Gimnastika (yunoncha gymnastike mashq qilaman) – 1) jismoniy mashqlar tizimi, jismoniy tarbiyaning muhim turi. Kishilarning jismoniy jihatdan har tomonlama oʻsishiga va salomatligini mustahkamlashga, epchil, chaqqon, harakatchan boʻlishiga yordam beradi. Gimnastika oʻz vazifalari, xususiyatlari va metodik usullariga qarab quyidagi turlarga boʻlinadi: asosiy Gimnastika (gigiyenik va atletik gimnastika bilan birga), gimnastikaning amaliy turlari (shu jumladan ishlab chiqarish gimnastikasi), sport gimnastikasi, badiiy gimnastika va sport akrobatikasi.

Gimnastika mashqlari Yunonistonda jismoniy tarbiya tizimiga kirgan, yoshlarni Olimpiada oʻyinlariga tayyorlash vositasi boʻlib xizmat qilgan. 18-asr oxiri – 19-asr boshlaridan Yevropa mamlakatlarida turli gimnastika asboblarida mashqlar bajarish, 19-asr 2-yarmidan esa musobaqalar oʻtkazish rasm boʻladi. 1896-yildan gimnastika Olimpiada oʻyinlari dasturiga kiritildi (1928-yildan ayollar musobaqalari oʻtkaziladi). 1903-yildan erkaklarning, 1934-yildan ayollarning jahon birinchiligi oʻtkazdi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil