Bahodir Olimjonovich Nasimov — oʻzbekistonlik futbolchi. 1987-yilning 2-may kuni Samarqandda tugʻilgan. Ampluasi hujumchi. Oʻzbekiston milliy terma jamoasi va Ozarbayjonning Neftchi Boku klubi aʼzosi.

Bahodir Nasimov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Bahodir Olimjonovich Nasimov
Tavallud sanasi 2-may 1987-yil (1987-05-02) (37 yosh)
Tavallud joyi Samarqand
Boʻyi 1.82 m (5 ft 11 12 in)[1]
Ampluasi Hujumchi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2007–2010 Dinamo 58 (22)
2009Bunyodkor 16 (2)
2010–2011 FC Rubin Kazan (0)
2010–2011Neftchi Boku 28 (15)
2011–2014 Neftchi Boku 58 (23)
2014–2015 Padideh 17 (1)
2016 Bunyodkor 26 (8)
2017 Ansan Greeners FC 23 (2)
2018 Buxoro 12 (3)
2018 Keşla 7 (0)
Milliy terma jamoa
2009–2015 Oʻzbekiston 20 (5)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Futbolchilik faoliyati

tahrir

Samarqand futboli tarbiyalanuvchisi. Samarqandning „Dinamo“ akademiyasida futbol boʻyicha tahsil olgan. U ushbu klubning yoshlar jamoasida oʻynagan. U professional faoliyatini 2003-yilda aynan shu klub tarkibida boshlagan. U 2009-yilgacha „Dinamo“ safida olti mavsum oʻynadi va shu vaqt ichida 118 oʻyin oʻtkazib, 27 gol urdi.[2]

2007-yilgi Oʻzbekiston oliy ligasi mavsumida debyut qilgan.  „Dinamo“ safida 58 ta oʻyinda maydonga tushib, 22 ta gol urgan va 2009-yilda „Bunyodkor“ safida ijara asosida oʻynagan va 16 ta oʻyinda 2 ta gol urgan.

2008-yilgi mavsum yakunida u Toshkentning „Bunyodkor“ klubidan ijaraga olingandi. 2010-yilgi Hamdoʻstlik kubogida u 5 ta gol bilan eng yaxshi toʻpurarlardan biriga aylandi.[3] Biroq, uning jamoasi chorak final bosqichidan chiqib ketdi. Nasimov „Bunyodkor“ safida jami 16ta oʻyin oʻtkazib, 2 ta gol urgan. 2010-yilgi Hamdoʻstlik kubogi yakunlanganidan soʻng u 2010-yilda Nasimov Rossiya Premer-ligasi chempioni Qozonning „Rubin“ klubiga nomaʼlum toʻlov evaziga uch yillik shartnoma asosida oʻtkazildi.[4][5][6] U 2010-11-yilgi mavsumda Ozarbayjon Premer-ligasining „Neftchi Baku“ klubiga ijaraga oʻtgunga qadar „Rubin“ safida ikkita liga oʻyinida maydonga tushdi.[7]

2010-yilning yozida u dastlab ijara asosida Bokuning „Neftchi“ klubiga oʻtdi va bir mavsumdan keyin shartnoma imzoladi.[8] „Neftchi“ tarkibida u uch karra Ozarbayjon chempioni (2011, 2012 va 2013 yillar mavsumlarida) va ikki karra Ozarbayjon kubogi sohibiga aylandi. 2011/12-yilgi mavsumda ham u 16 ta gol bilan Ozarbayjon chempionatining eng yaxshi toʻpurari boʻldi.[9][10]

2013-yilning 3-avgustida, Ozarbayjon Premer-ligasining 2013-14-yilgi birinchi oʻyinida „Neftchi“ga qarshi AZALga qarshi oʻyinda Nasimov oʻzining yangi mavsumdagi ilk golini va jarohatidan keyingi ilk golini kiritdi. U Bokuning „Neftchi“ klubi safida 32-golini urdi va klubning eng yaxshi xorijlik toʻpurar hujumchisiga aylandi.[11][12]

Nasimov „Neftchi“ning oltinchi bor Ozarbayjon chempioni boʻlishiga yordam berish uchun mavsum davomida 15 ta gol urdi. 2011-12-yilgi mavsumda Nasimov 16 ta gol bilan Ozarbayjon Premer-ligasining eng yaxshi toʻpurari boʻldi va Bokuning „Neftchi“ jamoasining 7-chempion boʻlishiga katta hissa qoʻshdi.[11][12]

