Pokiston milliy futbol terma jamoasi
Pokiston milliy futbol jamoasi FIFA tomonidan ruxsat etilgan musobaqalarda Pokiston sharafini himoya qiladi va Pokistonda futbol boʻyicha boshqaruv organi boʻlgan Pokiston futbol federatsiyasi tomonidan nazorat qilinadi. Pokiston 1948-yilda FIFAga aʼzo boʻldi va Osiyo Futbol Konfederatsiyasiga qoʻshildi va uning terma jamoasi 1950-yilda debyut qildi.
Tahallusi |
| ||
---|---|---|---|
Assotsiatsiya | Pokiston Futbol Federatsiyasi (PFF) | ||
Konfederatsiya | AFC (OSIYO) | ||
Sub-konfederatsiya | SAFF (Janubiy Osiyo) | ||
Bosh murabbiy | PAK Tariq Lutfi | ||
Eng koʻp oʻynagan futbolchi | Jaffar Khan (44) | ||
Eng yaxshi toʻpurar | Muhammad Essa (11) | ||
Uy stadioni |
Jinnah Sports stadioni Punjab stadioni People's Football stadioni | ||
| |||
FIFA Reytingi | |||
Hozirgi | 195 ↑ 1 Avgust 2022, | ||
Eng yuqori | 140 (Fevral 1993,) | ||
Eng past | 205 (Iyun 2019,) | ||
Birinchi xalqaro oʻyin | |||
Eron 5-1 Pokiston (Tehron, Eron; 27 Oktyabr 1950) | |||
Eng yirik gʻalaba | |||
Tailand 0-7 Pokiston (Kuala Lumpur, Malayziya; 5 Avgust 1960)[1] Pokiston 9-2 Guam (Taypey, Tayvan; 6 Aprel 2008)[2] Pokiston 7-0 Butan (Dakka, Bangladesh; 8 Dekabr 2009)[3] | |||
Eng yirik magʻlubiyat | |||
Eron 9-1 Pokiston (Tehron, Eron; 12 Mart 1969) Pokiston 0-8 Iroq (Amman, Iordaniya; 28 May 1993) | |||
SAFF Chempionati | |||
Ishtiroki | 11 (Ilk marta 1993-yili) | ||
Eng yaxshi natijasi | Uchinchi oʻrin (1997) | ||
OFK Chaqiruv Kubogi | |||
Istiroki | 1 (Ilk marta 2006-yili) | ||
Eng yaxshi natijasi | Guruh bosqichi (2006) |
Tarix
tahrir1950-yillar — Pokistonning xalqaro debyuti
tahrirPokiston xalqaro debyutini 1950-yil oktyabr oyida Eron va Iroqda oʻtkazdi. Pokiston birinchi oʻyinda Eronga qarshi 5:1 hisobida magʻlub boʻldi. Pokistonning navbatdagi xalqaro safari Kolombo kubogida boʻlib oʻtdi, unda jamoa Hindistonga qarshi birinchi oʻyinni oʻtkazdi va golsiz durang bilan yakunlandi. 50-yillarda Pokiston 1954-yilda Hindistonda, keyin 1955-yilda Sharqiy Pokistonda va 1954-yilda Filippinda va 1958-yilda Yaponiyada boʻlib oʻtgan Osiyo oʻyinlarida, Kolombo kubogida ishtirok etdi.
1960-1970-yillarning boshlari
tahrir1960-yillarning boshlarida Pokiston Pokiston futboli tarixidagi eng yaxshi oʻyinchilardan birini yetishtirdi, Abdul Ghafoor Majna „Pokistonlik Pele“ va „Pokistonning qora marvaridi“ laqabini oldi[4]. Abdul Ghafoor Majna Pokiston milliy futbol jamoasi Osiyoning eng yaxshi 10 jamoasiga kirganda faoliyat yuritgan. The Express Tribune xabariga koʻra, u Pokiston futbol jamoasi SSSR, BAA va Xitoyni magʻlub etishga muvaffaq boʻlgan davrda jamoaning haqiqiy afsonasi edi[5].
Jamoa imiji
tahrirUy stadioni
tahrirPokiston mavjud boʻlgan dastlabki ellik yil davomida oʻz uy uchrashuvlarini butun mamlakat boʻylab oʻtkazdi. Ular dastlab kriket maydonlaridan foydalanganlar, keyinroq futbol stadionlariga oʻtishgan.
Toʻplam
tahrirPokiston terma jamoasining uy libosida doim yashil rangli futbolka va oq shorti boʻlgan. Ranglar Pokiston bayrogʻidan olingan[6].
Homiylar
tahrirHomiy | Davr |
---|---|
Vision | 2011–2013 |
Forward | 2013–2015 |
Joshila | 2018–2019 |
Murabbiylar shtabi
tahrirLavozim | Ism-sharif |
---|---|
Texnik direktor | Daniel Limones |
Bosh murabbiy | Tariq Lutfi |
Jamoa menejeri | Ayaz Butt |
Yordamchi murabbiy | Muhammad Essa Muhammad Habib Gohar Zaman |
Darvozabonlar murabbiyi | Aslam Khan |
Fitnes murabbiyi | Shahzaib Haider |
Video tahlilchisi | Shahrukh Sohail |
Shifokor | Dr.Zaf Iqbal |
Fizioterapevt | Kamran Mehdi |
Murabbiylik tarixi
tahrir- George Ainsley (1959–1962)
- Bert Trautmann (1980–1983)
- Burkhard Ziese (1987–1990)
- Various (1990–2000)
- Dave Burns (2000–2001)
- John Layton (2001–2002)
- Joseph Herel (2002–2003)
- Wang Xiaohe (2003–2004)
- Tariq Lutfi (2004–2005)
- Salman Sharida (2005–2007)
- Akhtar Mohiuddin (2007–2008)
- Shahzad Anwar (2008, caretaker)
- György Kottán (2009–2010)
- Graham Roberts (2010–2011)
- Tariq Lutfi (2011, caretaker)
- Zaviša Milosavljević (2011–2013)
- Shahzad Anwar (2013, caretaker)
- Mohammad Al-Shamlan (2013–2015)
- Shahzad Anwar (2015–2017)
- José Antonio Nogueira (2018–2019)