Yuriy Sarkisyan
Yuriy Vazgenivich Sarkisyan 1947-yil 30-may kuni Yerevan Armanistonda tugʻilgan. Millati arman. Oilali ikki nafar farzandi bor. 1968- yili oʻz futbolchilik faoliyatini boshlagan. Futboldagi murabbiylik faoliyatini 1983-yildan boshlagan.
Yuriy Sarkisyan | ||
![]() | ||
Shaxsiy maʼlumot | ||
---|---|---|
Tavallud sanasi | 30-may 1947-yil (74 yosh) | |
Tavvalud joyi | Yerevan, ![]() | |
|
Futbolchilik faoliyatiTahrirlash
1968 — 1970 yillarda Olmaliqning „Mеtallurg“ jamosida toʻp surgan. 1970 — 1975 yillarda Termizning „Avtomobilist“ jamosida toʻp surgan. 1975 — 1982 yillarda Fargʻonaning „Neftyanik“ ayni payitda „Neftchi“ jamosiga qoʻshiladi.
- „Metallurg“ (Olmaliq) — 1968 −1969;
- „Avtomobilist“ (Termiz) — 1970 −1974;
- „Neftyanik“ (Fargʻona) — 1975-1982
Ampluasi: hujumchi Futbolchilik faoliyati davomida 241ta gol urgan
Murabbiylik faoliyatiTahrirlash
1985-yilda Moskvadagi murabbiylar maktabining oliy murabbiy diplomi bilan tamomlaydi. 1990-yildan esa Oʻzbеkistonda hizmat koʻrsatgan murabbiy unvonini ega boʻladi. „Neftchi“ (Fargʻona) — 1983-1986 (katta murabbiy); 1987-2013 (bosh murabbiy). Shuningdek, 1997-yili Oʻzbekiston milliy terma jamoasida katta murabbiy, 2000-yili bosh murabbiy sifatida faoliyat olib borgan. 2013-yil 15-may kuni Neftchi muassislari tomonidan iste'foga chiqarilgan. [1] 1984-1985-yillarda Moskvadagi Murabbiylar oliy maktabida tahsil olgan.
UnvonlariTahrirlash
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan murabbiy;
- „Doʻstlik“ va „Mehnat shuhrati“ ordenlari bilan mukofotlangan.
Sarkisyan — Oʻzbekistonning 5 marta eng yaxshi murabbiyi (1998, 1999, 2001, 2003, 2006).
Oʻzbekiston Milliy chempionatiga asos solinganidan keyin, uning qoʻl ostida „Neftchi“ 5 marta oltin (1992-1994, 2001) 9 marta kumush (1996-2000, 2002-2004, 2006) va 1 marta bronza (2008) medalini qoʻlga kiritdi, 2 marta Oʻzbekiston kubogi (1994, 1996) sohibiga aylandi. Bundan tashqari, „Neftchi“ 1994 yili MDH Chempionlar kubogida 2-oʻrin, 1995 yili Osiyo Chempionlar kubogida 3-oʻrinni egalladi
Yuriy Sarkisyan boshqaruvida „Neftchi“ chempionatlarda (sobiq ittifoq birinchiliklari ham inobatga olingan) jami 822ta uchrashuv oʻtkazib, 545ta gʻalaba, 114ta durang va 163ta magʻlubiyat qayd etdi. Toʻplar nisbati: 1784-798. Fargʻonaliklarning milliy chempionatimiz tarixidagi shu kungacha boʻlgan natijalari esa quyidagicha: 636ta oʻyin, 423ta yutuq, 89ta durang, 124ta magʻlubiyat. Toʻplar nisbati:1415-648
ManbalarTahrirlash
- ↑ Юрий Саркисян: Меҳнатимни қадрлашмагани алам қиляпти...[sayt ishlamaydi]