Bahrom Haydarov

oʻzbekistonlik futbol murabbiyi

Bahrom Haydarov (ruscha: Бахромжон Хайдаров; 4-mart, 1978-yil[1], Fargʻona) – Oʻzbekistonlik sobiq futbolchi, yarim himoyachi pozitsiyasida oʻynagan. Oʻzbekiston Superligasi jamoalarida bosh murabbiylik qilgan. 2002-yilgi Osiyo oʻyinlarida Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasi tarkibida musoboqada qatnashgan.

Bahrom Haydarov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Bahrom Haydarov
Tavallud sanasi 4-mart 1978-yil (1978-03-04) (46 yosh)
Tavallud joyi Fargʻona Oʻzbekiston SSR
Boʻyi 172 cm (5 ft 7 12 in)
Ampluasi Yarim himoyachi / Hujumchi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1997—1999 Temiryoʻlchi 6+ (1+)
2000—2003 Nasaf 113 (23)
2004—2005 Neftchi 22 (1)
2006 Andijon 17 (7)
2007 Nasaf 18 (2)
2008 Shoʻrtan 18 (0)
2009—2010 Olmaliq 51 (6)
2011—2012 Andijon 7 (0)
Milliy terma jamoa
2000—2008 Oʻzbekiston 5 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Faoliyati tahrir

Bahrom futbolchilik foaliyatini 1997-yilda Qoʻqonning „Temiryoʻlchi“ jamoasida boshlagan. Qoʻqon jamoasida uch mavsum davomida oʻynagach, 2000-yilgi mavsumda Qarshining „Nasaf“ jamoasi oʻtgan. Qarshi jamoasi tarkibida bir necha yaxshi mavsumlarni oʻtkazdi va 2000-yilda Oʻzbekiston Terma jamoasi tarkibida oʻz debyutini amalga oshirdi. 2001-yilgi mavsumda AFC Chempionlar kubogida Nasaf jamoasining yarim final bosqichiga qadar yetib borishida katta ishni bajardi. 2003-yilgi mavsumda „Nasaf“ jamosi bilan ilk bor Oʻzbekiston Kubogi finaliga qadar yetib bordi, ammo finalda Toshkentning „Paxtakor“ jamoasiga imkoniyatni boy bergan. 2004-yilgi mavsumda Fargʻonaning „Neftchi“ jamosiga oʻtdi va ikki mavsum davomida oʻynagan. 2006-yilgi mavsumda „Andijon“ jamoasida oʻynagan. 2007-yilgi mavsumda Qarshiga, „Nasaf“ jamoasiga qaytdi va 18 ta oʻyinda ishtirok etgan. 2008-yilgi mavsumda Qashqadaryoning boshqa bir jamoasi, Gʻuzorning „Shoʻrtan“ klubi tarkibida oʻynagan. 2009-yilgi mavsumda Olmaliqning „AGMK“ jamoasi taklifini qabul qildi va ikki mavsum davomida konchilar jamoasi tarkibida oʻynagan. 2011-yilgi „Andijon“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi va mavsum yakunida futbolchilik faoliyatini yakunlagan.

Murabbiylik faoliyati tahrir

Murabbiylik faoliyatini 2013-yilgi mavsumda „Neftchi“ jamoasi oʻrinbosarlar jamoasining murabbiyi sifatida boshladi va jamoaning 2018-yilgi mavsumgacha bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib bordi[2]. 2018-yilgi mavsumda „Neftchi“ jamoasining asosiy jamoaning bosh murabbiy sifatida tayinlandi[3]. 2019-yilgi mavsumda qoniqarsiz natijalari tufayli bosh murabbiylikdan ozod etildi[4]. 2020-yilgi mavsumda Termizning „Surxon“ klubi bosh murabbiyi sifatida shartnoma imzolagan[5][6] va ikki mavsum davomida jamoada faoliyat olib bordi. 2021-yilgi mavsum soʻnggida Termiz jamoasi bosh murabbiyligidan ozod etilgan[7].

Yutuqlar tahrir

Manbalar tahrir

  1. „Bahrom Haydarovni tabriklaymiz!“. 2023-yil 27-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-oktyabr.
  2. „Ertaga “Neftchi” yoshlari “Andijon”ga qarshi o'ynashadi“. 2023-yil 27-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-oktyabr.
  3. Баҳром Ҳайдаров «Нефтчи» бош мураббийи
  4. „Rasmiy xabar: "Neftchi" bosh murabbiyi Bahrom Haydarov istefoga chiqdi“. 2023-yil 27-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-oktyabr.
  5. „Rasmiy xabar: Bahrom Haydarov - Surxon bosh murabbiyi. Uning oldiga aniq vazifa qo'yildi“. 2023-yil 27-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-oktyabr.
  6. „Rasmiy xabar: "Surxon" bosh murabbiyi o'z lavozimini tark etdi, lekin klubda qoldi“. 2023-yil 27-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-oktyabr.
  7. „"Jamoadan ketganim yo'q "- Bahrom Haydarov, "Surxon"ni Superligada olib qolish va navbatdagi rejalar haqida“. 2023-yil 27-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-oktyabr.

Havolalar tahrir