Stanislav Andreyev (1988-yil 6-may ; Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — Oʻzbek futbolchisi, „Metallurg“ (Bekobod) klubining chap qanot himoyachisi va yarim himoyachisi. Oʻzbekiston terma jamoasida oʻynagan[1][2]. Bekobodliklar safiga oʻtgunga qadar Toshkentning „Paxtakor“ jamoasi safida bir necha bora Oʻzbekistin chempionligini qoʻlga kiritgan.

Stanislav Andreyev
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 6-may 1988-yil (1988-05-06) (35 yosh)
Tavallud joyi Toshkent Oʻzbekiston SSR SSSR
Boʻyi 1.77 m (5 ft 10 in)
Ampluasi Yarim himoyachi / qanot himoyachisi
Raqami 28
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2003-2006 Paxtakor
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2006 Toʻpalang 5 (-)
2007-2018 Paxtakor 210 (27)
2018 Metallurg Bekobod 12 (0)
2019-2021 Metallurg Bekobod 76 (12)
2022 Navbahor 19 (0)
Milliy terma jamoa
2009-2017 Oʻzbekiston 39 (2)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Futbolchilik faoliyati tahrir

Stanislav Andreyev Toshkentning "Paxtakor" futbol akademiyasida, futbol murabbiylaridan oʻz sohasi boʻyicha tahsil olgan. 2006 -yilda Oʻzbekiston Oliy ligasida ishtirok etgan, keyinchalik quyi divizionlarga tushib ketgan Surxondaryo viloyati Sariosiyo shahrining „Toʻpalang“ klubida professional futbolchilik faoliyatini boshlagan. 2007-yilda u „Paxtakor“ asosiy jamoasi skautlari va murabbiylarining eʼtiborini tortgan. Oradan hech qancha vaqt oʻztmasdan Stanislav Andreyev „Sherlar“ tarkibiga kelib qoʻshilgan. Paxtakor jamoasi bilan birgalikda u 2007-yilda Hamdoʻstlik chempionlari kubogida goliblikni qoʻlga kiritib, kubokni boshi uzra baland koʻtargan. U 10 dan ortiq futbol mavsumini „Paxtakor“ning asosiy tarkib futbolchisi sifatida oʻtkazgan, 200 dan ortiq oʻyinda maydonga tushib , Paxtakorning haqiqiy himoya devoriga aylangan. Oʻzbekiston chempionatlarining koʻp karra chempinligini hamda kumush bronza medallarini qoʻlga kiritgan. 2018-yilning yozida u Toshkent viloyatining nomdor bayroqdorlaridan biri hisoblangan „Metallurg“ (Bekobod) jamoasi bilan shartnoma imzolab Bekobodliklar safiga koʻchib oʻtgan. O‘zbekiston chempionatlarining ko‘p karra chempioni va sovrindori. 2018-yilning yozida u „Metallurg“ (Bekobod) jamoasiga ko‘chib o‘tdi. 4 mavsum davomida Bekobodliklar safida toʻp surgan Stas 2012-yilgi mavsumda Namanganning „Navbahor“ klubi safiga oʻtdi.[3]

Terma jmoadagi faoliyati tahrir

Andreyev Oʻzbekiston milliy terma jamoasi tarkibida 2009-2017- yillarda oʻynagan. Terma jamoa bilan 2011-yilgi Osiyo Kubogida ishtirok etgan. U jami 39 ta oʻyin oʻtkazib, 2 ta gol muallifiga aylangan.

Xalqaro maydondagi gollar tahrir

Gol Sana Joy Raqib Natija Hisob Turnir
1. 25.02.2012 Jeonju World Cup Stadium, Jeonju, Janubiy Koreya   Janubiy Koreya 2-3 2-4 Oʻrtoqlik
2. 17.11.2015 Grand Hamad Stadium, Doha, Qatar   Iroq 3-0 3-1 2018-yilgi jahon chempionati saralashi

Yutuqlar tahrir

  • Oʻzbekiston chempioni (3): 2007, 2012, 2014, 2015
  • Oʻzbekiston chempionati kumush medali sovrindori (3): 2008, 2009, 2010, 2022
  • Oʻzbekiston chempionati bronza medali sovrindori (1): 2011, 2017-yil
  • Oʻzbekiston kubogi sohibi (3): 2007, 2009, 2011
  • Oʻzbekiston kubogi finalchisi (1): 2008, 2022-yil

Manbalar tahrir

  1. „2011 Asian Cup Squad“. sportal.com.au. 2011-yil 26-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 19-yanvar.
  2. „Asian Cup 2011: It Was Uzbekistan's 'Destiny' To Reach Quarter Finals - Vadim Abramov“. goal.com (2011-yil 17-yanvar). 2011-yil 19-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 19-yanvar.
  3. „Transfermarkt“. 2023-yil 14-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 14-yanvar.

Havolalar tahrir