Nikolay Sergiyenko
Nikolay Nikolayevich Sergiyenko (ruscha: Сергиенко, Николай Николаевич; 1978-yil 30-sentyabrda tugʻilgan) – rus millatiga mansub, oʻzbekistonlik va rossiyalik sobiq professional futbolchi. Faoliyati davomida asosan yarim himoyachi pozitsiyasida oʻynagan.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Nikolay Nikolayevich Sergiyenko | ||
Tavallud sanasi | 30-sentyabr 1978-yil | ||
Tavallud joyi | Kogon, Oʻzbekiston SSR | ||
Boʻyi | 166 cm (5 ft 5 1⁄2 in) | ||
Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
Lokomotiv | |||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1997—1999 | Buxoro | 78 | (21) |
2000 | Shinnik Yaroslavl | 16 | (2) |
2001 | Buxoro | 9 | (2) |
2001 | Sibur-Ximik Dzerjinsk | 14 | (4) |
2002—2006 | Sibir Novosibirsk | 104 | (19) |
2006 | Metallurg Novokuznetsk | 19 | (4) |
2007—2008 | Amur Blagoveshchensk | 45 | (12) |
2009—2012 | Chelyabinsk | 86 | (13) |
Milliy terma jamoa | |||
1999 | Oʻzbekiston | 1 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Futbolchilik faoliyati
tahrirKlub
tahrirSergiyenko olti yoshidan futbol bilan shugʻullanishni boshlagan, birinchi murabbiyi Shamil Taibovich Maksumov. 15 yoshidan boshlab Oʻzbekiston birinchi ligasida ishtirok etgan „Lokomotiv“ klubining asosiy jamoasi oʻyinlarida ishtirok etgan. 1997-yilda viloyatning asosiy jamoasi, "Buxoro" klubiga oʻtgan. Buxoro klubi tarkibida uch mavsum davomida oʻynagan va 20 dan ortiq gol urgan.
2000-yilda Yaroslavlning „Shinnik“ jamoasiga koʻchib oʻtgan. Shinnik jamoasiga oʻtishida unga Rossiya birinchi divizionida toʻp surgan oʻzbekistonlik murabbiy Gennadiy Ivanov hamda „Buxoro“ va „Shinnik“ klubining sobiq futbolchisi Muhsin Muhammadiyevlar tavsiya berishgan. „Shinnik“ jamoasida oʻynagan davrida asosiy tarkibga kira olmagan. Mavsum yakunlangach, Nikolay Oʻzbekistonga qaytib kelgan va keyingi olti oyni Buxoro jamoasi tarkibida oʻtkazgan.
2001-yil avgust oyida yana Rossiya chempionatiga, Sibur-Ximik (Dzerjinsk) jamoasi tarkibiga oʻtgan. Nikolay keyinchalik asosan Rossiya ikkinchi divizionida ishtirok etgan klublar; Chkalovets / Sibir (Novosibirsk), Metallurg-Kuzbass (Novokuznetsk), Amur (Blagoveshchensk), „Chelyabinsk“ jamoalarida oʻynagan. U professional faoliyatini 2012-yilda yakunlagan.
Oʻzbekiston oliy ligasida jami 87 ta oʻyin oʻtkazib, 23 ta gol urgan, Rossiya birinchi divizionida 51 oʻyinda va 7 gol, Rossiya ikkinchi divizionida 234 oʻyinda va 37 gol muallifi boʻlgan. Sergiyenko maydonda uzoq masofadan kuchli va aniq zarba berish, aniq pas berish qobiliyati bilan ajralib turgan.
Milliy jamoadagi faoliyati
tahrir1990-yillar oxirida Oʻzbekiston yoshlar va olimpiya terma jamoalari oʻyinlarida ishtirok etgan.
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida 1999-yil 11-iyulda Malayziyaga qarshi oʻyinning 64-daqiqada Nikolay Shirshovning oʻrniga maydonga tushdi[1]. Bu Nikolayning terma jamoa tarkibidagi yagona oʻyini boʻlib qolgan.
Shaxsiy hayot
tahrirUning Kubanda tugʻilgan va haydovchi boʻlib ishlagan, onasi esa Donetsk viloyatida tugʻilgan. Alena va Galina ismli ikkita opa-singlisi ham bor.
Manbalar
tahrirHavolalar
tahrir- Nikolai Sergiyenko at National-Football-Teams.com