Sirojiddin Sayfiyev (1982-yil 20-avgust – 2019-yil 20-fevral) – yarim himoyachi sifatida oʻynagan oʻzbekistonlik sobiq professional futbolchi. Faoliyatining asosiy qismini Samarqandning „Dinamo“ klubida oʻtkazgan.

Sirojiddin Sayfiyev
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 20-avgust 1982-yil
Tavallud joyi Samarqand,
Oʻzbekiston SSR
Vafot sanasi 20-fevral 2019-yil(2019-02-20)
(36 yoshda)
Vafot joyi Samarqand,
Oʻzbekiston
Boʻyi 1,73 m
Ampluasi Yarim himoyachi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2001—2005 Dinamo 107 (5)
2006 Taraz 3 (0)
2007—2008 Shoʻrtan 47 (6)
2009—2014 Dinamo 120 (15)
Milliy terma jamoa
2008 Oʻzbekiston 1 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Futbolchilik faoliyati

tahrir

Sirojiddin Sayfiyev professional faoliyatini 2001-yilda oʻzining tugʻilgan shahri „Dinamo“ jamoasida boshlagan. „Dinamo“ tarkibida Sayfiyev 2005-yilgacha toʻp surgan va shu vaqt ichida u 107ta oʻyinda maydonga tushib, 5ta gol urgan. 2006-yilda u Qozogʻistonning „Taraz“ klubi bilan shartnoma imzolagan, biroq bu jamoa tarkibida bor-yoʻgʻi uchta oʻyin oʻtkazgan. 2006-yil oxirida u „Taraz“ bilan shartnomani bekor qilib, Oʻzbekistonga qaytgan.

2007-yil boshida „Shoʻrtan Gʻuzor“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan. „Shoʻrtan“ tarkibida Sayfiyev ikki mavsum toʻp surdi va shu vaqt ichida 47 ta oʻyinda maydonga tushib, 6 ta gol urgan. 2009-yilda u oʻzining tugʻilgan klubi „Dinamo“ga qaytgan. Sirojiddin Sayfiyev klubning sodiq futbolchilaridan biri boʻlib, u „Dinamo“ tarkibida 200 dan ortiq oʻyin oʻtkazgan. Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida 2008-yilda bitta oʻyin oʻtkazgan. 2014-yilda u „Dinamo“ tarkibida jiddiy jarohat oldi[1][2]. Keyinchalik unga saraton tashxisi qoʻyilgan[3][4][5]. 2019-yilning 20-fevralida uzoq davom etgan kasallikdan soʻng vafot etgan[6][7]. Sirojiddin xotirasiga har yili „Sirojiddin Sayfiyev xotira turniri“ oʻtkazib kelinmoqda[8][9][10].

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir