Soʻgʻdiyona (stadion)
Soʻgʻdiyona Sport Majmuasi yoki "Soʻgʻdiyona" stadioni — Oʻzbekiston, Jizzax shahridagi sport majmuasi va stadion. Hozirda u asosan futbol oʻyinlari uchun foydalaniladi va "Soʻgʻdiyona Jizzax" jamoasining uy stadioni hisoblanadi. Stadion 11650 tomoshabinga moʻljallangan. Jizzax shahridagi „Markaziy“ stadioni („Jizzax“ MChJ) 1970-yilda qurilgan. Stadion sigʻimi 9000 kishi edi.
![]() | |
Sobiq nom(lar)i | «Центральный» («Марказий»), «Джизак» |
---|---|
Joyi | Toshkent, Oʻzbekiston |
Qachon qurilgan | 1970-yil, 2015-yil |
Qachon ochilgan | 1970-yil 2015-yil |
Qachon taʼmirlangan | 1997, 2013-2016-yillari |
Egasi | Soʻgʻdiyona (futbol klubi) |
Operator | Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasi |
Yuzasi | tabiiy chim, grass |
Hajmi | 11.650 (futbol) |
Maydon oʻlchami | 112m x 72m |
Maydon egalari | |
Soʻgʻdiyona (futbol klubi), Oʻzbekiston milliy terma jamoasi |
2013 yilda stadionni keng koʻlamli rekonstruksiya qilish boshlandi, bu ikki yil davom etdi. 2015-yilda qurilish to‘liq yakunlandi, stadionning yangi sig‘imi 11650 o‘ringa mo‘ljallangan. Stadion nomi „Jizzax markaziy stadioni“dan „So‘g‘diyona“ sport majmuasi yoki „So‘g‘diyona“ SK deb o‘zgartirildi.[1]
TarixTahrirlash
Dastlabki nomi Markaziy Jizzax Stadioni (inglizcha: Central Stadium Jizzax), 1970-yilda qurilgan. Stadionning dastlabki sigʻimi 9000 tomoshabinga moʻljallangan edi. 40 yildan ortiq vaqt davomida stadion eskirgan. Birinchi katta taʼmirlash 1997-yilda boʻlib oʻtdi.
Jizzax viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tasarrufidagi viloyat Gimnastika boʻyicha ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktabi hamda viloyat Suv sport turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktablari „Soʻgʻdiyona“ sport majmuasida mashgʻulotlarni olib borada.
Jizzax shahridagi „Sugʻdiyona“ sport majmuasi 2014-yilda qurilish ishlari boshlanib 2016-yilda yangidan qurilib, foydalanishga topshirilgan. Soʻgdiyona Sport majmuasini qurilishi uchun 15 mln $ dan[2] ortiq mablagʻ sarflangan.[3]
Viloyat Gimnastika boʻyicha ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktabi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 11-dekabrdagi „Bolalar-oʻsmirlar sport maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi 356-sonli qarori asosida tashkil etilgan.
Muassasa shugʻullanuvchilari 1 ta (18x42 oʻlchamdagi) sport zal, 3 ta sport turi yani badiiy gimnastika, sport gimnastikasi hamda sport akrobatikasi boʻyicha mashgʻulotlarini olib boradi.
Muassasada 42 ta guruhga 446 nafar yoshlar jalb etilgan boʻlib, ulardan 340 nafari qizlarni tashkil etadi. Shundan 270 nafar badiiy gimnastika, 154 nafari sport gimnastikasi, 22 nafar sport akrobatikasi boʻyicha muntazam shugʻullanib kelmoqda. Qiz bolalarni sportga koʻproq jalb qilish maqsadida muassasada haftaning shanba kunlari har xil sport turlaridan ochiq eshiklar kuni tashkil etilmoqda hamda mahorat saboqlari oʻtkazib kelinmoqda.[4][5]
Qayta qurishTahrirlash
2012-yilda stadion yopildi va katta rekonstruksiya qilindi. Qurilish ishlari yakunlandi[6] va stadion 11650 tomoshabinga moʻljallangan. Stadion nomi "Soʻgʻdiyona Sport Majmuasi" deb oʻzgartirildi.[7][8] 2015-yil 26-iyun kuni „Soʻgʻdiyona“ stadionining rasmiy ochilish marosimi „Soʻgʻdiyona“ — „Qoʻqon 1912“ uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Stadiondagi tarixiy uchrashuvlarTahrirlash
- 2015-yilgi Oʻzbekiston Kubogi final baxsi oʻtkazilgan[9]
„Soʻgʻdiyona“ — " Qoʻqon 1912 " uchrashuvlariTahrirlash
OʻZARO USTUNLIK
„Soʻgʻdiyona“ va „Qoʻqon-1912“ oliy ligada 22 bor, Superligada esa 2 marta toʻqnash kelgan. „Soʻgʻdiyona“ hisobida 11 ta, „Qoʻqon-1912“ hisobida 8 ta gʻalaba mavjud. 5 ta oʻyinda durang natija qayd etilgan. Toʻplar nisbatida ustunlik jizzaxliklar tomonda 39:30. „Soʻgʻdiyona“ 38 ochko, „Qoʻqon-1912“ 29 ochko toʻplagan.
