FIFA U-16 Jahon chempionati sifatida tashkil etilgan FIFA U-17 Jahon chempionati, Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) tomonidan 1991-yilda U-17 ga va 2007-yili hozirgi kundagi nomi – 17 yoshgacha boʻlgan erkaklar oʻrtasidagi futbol assotsiatsiyasi boʻyicha jahon chempionatiga oʻzgartirildi. Amaldagi chempion Braziliya boʻlib, u oʻz maydonida 2019-yilgi turnirda toʻrtinchi chempionlikni qoʻlga kiritdi.

FIFA U-17 World Cup
Asos solindi 1985 (39 yil avval) (1985)
Hudud International
Jamoalar soni 24 (finals)
Hozirgi chempionlar  Braziliya (4 ta unvon)
Eng muvaffaqiyatli jamoa(lar)  Nigeriya (5 ta unvon)
Vebsayt Web site
FIFA U-17 Jahon chempionati 2023

Tarixi tahrir

FIFA U-17 Jahon chempionati 1977-yilda Singapur futbol assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan Lion City Cup musobaqasidan andoza olingan. Lion City Cup 16 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi dunyodagi birinchi futbol turniri edi. FIFAning oʻsha paytdagi bosh kotibi Zepp Blatterning 1982-yilgi Lion City kubogi uchun Singapurda boʻlganidan keyin tavsiyasiga binoan FIFA FIFA U-16 Jahon chempionati yaratildi[1].

Birinchi marotaba 1985 yilda Xitoyda[2] oʻtkazilgan boʻlib oʻshandan buyon turnirlar har ikki yilda bir marta oʻtkaziladi. Musobaqa 1991-yildan boshlab 16 yoshgacha boʻlgan va 17 yoshga toʻlgan oʻyinchilar uchun oʻtkazila boshlandi. Hindiston mezbonlik qilgan 2017-yilgi turnir, tarixidagi eng koʻp ishtirokchi qatnashgan turnir boʻldi, FIFA U-17 Jahon chempionatiga jami tashrif buyuruvchilar soni 1 347 133 nafarni tashkil etdi[3].

Nigeriya beshta chempionlik va uchta ikkinchi oʻrin bilan turnir tarixida eng muvaffaqiyatli qatnashgan mamlakat hisoblanadi. Braziliya toʻrtta chempionlik va ikkita ikkinchi oʻrin bilan ikkinchi eng muvaffaqiyatli mamlakat, Gana va Meksika ikki marta turnirda gʻolib chiqib keyingi oʻrinlarni egallashgan.

FIFA U-17 ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati 2008-yilda boshlangan boʻlib, birinchi turnirda Shimoliy Koreya gʻalaba qozongan edi.

Tuzilishi tahrir

Har bir turnir guruh bosqichidan iborat boʻlib, unda toʻrtta jamoa bir-biriga qarshi oʻynaydi va guruh jadvalidagi oʻrinlar qaysi jamoalar keyingi bosqichga oʻtishini hal qiladi, soʻngra gʻolib jamoa musobaqani davom ettirib keyingi bosqich yoʻllanmasini olsa, yutqazgan jamoa esa musobaqadagi faoliyatini yakunlaydi. Bu turnir gʻolibini aniqlaydigan finalga chiqish uchun ikkita jamoa qolguncha davom etadi. Magʻlub boʻlgan yarim finalchilar ham uchinchi oʻrinni aniqlash uchun oʻyin oʻtkazishadi.

1985-yildan 2005-yilgacha musobaqada guruh bosqichida har biri toʻrttadan toʻrtta guruhga boʻlingan 16 jamoa ishtirok etdi. Har bir jamoa oʻz guruhidagi boshqalar bilan oʻynadi va guruh gʻolibi va ikkinchi oʻrinni egallagan jamoa pley-off bosqichiga yoʻllanma oldi. 2007-yildan boshlab turnir har birida toʻrttadan oltita guruhga boʻlingan 24 jamoaga kengaytirildi. Har bir guruhda eng yaxshi 2 oʻrin va uchinchi oʻrinni egallagan eng yaxshi toʻrtta jamoa pley-off bosqichiga yoʻl oldi.

Musobaqa oʻyinlari 45 daqiqalik ikkita boʻlimda (yaʼni, jami 90 daqiqa) oʻtkaziladi, 2011-yilgi turnirga qadar,Pley-off bosqichida jamoalar 90-daqiqa yakunigacha durang qayd etishadigan boʻlishsa, qoʻshimcha 30 daqiqa vaqt oʻyashdi, agar durang boʻlsa , penaltilar seriyasi orqali gʻlib aniqlandi. 2011-yilgi turnirga kelib, oʻyinchilarning charchashiga yoʻl qoʻymaslik uchun qoʻshimcha vaqt oraligʻi olib tashlandi va barcha play-off oʻyinlari 90 daqiqa oxirida durang boʻlsa, gʻolib penaltilar seriyasi orqali aniqlanadigan boʻldi.

2024-yildan boshlab turnir har yili oʻtkaziladi va unda 48 ta ishtirokchi jamoa 12 ta jamoadan iborat 4 ta „mini-turnir“(4 ta mintaqa)ga boʻlingan holda, har biri 4 tadan 3 ta guruhga boʻlinib, gʻoliblar va eng yaxshi ikkinchi oʻrinni egallagan MT yarim finaliga yoʻllanma olib va undan soʻng 2 ta gʻolib finalga yoʻllanma oladigan boʻladi. Har bir MT gʻolibi 2 ta yarim final, uchinchi oʻrin uchun oʻyin va FIFA U17 jahon chempionlarini aniqlash uchun final oʻtkazadigan „yakuniy toʻrtlik“ turniriga yoʻllanma oladi[4].

Malaka tahrir

Har bir turnirning mezbon davlati toʻgʻridan toʻgʻri guruh bosqichida qatnashadi. Qolgan jamoalar oltita mintaqaviy konfederatsiyalar tomonidan oʻtkaziladigan musobaqalar orqali saralanadi. 1985-yilda birinchi marotaba tashkil etilgan turnirga FIFA taklifiga binoan Yevropaning barcha jamoalari va Boliviya tashrif buyurishgan.

Konfederatsiya Chempionat
AFC (Osiyo) AFC U-17 Osiyo Kubogi
CAF (Afrika) CAF U-17 Afrika Kubogi
KONKAKAF (Shimoliy, Markaziy Amerika va Karib dengizi) CONCACAF U-17 chempionati
KONMEBOL (Janubiy Amerika) CONMEBOL U-17 Janubiy Amerika chempionati
OFC (Okeaniya) OFC U-16 / U-17 chempionati
UEFA (Yevropa) UEFA U-17 Yevropa chempionati

Natijalar tahrir

Musoboqa nomlar tarixi
  • 1985–1989: FIFA U-16 Jahon chempionati
  • 1991–2005: FIFA U-17 Jahon chempionati
  • 2007–hozirgacha: FIFA U-17 Jahon Kubogi
Kalit
Ed. Yil Mezbon Final Uchinchi oʻrin uchun oʻyin Num.
teams
  Chempion Hisob   Ikkinchi oʻrin   Uchinchi oʻrin Hisob Toʻrtinchi oʻrin
1 1985   Xitoy  
Nigeriya
2–0  
Gʻarbiy Germaniya
 
Braziliya
4–1  
Gvineya
16
2 1987   Kanada  
Sovet Ittifoqi
1–1 (q.v)

(4–2 p)

 
Nigeriya
 
Kot-dʼIvuar
2–1 (q.v)  
Italiya
16
3 1989   Shotlandiya  
Saudiya Arabistoni
2–2 (q.v)

(5–4 p)

 
Shotlandiya
 
Portugaliya
3–0  
Bahrayn
16
4 1991   Italiya  
Gana
1–0  
Ispaniya
 
Argentina
1–1 (q.v)

(4–1 p)

 
Qatar
16
5 1993   Yaponiya  
Nigeriya
2–1  
Gana
 
Chili
1–1 (q.v)

(4–2 p)

 
Polsha
16
6 1995   Ekvador  
Gana
3–2  
Braziliya
 
Argentina
2–0  
Ummon
16
7 1997   Misr  
Braziliya
2–1  
Gana
 
Ispaniya
2–1  
Germaniya
16
8 1999   Yangi Zelandiya  
Braziliya
0–0 (q.v)

(8–7 p)

 
Avstraliya
 
Gana
2–0  
AQSh
16
9 2001   Trinidad va Tobago  
Fransiya
3–0  
Nigeriya
 
Burkina Faso
2–0  
Argentina
16
10 2003   Finlandiya  
Braziliya
1–0  
Ispaniya
 
Argentina
1–1 (q.v)

(5–4 p)

 
Kolumbiya
16
11 2005   Peru  
Meksika
3–0  
Braziliya
 
Niderlandiya
2–1  
Turkiya
16
12 2007   Janubiy Koreya  
Nigeriya
0–0 (q.v)

(3–0 p)

 
Ispaniya
 
Germaniya
2–1  
Gana
24
13 2009   Nigeriya  
Shveysariya
1–0  
Nigeriya
 
Ispaniya
1–0  
Kolumbiya
24
14 2011   Meksika  
Meksika
2–0  
Urugvay
 
Germaniya
4–3  
Braziliya
24
15 2013   Birlashgan Arab Amirliklari  
Nigeriya
3–0  
Meksika
 
Shvetsiya
4–1  
Argentina
24
16 2015   Chili  
Nigeriya
2–0  
Mali
 
Belgiya
3–2  
Meksika
24
17 2017   Hindiston  
Angliya
5–2  
Ispaniya
 
Braziliya
2–0  
Mali
24
18 2019   Braziliya  
Braziliya
2–1  
Meksika
 
Fransiya
3–1  
Niderlandiya
24
19 2023   Indoneziya 24
20 2025 TBD 24

Kuchli toʻrtlikka kirgan jamoalar tahrir

Jamoa Yutuq Ikkinchi oʻrin Uchinchi oʻrin Toʻrtinchi oʻrin
  Nigeriya 5 (1985, 1993, 2007, 2013, 2015) 3 (1987, 2001, 2009)
  Braziliya 4 (1997, 1999, 2003, 2019) 2 (1995, 2005) 2 (1985, 2017) 1 (2011)
  Gana 2 (1991, 1995) 2 (1993, 1997) 1 (1999) 1 (2007)
  Meksika 2 (2005, 2011) 2 (2013, 2019) 1 (2015)
  Fransiya 1 (2001) 1 (2019)
  Sovet Ittifoqi 1 (1987)
  Saudiya Arabistoni 1 (1989)
   Shveysariya 1 (2009)
  Angliya 1 (2017)
  Ispaniya 4 (1991, 2003, 2007, 2017) 2 (1997, 2009)
  Germaniya1 1 (1985) 2 (2007, 2011) 1 (1997)
  Mali 1 (2015) 1 (2017)
  Shotlandiya 1 (1989)
  Avstraliya 1 (1999)
  Urugvay 1 (2011)
  Argentina 3 (1991, 1995, 2003) 2 (2001, 2013)
  Niderlandiya 1 (2005) 1 (2019)
  Kot-dʼIvuar 1 (1987)
  Portugaliya 1 (1989)
  Chili 1 (1993)
  Burkina Faso 1 (2001)
  Shvetsiya 1 (2013)
  Belgiya 1 (2015)
  Kolumbiya 2 (2003, 2009)
  Gvineya 1 (1985)
  Italiya 1 (1987)
  Bahrayn 1 (1989)
  Qatar 1 (1991)
  Polsha 1 (1993)
  Ummon 1 (1995)
  AQSh 1 (1999)
  Turkiya 1 (2005)
1Gʻarbiy Germaniyani ifodalovchi natijalarni oʻz ichiga oladi

Kontinental zonalar boʻyicha ishtirokchilar tahrir

 
Map of the best results for each country

Afrika eng muvaffaqiyatli kontinental zona boʻlib, 7 ta turnir gʻolibi (5 ta Nigeriya, 2 ta Gana) va 6 marta ikkinchi oʻrinni egallagan. Xususan, 1993-yilgi finalda Afrikaning ikkita jamoasi ishtirok etgan, oʻshanda finalda bitta konfederatsiyadan ikkita jamoa ishtirok etgan. Afrika jamoalari 1993-yilgi finalni takrorlashdi, Mali Gana oʻrniga (yosh buzilishi uchun diskvalifikatsiya qilingan) 2015-yilda Nigeriya va Mali oxirgi ikki oʻringa chiqishdi va Nigeriya oltinchi gʻalabasini qoʻlga kiritdi.

Janubiy Amerika 3 ta turnirda gʻalaba qozongan va uch marta ikkinchi oʻrinni egallagan. Bundan tashqari, Argentina 3 marta uchinchi oʻrinni egallagan, Chili bir marta va Kolumbiya ikki marta toʻrtinchi oʻrinni egallagan, ammo oxirgi ikkitasining hech biri finalda ishtirok etmagan.

Yevropa 4 ta turnirda gʻalaba qozongan (Fransiya, SSSR, Shveytsariya va Angliya uchun 1 tadan) va 6 marta ikkinchi oʻrinni egallagan. Ispaniya 4 marta ikkinchi oʻrinni egallagan. Bundan tashqari, Portugaliya va Niderlandiya 1989 va 2005-yillarda mos ravishda uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan.

KONKAKAF zonasida 2 ta turnir gʻolibi (Meksika uchun 2005 va 2011), bu konfederatsiya toʻrt marta finalga chiqqan (Meksika bilan).

Osiyoda 1 ta turnir gʻolibi (1989-yil Saudiya Arabistoni uchun), bu konfederatsiya jamoasi finalga chiqqan yagona va Osiyo terma jamoasi erkaklar toifasida FIFA turnirida gʻolib chiqqan yagona marta (Avstraliya 1999-yilda ikkinchi oʻrinni egallagan, ammo oʻsha paytda Okeaniya Futbol Konfederatsiyasida edi).

Okeaniya turnirda gʻalaba qozonmagan va 1 marta ikkinchi oʻrinni egallagan (1999-yilda Avstraliya uchun). Shundan soʻng Avstraliya Osiyo konfederatsiyasiga oʻtdi.

