Aleksandr Lobanov
Aleksandr Lobanov 1986-yili 4-yanvarda Toshkent shahrida tugʻilgan. Toshkentning Paxtakor futbol klubi va Oʻzbekiston milliy terma jamoasi darvozaboni hisoblanadi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Aleksandr Lobanov | ||
Tavallud sanasi | 4-yanvar 1986-yil | ||
Tavallud joyi |
Toshkent, Oʻzbek SSR, ![]() | ||
Boʻyi | 190 sm | ||
Ampluasi | darvozabon | ||
Vazni | 80 kg | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub |
![]() | ||
Raqami | 12 | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2005—2006 2007 2008 2009 2011 2012—… |
![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() |
(25 18 9 4 ? 90) | |
Milliy terma jamoa | |||
2015—… |
![]() | (3) | |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
FaoliyatiTahrirlash
Aleksandr Lobanov professional futboldagi ilk faoliyatini 2005-yili Jizzaxning Soʻgʻdiyona klubida boshlagan. Soʻgʻdiyona tarkibida u 25ta oʻyinda maydonga tushgan. 2007-yili Qozogʻistonning Qaysar futbol klubiga oʻtadi va u yeda bir mavsumda 18ta uchrashuvda maydonga tushadi. Keyingi yili qozogʻistonning boshqa bir futbol klubi Aqjayiq safiga oʻtadi, u yerda ham bir mavsum oʻynab, 9ta oʻyinda klub sharafini himoya qiladi. Lobanov 2009-yili Oʻzbekistonga qatadi va Buxoroning Buxoro klubiga kelib qoʻshiladi, Buxoro safida ikki mavsum oʻynaydi va 4ta uchrashuvda maydonga tushadi. 2011-yili Nukusning Orol klubiga oʻtadi.
2012-yili u Paxtakor murabbiyining eʼtiboriga tushadi va Paxtakor bilan 3 yillik shartnoma tuzadi. U birinchi mavsumdanoq Paxtakorning asosiy darvozaboniga aylanadi va oldingi asosiy darvozabon Temur Joʻrayevning oʻrnini egallaydi. u Shu vaqtga qadar Paxtakor safida 90ta uchrashuvga maydonga tushdi.
Terma jamoadagi faoliyatiTahrirlash
Aleksandr Lobanov 2015-yildan boshlab bir qancha oʻyinlarda Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safiga jalb etiladi va 2015-yilning 3-sentabrida 2018-yilgi jahon chempionatining saralash bosqichidan joy olgan Oʻzbekiston Yaman uchrashuvida ilk debyutini oʻtkazadi.
YutuqlariTahrirlash
- Klub safida
- Oʻzbekiston chempioni (2): 2012, 2014