Avxat Asxatovich Abdulin (1957-yil 30-sentyabrda tugʻilgan) — sovet futbolchisi, yarimhimoyachi, oʻzbek futbol murabbiyi.

Avxat Abdulin
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Avxat Asxatovich Abdulin
Tavallud sanasi 30-sentyabr 1957-yil (1957-09-30) (66 yosh)
Tavallud joyi Oʻzbekiston SSR, SSSR
Ampluasi Yarim himoyachi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1979 Sovet Ittifoqi Alga 1 (0)
1981—1989 Sovet Ittifoqi Neftyanik (Fargʻona) 288 (61)
1990 Sovet Ittifoqi Qaysar 11 (1)
1990 Sovet Ittifoqi Navbahor 17 (3)
1991 Sovet Ittifoqi Bogʻdodchi 4 (0)
Boshqargan klublari
1995—1996 Oʻzbekiston Atlaschi
1997 Oʻzbekiston Kosonsoy
1998—2000 Oʻzbekiston Shahrixon
2001—2003 Oʻzbekiston Qoʻqon
2014 Rossiya „Neftyanik“ (Novospas)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Tarjimai hol tahrir

Qizil-Qiya shahar futbol seksiyalari tarbiyalanuvchisi. Sovet Armiyasida xizmat qilgan.

21 yoshida debyutini ustalar musobaqasida, 1979-yildaFrunze Alga“ tarkibida birinchi ligada oʻtkazgan, ammo klub uchun 1979-yil 3-avgustda „Pamir"ga qarshi faqat bitta oʻyin oʻtkazgan.[1] Oʻsha mavsumda Qirgʻiziston SSR terma jamoasi tarkibida SSSR xalqlari Spartakiadasi turnirida qatnashdi. 1981-yildan boshlab toʻqqiz mavsum davomida Fargʻonaning „Neftyanik“ jamoasida ikkinchi ligada oʻynab, mamlakat chempionatlarida 288 ta oʻyin oʻtkazib, 61 ta gol urgan. Eng yaxshi shaxsiy natija – 1983-yilgi mavsumda urilgan 18 ta gol hisoblanadi. Ikkinchi liga zona turnirlarining koʻp karra gʻolibi (1981, 1983, 1987, 1988, 1989) va sovrindoridir.

Oʻz faoliyati yakunida, qisqa vaqt davomida „Qaysar“, „Navbahor“ va „Bogʻdodchi“ klublarida toʻp surgan.

Oʻzbekistonning „Atlaschi“, „Kosonsoy“, „Shahrixon“, „Qoʻqon“ klublarida, jumladan, oliy divizionda ham bosh murabbiy boʻlib ishlagan. „Qoʻqon“ bilan 2001-yilda birinchi liga gʻolibiga aylanib, klubini yuqori choʻqqiga olib chiqgan.

Keyinchalik u Rossiyaga koʻchib ketgan. 2010-yillarda „Neftyanik“ (Novospas) havaskorlar klubi direktori va bosh murabbiyi boʻlib ishlagan. Jamoani bir necha bor chempionat[2] va Ulyanovsk viloyati kubogidagi[3] gʻalabalarga olib keldi, mintaqaning eng yaxshi murabbiyi deb topildi.

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir