Sadriddin Ishmirzayev
Ishmirzayev Sadriddin Saidmuratovich (1971-yil 5-martda tugʻilgan, Samarqand, O‘zbekiston) — oʻzbek futbolchisi, himoyachi va yarimhimoyachi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Ishmirzayev Sadriddin Saidmuratovich | ||
Tavallud sanasi | 5-mart 1971-yil | ||
Tavallud joyi |
Samarqand viloyati, Oʻzbekiston | ||
Vafot sanasi |
6-iyun 2004-yil (54 yoshda) | ||
Vafot joyi |
Toshkent, Oʻzbekiston | ||
Ampluasi | himoyachi, yarimhimoyachi | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1988-1990-yy. 1991-yil. 1992-yil. 1992-yil. 1993-yil. 1993-yil. 1994-1998-yy. |
Dinamo (Samarqand) Nurafshon Nurafshon Shaxtyor (Karaganda) Tavriya Portovik (Xolmsk) Buxoro |
(64 (2) 40 (2) 21 (4) 4 (1) 10 (0) 20 (0) 107 (12)) | |
Milliy terma jamoa | |||
1995 –yil. | O‘zbekiston | (1 (0)) | |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Klubdagi faoliyati
tahrirFutbolchilik faoliyatini 1988-yilda Samarqandning „Dinamo“ klubi tarkibida boshlagan. Mavsum yakunlariga ko‘ra, samarqandliklar SSSR chempionatining ikkinchi quyi ligasiga tushib ketadi. „Dinamo“ libosi ostida Ishmirzayev 64 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urgan.
1991-yilda futbolchi O‘zbekistonning „Buxoro“ klubiga (sobiq Nurafshon) o‘tadi. 1992-yilda esa jamoa bilan birgalikda O‘zbekiston chempionatining birinchi qura o‘yinlari ishtirokchisiga aylanadi. 1992-yilgi mavsumda qo‘shni Qozog‘istonga jo‘nab ketib u yerda „Shaxtyor“ klubi bilan shartnoma imzolaydi.
1992-yil 23-aprelda „Shaxtyor-Bulat“ga (0:0) qarshi Oliy liga 2-turi doirasidagi safar uchrashuvida „Qarag‘anda“ klubi safida debyut qilgan[1]. Ishmirzaev maydonga asosiy tarkibda tushib, butun o‘yinni o‘tkazgan.
U Qozog‘iston klubidagi yagona golini 1992-yil 29-aprelda Oliy liganing 3-turidan o‘rin olgan Olma-ota futbol klubi (SSKA)ga qarshi (2:0) mezbonlik uchrashuvining 25-daqiqasida (penaltidan golga aylantirilgan) kiritgan. „Pitmenlar“ libosida u Premer-ligada to‘rtta o‘yinda, bitta gol urishga erishgan[2]. Shuningdek, Qozog‘iston kubogida ham bitta o‘yin o‘tkazgan.
1992-1993-yilgi mavsumning bahor-yoz fasllari boshlanishida Ishmirzayev Ukraina Respublikasining „Tavriya“ futbol kubiga ko‘chib o‘tadi. U qrimliklar futbolkasidagi ilk debyutini 1993-yil 14-martda bo‘lib o‘tgan Oliy liganing 16-turida Kremenchugning „Flint“ jamoasiga qarshi g‘alabali (2:0) o‘yinida o‘tkazgan (keyinchalik o‘yin natijasi bekor qilingan, sababi, Yevgeniy Dragunovning maydonga „Tavria“ futbolkasida kirib kelgani uchun diskvalifikatsiya qilingan.). Ishmirzaev maydonga asosiy tarkibda tushadi va 83-daqiqada murabbiy uning o‘rniga Igor Duxnovskiyni maydonga tushiradi[3]. Himoyachi jami hisobda „Tavriya“ tarkibida o‘nta uchrashuv o‘tkazgan.
Mavsum oxirida u “Simferopol” jamoasini tark etadi va 1993-yilda Rossiyaga jo‘nab ketadi. U yerda “Portovik” futbolchisiga aylanadi. U Xolmsk jamoasi safida 1993-yil 18-iyun kuni “Chita (Rossiya eski mashhur futbol klubi ) Lokomotiv”ga qarshi safarda mag‘lub bo‘lgan (0:2) uchrashuvida debyut qilgan. Ishmirzayev maydonga asosiy tarkibda tushib, butun uchrashuvni o‘tkazgan[4]. U Klub futbolkasida Rossiya chempionatining birinchi ligasidagi o ‘tkazilgan 20 ta o‘yinda ishtirok etgan.
Sadriddin 1994-yili O‘zbekistonga qaytib, „Buxoro“ bilan shartnoma imzolagan. Futbolchilik faoliyatini 1998-yilda „Buxoro“ safida yakunlagan. Jamoaviy karerasini 1995-yil 20-iyulda Bolgariyaga qarshi o‘yinda (0:0) O‘zbekiston milliy terma jamoasi libosida o‘tkazgan. Ushbu o‘yinda Ishmirzayev maydonga asosiy tarkibda tushib, butun uchrashuvni o‘tkazgan[5]. Bu uchrashuv Ishmirzayev uchun terma jamoadagi yagona o‘yin hisoblanadi.
Manbalar
tahrir- ↑ „«Булат» (Темиртау) — «Шахтёр» (Караганда)“. 2019-yil 28-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 28-iyun.
- ↑ „«Шахтёр» (Караганда) — ЦСКА (Алматы)“. 2019-yil 28-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 28-iyun.
- ↑ „«Таврия» (Симферополь) — «Кремень» (Кременчуг)“. 2018-yil 13-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 28-iyun.
- ↑ „«Локомотив» (Чита) — «Сахалин» (Холмск)“. 2020-yil 29-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 28-iyun.
- ↑ „Узбекистан — Болгария“. 2020-yil 30-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 28-iyun.