Kuban
Kuban — Rossiya Federatsiyasining Stavropol va Krasnodar oʻlkalaridagi daryo. Shimoliy Kavkazda. Elbrus togʻi yon bagʻirlaridan boshlanib Azov dengizining Temryuk qoʻltigʻiga kuyiladi. Oʻz. 870 km, havzasining maydoni 57900 km². Dengizga kuyilish yeridan 116 km yuqorida daryodan Protoka tarmogʻi ajralib chiqadi. Oʻsha yerdan K.ning deltasi (maydoni 4300 km²) boshlanadi. Asosiy irmoqlari: Katta va Kichik Zelenchuk, Urup, Laba, Belaya, Pshish. Yillik oʻrtacha suv sarfi Krasnodar shahri yaqinida 425 m³/ sek. Daryo oqimini tartibga solib turish uchun Nevinnomisk kanali, Tshchik, Krasnodar, Shapsug suv omborlari qurilgan. K. etagida muhim sholikorlik rayoni tashqil etilmokda.
Kuban | |
---|---|
[[Tasvir:|250px|]] | |
Tavsif | |
Uzunligi | 870 |
Maydoni | 57 900 km² |
Suv sarfi | m³/s |
Suv oqimi | |
Davlat | Rossiya |
Kuban |
Deltasidan baliqovlanadi. Daryoning quyi qismida (Krasnodar shahri dan kuyilish yerigacha) kema qatvaydi. Daryo boʻyida Karachayevsk, Cherkessk, Nevinnomisk, Armavir, Novokubansk, Kropotkin, Ust-Labinsk, Krasnodar, Temryuk shaharlari bor.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |