Oʻzbekiston Superligasi
Oʻzbekiston Superligasi (sobiq nomi – Oliy liga) – Oʻzbekiston professional futbol klublarining oliy toifali musobaqasi. Oʻzbekiston Superligasi Oʻzbekiston Professional futbol ligasi tomonidan oʻtkaziladi. Superligada ishtirokchi jamoalari soni ayni paytda 14tani tashkil etadi. Mavsum yakuniga koʻra, Superligada soʻnggi ikki pogʻonani egallaydigan klublar Pro ligaga tushib ketadi. Superliga yakunida 12-oʻrinni qoʻlga kiritadigan jamoa esa Pro liganing 3-oʻrindagi klubiga qarshi Oʻtish uchrashuvida ishtirok etadi. Oʻzbekiston Superligasi gʻolibi kelgusi mavsumda Osiyo Chempionlar ligasida qatnashish huquqiga, shuningdek Oʻzbekiston Superkubogida mamlakat kubogi sohibiga qarshi oʻynash imkoniyatiga ega boʻladi.
Oʻzbekiston Superligasi ramzi | |
Davlat | Oʻzbekiston |
---|---|
Konfederatsiya |
Osiyo Futbol Konfederatsiyasi |
Oʻtkazuvchi tashkilot |
Oʻzbekiston Professional futbol ligasi |
Futbol tuzilmasidagi oʻrni | 1 |
Tashkil etilgan | 1992-yil |
Jamoalar soni | 14ta |
Pastki liga | Oʻzbekiston Pro ligasi |
Ichki kuboklar | Oʻzbekiston Kubogi |
Xalqaro musobaqalar | Osiyo Chempionlar ligasi |
Amaldagi chempion | Nasaf |
Eng koʻp marta chempion | Paxtakor (16 marta) |
Eng koʻp oʻyin oʻtkazganlar |
Asror Aliqulov (520ta oʻyin) |
Toʻpurarlar | Anvar Berdiyev (225ta gol) |
TV hamkorlar |
Sport Uzreport TV Foreign Languages |
Veb-sayt | |
Homiylar |
Artel Uzcard |
Joriy mavsum: 2024 |
Musobaqa formati
tahrirMusobaqalarni boshqarish, tashkil etish va oʻtkazilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Professional futbol ligasi tomonidan amalga oshiriladi. Superliga odatiy ikki davrali formatda tashkil etiladi. Chempionat har yili fevral oyi soʻnggida start oladi va noyabrga qadar davom etadi. Mavsum davomida har bir klub boshqa klublar bilan ikki marta, bir marta uyda va bir marta mehmonda — jami 26 ta oʻyin oʻtkazadi. Jamoalar gʻalaba uchun uch ochko oladi, durang uchun bir ochko, magʻlubiyat uchun ochko berilmaydi. Jamoalar umumiy ochkolar boʻyicha tartiblangan, mavsum oxirida eng yuqori oʻrinni egallagan klub chempion boʻladi. Superligada asosiy jamoa uchrashuvidan bir kun keyin U21 chempionati oʻyini ham oʻtkaziladi.
Tarixi
tahrirOʻzbekistonda futbol boʻyicha mamlakat chempionati 1992-yildan boshlab oʻtkazib kelinadi. Ilk bora tashkil etilgan chempionatda „Paxtakor“ va „Neftchi“ bir xil ochko jamgʻarib, yakunda qoʻshchempionlikni tantana qilishgan. Futbol boʻyicha Oʻzbekiston chempionati yuqori divizioni dastlab Oliy liga deb nomlangan. Milliy chempionat 1992—2017-yillar mavsumlarida Oliy liga nomi ostida tashkil etilgan. 2018-yildan boshlab esa Oʻzbekiston Professional futbol ligasi ichki chempionatda islohotlar amalga oshirib, yuqori divizionni Oʻzbekiston Superligasiga aylantirdi[1].
