Andrey Vitalyevich Fyodorov (1971-yil 10-aprelda tugʻilgan, Margʻilon, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – sovet, oʻzbek va rus futbolchisi, hozirda murabbiy. Oʻzbekiston terma jamoasida ham oʻynagan (1994—2006).

Аndrey Fyodorov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Andrey Vitalyevich Fyodorov
Tavallud sanasi 10-aprel 1971-yil (1971-04-10) (53 yosh)
Tavallud joyi Oʻzbekiston SSR Margʻilon, Oʻzbekiston SSR
Boʻyi 185 cm (6 ft 1 in)
Ampluasi Himoyachi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1989—1991 Sovet Ittifoqi Avtomobilchi (Qoʻqon) 44 (2)
1992—1995 Oʻzbekiston Neftchi (Fargʻona) 138 (38)
1998—1999 Rossiya Alaniya 42 (1)
1999 Rossiya Baltika 14 (0)
2000—2008 Rossiya Rubin 127 (15)
Total 365 (56)
Milliy terma jamoa
1994—2006 Oʻzbekiston Oʻzbekiston 64 (7)
Boshqargan klublari
2012—2013 Rossiya Rubin-d
2014—2015 Oʻzbekiston Neftchi (Fargʻona) assistent
2015—2017 Oʻzbekiston Neftchi (Fargʻona)
2018—2020 Oʻzbekiston Lokomotiv (Toshkent)
2021–2022 Rossiya Lokomotiv-Kazanka
2022 Rossiya Lokomotiv (Moskva)
2024– Rossiya Rubin-2 Kazan (assistent)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Hayoti

tahrir

Andrey Fyodorov futbolchilik faoliyatini SSSR chempionati 2-ligasida oʻynagan Qoʻqonning „Avtomobilchi“ klubida boshlagan.

1992-yilda futbol boʻyicha Oʻzbekiston birinchi chempionati boshlanishi bilan Fargʻonaning „Neftchi“ klubiga oʻtib, jamoada 4 mavsum oʻynagan.

1994-yili Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibida Osiyo oʻyinlari chempioni boʻlgan.

1996-yilda Moskvaning „SSKA“ klubi bilan shartnoma imzolaydi, biroq maydonda hakamni urgani uchun Osiyo futbol konfederatsiyasi tomonidan 2 yilga diskvalifikatsiya qilinadi. Hodisa 1995-yil sentabr oyida „Yelimay“ klubiga qarshi Osiyo chempionlar kubogi oʻyini yakunlanganidan soʻng sodir boʻlgan, Fyodorov tojikistonlik hakam Vladimir Domladjanovni urib yuborgan. Cheklov tufayli futbolchi „SSKA“ klubida oʻynay olmagan. Keyinchalik diskvalifikatsiya muddati 12 oyga qisqartirilgan.

Shundan soʻng Andrey 2000-yilda Qozonning „Rubin“ klubiga taklif qilinadi. U klub safida 127 ta oʻyin oʻtkazib, 15ta gol urgan.

2008-yilda futbolchilik faoliyatini yakunlab, „Rubin“ klubining sellektsiya boʻlimi boshligʻi etib tayinlanadi. 2012—2013-yillarda „Rubin“ klubi oʻrinbosarlar jamoasi bosh murabbiyi boʻlgan.

2014-yilning yozida Fargʻonaga qaytib, „Neftchi“ klubi murabbiylar shtabiga qoʻshilgan va 2015-yilning avgust oyida klub bosh murabbiyi etib tayinlangan[1][2].

2018-yil aprel oyida „Neftchi“ klubini tark etgach, oʻsha yilgi Oʻzbekistonning amaldagi chempioni – Toshkentning „Lokomotiv“ klubi murabbiyi Andrey Miklyayev isteʼfoga chiqarilganidan soʻng, klub bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi etib tayinlanadi[3].

Andrey Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida 64 ta oʻyinda maydonga tushib, 7 ta gol urgan. 2007-yilgi Osiyo kubogi oldidan terma jamoadagi faoliyatini yakunlagani haqida eʼlon qilgan[4].