Qisqa faktTahrirlash
Jizzaxdagi 12 ta oʻyindan 9 tasida „Soʻgʻdiyona“ gʻalaba qozongan. 3 ta oʻyinda durang natija qayd etilgan. Jizzaxliklar oʻz maydonida boʻlib oʻtgan uchrashuvlarda qoʻqonliklarga 3 ochkoni boy bermagan.
"Soʻgʻdiyona" maydonida oʻtgan barcha uchrashuvlar:
- 25.04.2018 „Soʻgʻdiyona“ — " Qoʻqon-1912 " 1:1
- 19.11.2017 „Soʻgʻdiyona“ — " Qoʻqon-1912 " 2:1
- 29.10.2016 „Soʻgʻdiyona“ — " Qoʻqon-1912 " 1:1
- 26.06.2015 „Soʻgʻdiyona“ — " Qoʻqon-1912 " 2:1
- 14.09.2002 „Soʻgʻdiyona“ — " Qoʻqon-1912 " 1:0
- 10.05.2000 „Soʻgʻdiyona“ — „ Qoʻqon-1912“ 3:2
- 25.09.1999 „Soʻgʻdiyona“ — " Qoʻqon-1912 " 1:1
- 14.08.1998 „Soʻgʻdiyona“ — " Qoʻqon-1912 " 5:2
- 06.09.1995 „Soʻgʻdiyona“ — " Qoʻqon-1912 " 4:0
- 03.11.1994 „Soʻgʻdiyona“ — " Qoʻqon-1912 " 3:0
- 29.09.1993 „Soʻgʻdiyona“ — " Qoʻqon-1912 " 1:0
- 26.08.1992 „Soʻgʻdiyona“ — „Qoʻqon-1912“ 1:0
Soʻgʻdiyona stadionidan fotogalereyaTahrirlash
ManbaalarTahrirlash
- ↑ „Jizzaxdagi yangi stadion ochilish marosimida O'zbekiston Futbol Federaciyasi bosh kotibi ishtirok etadi“. 2-aprel 2023-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2-aprel 2023-yil.
- ↑ „Жиззахдаги 10 минг ўринли стадион қурилишига 29 миллиард сўм йўналтирилади“ (24-fevral 2014-yil). 11-avgust 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 11-avgust 2022-yil.
- ↑ „Жиззахдаги 10 минг ўринли стадион қурилишига 29 миллиард сўм йўналтирилади“ (25 фев 2014). 11-avgust 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 11-avgust 2022-yil.
- ↑ „Sog'diyona stadioni“ (22-noyabr 2017-yil). 30-aprel 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 9-avgust 2022-yil.
- ↑ „Jizzaxdagi stadion bo'ylab FOTO SAYOHAT“. 2-aprel 2023-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2-aprel 2023-yil.
- ↑ „Жиззахда "Сўғдиёна" жамоасининг янги стадиони очилиш маросими ўтказилади“ (26-iyun 2015-yil). 11-avgust 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 11-avgust 2022-yil.
- ↑ „So'diyona - Paxtakor oo'yini oldidan. So'g'diyona stadioni“ (27-aprel 2019-yil). 9-avgust 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 9-avgust 2022-yil.
- ↑ „"Сўғдиёна" стадионининг бугунги ҳолати“. 14-may 2023-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 14-may 2023-yil.
- ↑ „Жиззахдаги стадион финалга тайёр ФОТО“ (17 окт 2015). 11-avgust 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 11-avgust 2022-yil.
- ↑ „Жиззахдаги стадион янги мавсумга тайёр“ (7-mart 2020-yil). 9-avgust 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 9-avgust 2022-yil.
- ↑ „Жиззахдаги стадион "Сўғдиёна" - "Пахтакор" ўйинига тайёр“ (24-oktabr 2021-yil). 9-avgust 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 9-avgust 2022-yil.