Klublar
tahrirOʻzbekiston klublari ichida eng koʻp sovrindor jamoa – Toshkentning „Paxtakor“ jamoasi sanaladi. „Paxtakor“ hozirga qadar 15 marta Oʻzbekiston chempionatida oltin medalga ega chiqqan. Oʻzbekiston Superligasining sovrindor klublari Osiyo Chempionlar ligasida ishtirok etishadi. Xususan, Oʻzbekiston chempioni va Oʻzbekiston Kubogi sohibi Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichida toʻgʻridan-toʻgʻri qatnashsa, Superliganing kumush va bronza medallari gʻoliblari saralash bahslari orqali Chempionlar ligasiga yoʻl olishadi. Hozirga qadar Superliga jamoalarining qitʼa Chempionlar ligasidagi eng yaxshi natijasi yarim final boʻlib qolmoqda. Ayrim yillarda Oʻzbekiston klublari Osiyoda nufuz jihatidan ikkinchi oʻrindagi OFK kubogi musobaqasida ham ishtirok etgan. Xususan, „Nasaf“ 2011-yilda OFK kubogi finalida gʻalaba qozongan.
Superligada legionerlar limiti
tahrirOʻzPFL musobaqalari uchun klub 5 nafargacha xorijlik futbolchini legioner sifatida roʻyxatdan oʻtkazish mumkin. Bunda ulardan biri (yoki hammasi) Osiyo Futbol Konfederatsiyasiga aʼzo mamlakat fuqarosi boʻlishi shart, yaʼni Oʻzbekistonda 4+1 limiti amal qiladi. OFKga aʼzo davlatdan legioner mavjud boʻlmagan taqdirda klub ariza varaqasiga 4 nafardan ortiq chet ellik futbolchini kirita olmaydi (farm klub safida roʻyxatdan oʻtgan futbolchi ham shunga qoʻshib hisoblanadi).
Superliga futbolchilarining rekordlari
tahrirOʻzbekiston Superligasida mahalliy va xorijlik bir qator mashhur futbolchilar faoliyat olib borishgan. Xususan, braziliyalik Rivaldo 2008—2010-yillar mobaynida „Bunyodkor“ sharafini himoya qilgan. 2009-yilda 20 ta gol bilan Rivaldo Oʻzbekiston chempionati toʻpurariga aylangan. Superligada toʻpurarlik boʻyicha rekordchi – Anvar Berdiyev sanaladi. „Neftchi“ jamoasi safida uzoq vaqt barqaror oʻynagan futbolchi Oʻzbekiston chempionatlari tarixida 225 ta gol kiritishga erishgan. Oʻtkazgan oʻyinlari soni boʻyicha rekordchi esa – Asror Aliqulov hisoblanadi. Yaqin oʻtmishning taniqli himoyachisi umumiy hisobda 520 ta oʻyinda maydonga tushgan[2][3].
Mavsumlardagi sovrindorlar
tahrirHar mavsum yakunida Superliganing uchta sovrindor jamoasi va quyi oʻrinni egallab Oʻzbekiston Pro ligasiga tushib ketadigan jamoalari nomi aniqlanadi[4].
Sovrindor klublar
tahrir„Paxtakor“dan keyingi eng koʻp sovringa ega chiqqan jamoalar – „Neftchi“ hamda „Bunyodkor“ sanaladi. Har ikkala jamoa ham oʻz tarixida 5 martadan Oʻzbekiston chempionati oltin medallarini qoʻlga kiritgan[5].
Liganing barcha davrlardagi jadvali, 1992—2023-yilgi mavsum[6]
- 1-dekabr 2023 boʻlib oʻtgan oʻyin holatiga koʻra
Pos | Jamoa | Mavsum | Ochko | Oʻyin | Gʻal | Dur | Magʻ | U.G. | Oʻ.G. | 1 | 2 | 3 | Eng yaxshi |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
1 | Paxtakor | 32 | 2020 | 942 | 640 | 154 | 148 | 2086 | 783 | 16 | 6 | 2 | 1 |
2 | Neftchi Fargʻona | 29 | 1629 | 864 | 493 | 150 | 221 | 1635 | 918 | 5 | 9 | 1 | 1 |
3 | Navbahor Namangan | 32 | 1463 | 942 | 439 | 199 | 304 | 1514 | 1083 | 1 | 1 | 10 | 1 |
4 | Nasaf Qarshi | 27 | 1442 | 790 | 428 | 168 | 194 | 1363 | 829 | 0 | 4 | 11 | 2 |
5 | Buxoro | 29 | 1121 | 864 | 325 | 146 | 393 | 1128 | 1314 | 0 | 1 | 0 | 2 |
6 | Soʻgʻdiyona Jizzax | 28 | 1004 | 830 | 281 | 161 | 388 | 1033 | 1312 | 0 | 1 | 1 | 2 |
7 | Bunyodkor | 17 | 974 | 482 | 292 | 102 | 90 | 843 | 397 | 5 | 3 | 1 | 1 |
8 | Andijon | 27 | 915 | 792 | 250 | 165 | 377 | 1030 | 1283 | 0 | 0 | 0 | 5 |
9 | Metallurg-Bekobod | 26 | 907 | 756 | 250 | 157 | 349 | 903 | 1139 | 0 | 0 | 0 | 5 |
10 | Qizilqum-Zarafshon | 24 | 890 | 696 | 246 | 152 | 298 | 836 | 988 | 0 | 0 | 1 | 3 |
11 | Dinamo Samarqand | 24 | 863 | 732 | 244 | 131 | 357 | 877 | 1081 | 0 | 0 | 0 | 4 |
12 | Lokomotiv-Toshkent | 16 | 856 | 460 | 249 | 109 | 154 | 808 | 589 | 3 | 4 | 1 | 1 |
13 | Mashal-Muborak | 19 | 744 | 538 | 214 | 102 | 223 | 673 | 725 | 0 | 1 | 1 | 2 |
14 | Qoʻqon 1912 | 17 | 634 | 516 | 180 | 94 | 252 | 670 | 872 | 0 | 0 | 0 | 5 |
15 | Olmaliq | 16 | 622 | 452 | 175 | 97 | 176 | 638 | 621 | 0 | 0 | 2 | 3 |
16 | Traktor-Tashkent | 16 | 621 | 490 | 178 | 87 | 225 | 684 | 814 | 0 | 0 | 0 | 4 |
17 | Doʻstlik | 11 | 559 | 346 | 169 | 52 | 125 | 669 | 532 | 2 | 0 | 0 | 1 |
18 | Surxon-Termiz | 17 | 536 | 504 | 148 | 92 | 253 | 574 | 914 | 0 | 0 | 0 | 6 |
19 | Shoʻrtan-Gʻuzor | 12 | 381 | 340 | 109 | 54 | 177 | 393 | 566 | 0 | 0 | 0 | 4 |
20 | MHSK | 7 | 362 | 216 | 106 | 44 | 66 | 420 | 335 | 1 | 1 | 1 | 1 |
21 | Xorazm | 8 | 230 | 248 | 62 | 44 | 142 | 281 | 518 | 0 | 0 | 0 | 7 |
22 | Zarafshon Navoiy | 6 | 217 | 196 | 60 | 37 | 99 | 236 | 355 | 0 | 0 | 0 | 9 |
23 | Yangiyer Sirdaryo | 7 | 205 | 216 | 56 | 37 | 123 | 266 | 385 | 0 | 0 | 0 | 10 |
24 | Orol Nukus | 5 | 155 | 164 | 44 | 23 | 97 | 171 | 329 | 0 | 0 | 0 | 11 |
25 | Kosonsoy Namangan | 5 | 145 | 156 | 40 | 25 | 91 | 171 | 305 | 0 | 0 | 0 | 8 |
26 | Guliston Sirdaryo | 5 | 119 | 154 | 34 | 17 | 103 | 142 | 340 | 0 | 0 | 0 | 14 |
27 | Atlaschi Margʻilon | 4 | 118 | 124 | 34 | 16 | 74 | 149 | 280 | 0 | 0 | 0 | 7 |
28 | Chirchiq | 4 | 103 | 122 | 26 | 25 | 71 | 130 | 240 | 0 | 0 | 0 | 14 |
29 | Toʻpalang-Sariosiyo | 3 | 96 | 86 | 28 | 12 | 46 | 103 | 146 | 0 | 0 | 0 | 9 |
30 | Kimyogar-Chirchiq | 3 | 96 | 104 | 25 | 21 | 58 | 113 | 193 | 0 | 0 | 0 | 14 |
31 | Olimpik Toshkent | 2 | 66 | 52 | 15 | 21 | 16 | 57 | 60 | 0 | 0 | 0 | 6 |
32 | Akademiya Toshkent | 1 | 59 | 34 | 16 | 11 | 7 | 72 | 45 | 0 | 0 | 0 | 5 |