Klublardagi faoliyati

tahrir

Klublar

tahrir
Mavsum Klub Davlat Liga Oʻyinlar Gollar
1989 Avtomobilchi Qoʻqon   Oʻzbekiston 2 8 0
1990 Avtomobilchi Qoʻqon   Oʻzbekiston 2 0 0
1991 Avtomobilchi Qoʻqon   Oʻzbekiston 2 36 2
1992 Neftchi Fargʻona   Oʻzbekiston 1 ? ?
1993 Neftchi Fargʻona   Oʻzbekiston 1 ? ?
1994 Neftchi Fargʻona   Oʻzbekiston 1 ? ?
1995 Neftchi Fargʻona   Oʻzbekiston 1 ? ?
1996 Neftchi Fargʻona   Oʻzbekiston 1 ? ?
1997 Neftchi Fargʻona   Oʻzbekiston 1 ? ?
1998 Alania Vladikavkaz   Rossiya 1 28 0
1999 Alania Vladikavkaz   Rossiya 1 14 1
1999 Baltika Kaliningrad   Rossiya 1 14 0
2000 Rubin Qozon   Rossiya 2 31 9
2001 Rubin Qozon   Rossiya 2 11 0
2002 Rubin Qozon   Rossiya 2 17 3
2003 Rubin Qozon   Rossiya 1 17 1
2004 Rubin Qozon   Rossiya 1 10 2
2005 Rubin Qozon   Rossiya 1 15 0
2006 Rubin Qozon   Rossiya 1 14 0
2007 Rubin Qozon   Rossiya 1 11 0
2008 Rubin Qozon   Rossiya 1 1 0

Xalqaro turnirlardagi gollari

tahrir
Sana Stadion Raqib Hisob Natija Musobaqa
1. 21-oktabr 1995 "Paxtakor" markaziy stadioni, Toshkent, Oʻzbekiston   Nigeriya 2-3 Magʻlubiyat 1995-yilgi Osiyo-Afrika kubogi
2. 25-may 1997 "Paxtakor" markaziy stadioni, Toshkent, Oʻzbekiston   Kambodja 6-0 Gʻalaba 1998-yilgi FIFA Jahon chempionati saralash oʻyinlari
3. 7-sentabr 1997 Tokio Olimpiya stadioni, Tokio, Yaponiya   Yaponiya 6-3 Magʻlubiyat 1998-yilgi FIFA Jahon chempionati saralash oʻyinlari
4. 18-oktabr 1997 "Paxtakor" markaziy stadioni, Toshkent, Oʻzbekiston   Janubiy Koreya 1-5 Magʻlubiyat 1998-yilgi FIFA Jahon chempionati saralash oʻyinlari
5. 25-oktabr 1997 "Paxtakor" markaziy stadioni, Toshkent, Oʻzbekiston   Qozogʻiston 4-0 Gʻalaba 1998-yilgi FIFA Jahon chempionati saralash oʻyinlari
6. 3-dekabr 1998 700 yilligi stadioni, Chiang May, Tailand   Kuvayt 3-3 Durang 1998-yilgi Osiyo oʻyinlari
7. 24-noyabr 1999 Tahnun bin Muhammad stadioni, Abu-Dabi, BAA   Hindiston 3-2 Gʻalaba 2000-yilgiOFK Osiyo kubogi saralash oʻyinlari.
2-yanvar 2017-yilda yangilangan[5][6]

Yutuqlari

tahrir

Futbolchi sifatida

tahrir
  • Xirosimadagi Osiyo oʻyinlari chempioni: 1994-yil
  • Oʻzbekiston chempioni (4): 1992, 1993, 1994, 1995-yillar
  • „Rubin“ jamoasi bilan Rossiya chempioni: 2008-yil[7]
  • Oʻzbekiston kubogi sohibi (2): 1994, 1996-yillar
  • Osiyo chempionlar kubogi bronza medali sohibi: 1994/95-yillar
  • Oʻzbekiston chempionati kumush medali sohibi (2): 1996, 1997-yillar
  • Rossiya chempionati bronza medali sovrindori: 2003-yil
  • Hamdoʻstlik kubogi kumush medali sovrindori: 1994-yil
  • Rossiya birinchi divizioni gʻolibi: 2002-yil

Shaxsiy yutuqlari

tahrir
  • Oʻzbekistonda yilning eng yaxshi futbolchisi: № 3 – 1997-yil[8]

Murabbiy sifatida

tahrir

Davlat mukofotlari

tahrir

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir