Mahmud Rahimov
Mahmud Rahimov (1955- yil 1-iyun, Oʻzbekiston SSR, SSSR — 1999-yil 24-dekabr, Samarqand, Oʻzbekiston) — sovet va oʻzbek futbolchisi va murabbiyi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Tavallud sanasi | 1-yanvar 1955-yil | ||
Tavallud joyi | Oʻzbekiston SSR, | ||
Vafot sanasi |
24-dekabr 1999-yil (44 yoshda) | ||
Vafot joyi | Samarqand, Oʻzbekiston | ||
Ampluasi | Himoyachi | ||
Boshqargan klublari | |||
Yillar | Jamoalar | ||
1996—? 1999 1999 |
Doʻstlik 1999-yil Dinamo (Samarqand) Oʻzbekiston |
Tarjimai hol va faoliyati
tahrirToshkent davlat jismoniy tarbiya institutida tahsil olgan. SSSR chempionatining ikkinchi ligasida ishtirok etuvchi jamoalar safida oʻynagan[1].
1995 -yilda Toshkent viloyatining “Doʻstlik” jamoasiga rahbar etib tayinlangan boʻlsa, oradan bir yillar oʻtib klub bosh murabbiyi boʻlgan.
1999-yili Samarqandning „Dinamo“ jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangan va oʻsha yili Oʻzbekiston terma jamoasini boshqargan. Uning rahbarligida Oʻzbekiston terma jamoasi oʻsha yillarda BAA termasini ortda qoldirib[2] Osiyo Kubogi-2000 saralash bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etgan.
Osiyo Kubogi-2000 saralash bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etgan[3]. Rahimov vafotidan soʻng Oʻzbekiston milliy terma jamoasini Yuriy Sarkisyan boshqargan. Sarkasyan boshchiligida Oʻzbekiston terma jamoasi 2000-yilgi Osiyo Kubogida muvaffaqiyatsizlikka uchragan va oʻz guruhida soʻnggi oʻrinni egallagan.
Vafotidan soʻng Rahimov 1999-yilda “Osiyoning eng yaxshi murabbiyi” deb tan olingan[4]. Toshkent viloyatida har yili yosh futbolchilar oʻrtasida Mahmud Rahimov xotirasiga bagʻishlangan turnir oʻtkazib kelinmoqda.[2][5][6]
Yutuqlari
tahrir- 1999-yilda OFKning eng yaxshi murabbiyi
Manbalar
tahrir- ↑ Сафаров В. А. Энциклопедия футбола в Узбекистане 1912—2012. — Т. 2014. — С. 429.
- ↑ 2,0 2,1 „В память о Махмуде Рахимове“. Start.uz (27-iyun 2006-yil). 2015-yil 30-mayda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Что там у соседей?“. sport-express.ru (11-yanvar 2000-yil). 2015-yil 30-mayda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „22 главных футбольных событий“. uz24.uz (29-avgust 2013-yil). 2015-yil 30-mayda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „В победителях - алмалыкчане“. agmk.uz (4-oktabr 2013-yil). 2016-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „MAHMUD RAHIMOVNI XOTIRLAB…“. 2023-yil 7-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-may.
Havolalar
tahrir- Footballfacts.ru Mahmud Rahimov
- championat.asia Mahmud Rahimov