33 | Semurgʻ Angren | 2 | 57 | 72 | 15 | 12 | 45 | 99 | 200 | 0 | 0 | 0 | 12 |
34 | Turon Yaypan | 2 | 33 | 52 | 6 | 15 | 31 | 32 | 88 | 0 | 0 | 0 | 13 |
35 | Sementchi-Quvasoy | 1 | 31 | 30 | 8 | 7 | 15 | 39 | 64 | 0 | 0 | 0 | 15 |
36 | Chilonzor-Toshkent | 1 | 30 | 34 | 8 | 6 | 20 | 51 | 70 | 0 | 0 | 0 | 16 |
37 | Shahrixon | 1 | 28 | 32 | 7 | 7 | 18 | 25 | 67 | 0 | 0 | 0 | 15 |
38 | Obod Toshkent | 1 | 24 | 30 | 6 | 6 | 18 | 25 | 51 | 0 | 0 | 0 | 14 |
39 | Vobkent Buxoro | 1 | 15 | 30 | 3 | 6 | 21 | 23 | 70 | 0 | 0 | 0 | 16 |
40 | Uz-Dong-Ju Andijon | 1 | 13 | 30 | 2 | 7 | 21 | 17 | 65 | 0 | 0 | 0 | 16 |
Oʻzbekiston Superligasi 2023 ning jamoalari | |
Joriy yildagi Oʻzbekiston Pro ligasi 2023 ligasida oʻynagan jamoalar | |
Klub faoliyati tugatilgan |
Superliga futbolchilarining rekordlari
tahrir
Eng koʻp gol urganlartahrir
|
Eng koʻp oʻyin oʻtkazganlartahrir
|
Mavsumlardagi sovrindorlar oʻrni va toʻpurarlar roʻyxati
tahrirOʻzbekiston chempionatining ilk mavsumida Valeriy Kechinov 24 ta gol bilan toʻpurar nomiga ega chiqqan. 2000-yilgi mavsumda „Doʻstlik“ jamoasi safida Jaʼfar Irismetov 45 ta gol kiritib mavsum toʻpurariga aylangan va ushbu natija hozirga qadar bir mavsum uchun rekord sanaladi[9].
Sovrindor klublar
tahrirKlublar | Gʻolib | Kumush | Bronza | |||
Soni | Yil | Soni | Yil | Soni | Yil | |
Paxtakor (Toshkent) | 16 | 1992, 1998, 2002, 2003, 2004, 2005, 2006, 2007, 2012, 2014, 2015, 2019, 2020, 2021, 2022, 2023[13] | 6 | 1993, 2001, 2008, 2009, 2010, 2018 | 2 | 2011, 2017 |
Neftchi (Fargʻona) | 5 | 1992, 1993, 1994, 1995, 2001 | 9 | 1996, 1997, 1998, 1999, 2000, 2002, 2003, 2004, 2006 | 1 | 2008 |
Bunyodkor | 5 | 2008, 2009, 2010, 2011, 2013 | 2 | 2007, 2012, 2016 | 2 | 2016, 2019 |
Lokomotiv (Toshkent) | 3 | 2016, 2017, 2018 | 4 | 2013, 2014, 2015, 2019 | 1 | 2012 |
Doʻstlik (Toshkent viloyati) | 2 | 1999, 2000 | ||||
MHSK | 1 | 1997 | 1 | 1995 | 1 | 1996 |
Navbahor (Namangan) | 1 | 1996 | 1 | 2022 | 10 | 1993, 1994, 1995, 1997, 1998, 1999, 2003, 2004, 2018, |
Nasaf (Qarshi) | 4 | 2011, 2017, 2020, 2023 | 11 | 2000, 2001, 2005, 2006, 2009, 2010, 2013, 2014, 2015, 2016, 2022 | ||
Mashʼal (Muborak) | 1 | 2005 | 1 | 2007 | ||
Nurafshon (Buxoro) | 1 | 1992 | ||||
Soʻgʻdiyona (Jizzax) | 1 | 2021 | 1 | 1992 | ||
AGMK (Olmaliq) | 2 | 2020, 2021 | ||||
Qizilqum (Zarafshon) | 1 | 2002 |
Toʻpurarlar
tahrirYil boʻyicha
tahrirHomiylar
tahrirDastlabki yillarda Oʻzbekiston chempionatining titul homiysi boʻlmagan. OʻzPFL 2017-yildan boshlab bu borada jiddiy ish olib bora boshladi va 2018-yilgi mavsumda Pepsi shirkati Oʻzbekiston Superligasiga titul homiy boʻldi. OʻzPFL 2019-yildan boshlab asosiy homiy sifatida Coca-Cola bilan ishlab kelmoqda. Oʻzbekiston chempionati yuqori divizioni shu sababli Coca-Cola Superliga deb yuritilgan. 2024-yil 28-fevral kuni Oʻzbekiston maishiy texnika bozoridagi eng yirik brend hisoblangan „Artel“ shirkati 2026-yil oxirigacha Superliganing titul homiysiga aylandi[15][16].