U 2014/2015-yilgi mavsumni Eron Pro-ligasi „Padideh“ klubida oʻtkazgan. Nasimov Mashxed jamoasi tarkibida 17ta oʻyinda maydonga tushib, bor-yoʻgʻi bir marta gol urishga muvaffaq boʻlgan.[13]

2016-yilning yanvar oyida Toshkentning „Bunyodkor“ klubi bilan shartnoma imzoladi va mavsum oxirigacha oʻynadi. 2017-yilda u Janubiy Koreyaning Ansan Griners jamoasida oʻynagan. U 2018-yilning birinchi yarmida Oʻzbekistonning „Buxoro“ jamoasida toʻp surgan.

2018-yilning 10-iyulida Nasimov Keshla FK bilan bir yillik shartnoma imzoladi.[13][14] Nasimov 2019-yilgi mavsumda Namanganning „Navbahor“ jamoasiga kelib qoʻshildi.[15]

Xalqaro

tahrir

U Oʻzbekiston milliy terma jamoasidagi debyutini 2009-yilning 18-noyabr kuni Malayziya terma jamoasiga qarshi oʻyinda oʻtkazgan va oʻsha oʻyinda ilk golini urgan. 2018-yilning oktyabr oyi holatiga koʻra, u milliy terma jamoa safida 20 ta oʻyinda maydonga tushib, 5 ta gol urgan. 2015-yilda Osiyo kubogi final turnirida ishtirok etib, 3ta oʻyin oʻtkazgan. U oʻz mamlakatining yoshlar va yoshlar terma jamoalarida ham toʻp surgan.

Yutuqlar

tahrir
  • Ozarbayjon chempioni: 2011/2012, 2012/2013, 2013/2014[16]
  • Ozarbayjon kubogi sohibi: 2012/2013, 2013/2014

Manbalar

tahrir
  1. „Bakhodir Nasimov“. Soccerway. Perform Group. Qaraldi: 2016-yil 8-aprel.
  2. „Bahodir Nasimov“. National Football Teams. Benjamin Strack-Zimmermann. Qaraldi: 23-fevral 2010-yil.
  3. Statistika kubka Sodrujestva
  4. „ru:Насимов перешел в "Рубин"“ (ruscha). FC Rubin Kazan (21-fevral 2010-yil). 2010-yil 24-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-fevral 2010-yil.
  5. „Rubin Kazan signs Uzbek forward Bakhodir Nasimov“ (22-fevral 2010-yil). 3-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-fevral 2010-yil.
  6. „MDH kubogida akrobatik tarzda gol urgan Bahodir Nasimov “Rubin”ga qanday qilib borib qolgandi?“. 2023-yil 5-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-iyun.
  7. Nasimov podpisal 3-letniy kontrakt s Rubinom
  8. Aliyev, Elmir. „Neftchi are Azerbaijani champions“ (2-may 2011-yil). 29-may 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-dekabr 2011-yil.
  9. „The cooperation of "Neftchi" and "Rubun" continues“. Neftchi Baku PFK (20-avgust 2010-yil). 26-may 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-dekabr 2011-yil.
  10. {{Yangiliklar manbasi}} andozasidan foydalanishda title= parametri belgilanishi kerak.
  11. 11,0 11,1 „ru:Баходир Насимов – самый забивной легионер в истории "Нефтчи"“ (ruscha). 1news.az (5-avgust 2013-yil). 2013-yil 8-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-avgust 2013-yil.
  12. 12,0 12,1 „ru:Насимов стал лучшим в истории Нефтчи“ (ruscha). azerisport.com (4-avgust 2013-yil). Qaraldi: 5-avgust 2013-yil.
  13. 13,0 13,1 „Uzbekistan Striker Nasimov Joins Padideh“. www.persianleague.com. Persian League (31-oktabr 2014-yil). Qaraldi: 4-noyabr 2014-yil.
  14. „Keşlə FK da yeni müqavilələr imzalandı“ (az). www.keshlafc.az. Keşla FK (11-iyul 2018-yil). Qaraldi: 11-iyul 2018-yil.[sayt ishlamaydi]
  15. Bahodir Nasimov: „Navbahor“ yangi mavsumda chempionlik uchun kurashadi, sports.uz, 14 February 2019
  16. „Денисов, Яхшибоев, Шацких, Насимов ёхуд чемпион легионерларимиз ҳақида“. 2023-yil 14-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 14-may.

Havolalar

tahrir