunbaatar 3-sentyabr 1993-yil (1993-09-03) (29 yosh) 14 0   Moʻgʻuliston Ulaanbaatar City
2HM Oyunbold Oyuntuya 11-noyabr 2001-yil (2001-11-11) (21 yosh) 3 0   Moʻgʻuliston SP Falcons
2HM Bayartsengel Purevdorj 26-yanvar 1997-yil (1997-01-26) (26 yosh) 5 0 Free agent
2HM Tömör-Ochir Tserendovdon 29-may 1991-yil (1991-05-29) (32 yosh) 5 0   Moʻgʻuliston Deren
2HM Dölgöön Tuvshinjargal Andoza:Bda 2 0   Moʻgʻuliston Deren
3YH Narmandakh Artag 9-mart 1997-yil (1997-03-09) (26 yosh) 18 3   Moʻgʻuliston SP Falcons
3YH Batmönkh Baljinnyam Andoza:Bda 1 0   Moʻgʻuliston Deren
3YH Ganbayar Ganbold 3-sentyabr 2000-yil (2000-09-03) (22 yosh) 6 2   SVK Komárno
3YH Bat-Orgil Gerelt-Od 23-yanvar 2002-yil (2002-01-23) (21 yosh) 4 0   Moʻgʻuliston FC Ulaanbaatar
3YH Tsogt-Ochir Jargaltuyaa Andoza:Bda 1 0   Moʻgʻuliston FC Ulaanbaatar
3YH Tsend-Ayuush Khürelbaatar 22-fevral 1990-yil (1990-02-22) (33 yosh) 37 1   Moʻgʻuliston Tuv Buganuud
3YH Uuganbayar Purevsuren Andoza:Bda 3 0   Moʻgʻuliston FC Ulaanbaatar
3YH Mönkh-Erdengiin Tögöldör 8-may 1995-yil (1995-05-08) (28 yosh) 24 7   Moʻgʻuliston Khaan Khuns-Erchim
4HJ Nyam-Osor Naranbold 22-fevral 1992-yil (1992-02-22) (31 yosh) 29 8   Moʻgʻuliston Tuv Buganuud
4HJ Namsrai Baatartsogt 21-noyabr 1998-yil (1998-11-21) (24 yosh) 3 0   Moʻgʻuliston Ulaanbaatar City

ManbalarTahrirlash

  1. Földesi, László. „International Goals of Mongolia“. RSSSF. Qaraldi: 12-yanvar 2011-yil.
  2. „Mongolian football takes a giant steppe“. FIFA.com. [sayt ishlamaydi]
  3. „Quintet through as Mongolia make history“. FIFA.
  4. EAFF. „Agenda and Decisions of 6th Ordinary Congress and 33rd and 34th Executive Committee Meeting“. EAFF. 6-fevral 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 19-mart 2011-yil.
  5. EAFF. „The 7th Ordinary Congress and 41st & 42nd Executive Committee Meeting“. EAFF. Qaraldi: 8-yanvar 2014-yil.
  6. Lim, Miakka „Azkals now in Mongolia, tired but in high spirits“. GMA Network. Qaraldi: 14-avgust 2016-yil.
  7. „Football (Soccer) Team Nicknames“. www.topendsports.com. Qaraldi: 5-aprel 2022-yil.
  8. „Football Center MFF - Soccerway“. us.soccerway.com. Qaraldi: 5-aprel 2022-yil.

HavolalarTahrirlash