Mukofotlar
tahrirKubok
tahrirSuperligada ikkita kubok mavjud – haqiqiy kubok (amaldagi chempionlar qoʻlida) va zaxira nusxasi. Mavsumning soʻnggi kunida ikkita klub haligacha Ligada gʻalaba qozonish imkoniyatiga ega boʻlgan taqdirda, sovrinni qoʻlga kiritgandan keyin bir necha daqiqa ichida topshirish uchun ikkita kubok oʻtkaziladi. Mavsumning soʻnggi kunida ikkitadan ortiq klub chempionlik uchun kurashayotgan kamdan-kam hollarda, avvalgi klub yutgan nusxadan foydalaniladi.
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „Breaking: Oliy Liga tugatildi!“ (20 noyabr 2017). 2022-yil 8-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-avgust.
- ↑ ПФЛ / Лига хақида, 13-iyun 2011-yilda asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 1-iyun 2011-yil
{{citation}}
: CS1 maint: date format () - ↑ „Олий лига РЕТРО: Чемпион бўла олмаган юлдузларнинг рамзий терма жамоаси“. 2023-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-may.
- ↑ „Uzbekistan Super League all time topscoreres (as of 10 December 2018)“. Championat.asia (10-dekabr 2018-yil).
- ↑ „Uzbekistan Super League most appearances (9 December 2018)“ (oʻzbekcha). Championat.asia (9-dekabr 2018-yil).
- ↑ 25 ta Oʻzbekiston chempionatining umumiy jadvali, 30 November 2016 (oʻzbekcha)
- ↑ „Uzbekistan Super League all time topscoreres (as of 10 December 2018)“. Championat.asia (10-dekabr 2018-yil).
- ↑ „Uzbekistan Super League most appearances (9 December 2018)“ (oʻzbekcha). Championat.asia (9-dekabr 2018-yil).
- ↑ „Суперлига по футболу представила своего первого титульного спонсора“. Nuz.uz (5-aprel 2018-yil). 2018-yil 28-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-aprel 2018-yil.
- ↑ „CHempionatlarimizning 24 yillik jadvali haqida“. 2023-yil 25-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 25-aprel.
- ↑ „CHempionatlarimizning 25 yillik umumiy jadvali haqida“. 2023-yil 26-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 26-aprel.
- ↑ „CHempionatlarimizning 26 yillik umumiy jadvali haqida“. 2023-yil 25-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 25-aprel.
- ↑ 13,0 13,1 „Coca Cola Суперлигаси. "Пахтакор" чемпион, "Қўқон-1912" қуйи лигага тушиб кетди!“. 2022-yil 12-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-noyabr 2022-yil.
- ↑ „Суперлига-2022. Драган Черан кетма-кет тўртинчи марта тўпурар бўлди ва тарихга кирди“. 2022-yil 12-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-noyabr 2022-yil.
- ↑ „Artel O‘zbekiston Professional futbol ligasining titul homiyiga aylandi“.
- ↑ „Artel 2026 йил якунига қадар Суперлига титул ҳомийсига айланди“.