Ushbu turnirning oʻziga xosligi shundaki, unvonlarning aksariyati eng kuchli mintaqaviy konfederatsiyalar (CONMEBOL va UEFA)dan tashqaridagi jamoalarga nasib etdi. Hozirgacha oʻtkazilgan oʻn beshta nashrning toʻqqiztasida (jami 60 foiz) Shimoliy va Markaziy Amerika, Afrika va Osiyo jamoalari gʻalaba qozongan.

Konfederatsiya (materik) Sovrindorlar
Gʻoliblar Ikkinchi oʻrin Uchinchi oʻrin Toʻrtinchi oʻrin
CAF (Africa) 7 times: Nigeriya (5), Gana (2) 6 times: Nigeriya (3), Gana (2), Mali (1) 3 times: Gana (1), Ivory Coast (1), Burkina Faso (1) 3 times: Gana (1), Guinea (1), Mali (1)
UEFA (Europe) 4 times: Fransiya (1), SSSR (1), Shveytsariya (1), Angliya (1) 6 times: Ispaniya (4), Germaniya (1), Shotlandiya (1) 9 times: Germaniya (2), Ispaniya (2), Belgium (1), Fransiya (1), Niderlandiya (1), Portugaliya (1), Shvetsiya (1) 5 times: Germaniya (1), Italiya (1), Niderlandiya (1), Polsha (1), Turkiya (1)
CONMEBOL (South America) 4 times: Braziliya (4) 3 times: Braziliya (2), Urugvay (1) 6 times: Argentina (3), Braziliya (2), Chili (1) 5 times: Braziliya (1), Argentina (2), Kolumbiya (2)
CONCACAF (North, Central America and Caribbean) 2 times: Meksika (2) 2 times: Meksika (2) None 2 times: Meksika (1), Qoʻshma Shtatlar (1)
AFC (Osiyo) 1 time: Saudiya Arabistoni (1) None None 3 times: Bahrain (1), Qatar (1), Oman (1)
OFC (Oceania) None 1 time: Avstraliya (1) None None

Mukofotlar tahrir

Musobaqa ishtirokchilarni quidagi mukofotlar bilan taqidirlanadi:

  • "Oltin toʻp" turnirning eng samarali oʻyinchisiga beriladi;
  • "Oltin butsa" turnirning eng yaxshi toʻpurariga beriladi;
  • "Oltin qoʻlqop" turnirning eng yaxshi darvozaboniga beriladi;
  • FIFA Fair Play kubogi turnirda eng yaxshi intizomga ega boʻlgan jamoaga topshiriladi.
Musoboqa Oltin toʻp Oltin butsa Gol Oltin qoʻlqop FIFA Fair Play sovrini
  1985 Xitoy   William   Marcel Witeczek 8 Not Awarded   Gʻarbiy Germaniya
  1987 Kanada   Philip Osundu   Moussa Traoré 5   Sovet Ittifoqi
  1989 Shotlandiya   James Will   Fode Camara 3   Bahrayn
  1991 Italiya   Nii Lamptey   Adriano 4   Argentina
  1993 Yaponiya   Daniel Addo   Wilson Oruma 6   Nigeriya
  1995 Ekvador   Mohammed Al-Kathiri   Daniel Allsopp 5   Braziliya
  1997 Misr   Sergio Santamaría   David 7   Argentina
  1999 Yangi Zellandiya   Landon Donovan   Ishmael Addo 7   Meksika
  2001 Trinidad va Tobago   Florent Sinama Pongolle   Florent Sinama Pongolle 9   Nigeriya
  2003 Finlandiya   Cesc Fàbregas   Cesc Fàbregas 5   Kosta Rika
  2005 Peru   Anderson   Carlos Vela 5   Shimoliy Koreya
  2007 Janubiy Koreya   Toni Kroos   Macauley Chrisantus 7   Kosta Rika
  2009 Nigeriya   Sani Emmanuel   Borja 5   Benjamin Siegrist   Nigeriya
  2011 Meksika   Julio Gómez   Souleymane Coulibaly 9   Jonathan Cubero   Yaponiya
  2013 Birlashgan Arab Amirliklari   Kelechi Iheanacho   Valmir Berisha 7   Dele Alampasu   Nigeriya
  2015 Chili   Kelechi Nwakali   Victor Osimhen 10   Samuel Diarra   Ekvador
  2017 Hindiston   Phil Foden   Rhian Brewster 8   Gabriel Brazão   Braziliya
  2019 Braziliya   Gabriel Veron   Sontje Hansen 6   Matheus Donelli   Ekvador
  2023 Indonesiya TBA TBA TBA TBA TBA

Rekorlar va natijalar tahrir

Yana qarang tahrir

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir