Yakov Ilyich Kaprov (1934-yil 23-iyul, Oʻzbekiston SSR —  2017-yil 11-yanvar[1])- Sovet futbolchisi, hujumchi. Futbolchilik faoliyatini yakunlagandan soʻng sovet va oʻzbek murabbiyi boʻldi.

Yakov Karpov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Yakov Ilyich Kaprov
Tavallud sanasi 23-iyul 1934-yil
Tavallud joyi Oʻzbekiston SSR SSSR
Vafot sanasi 11-yanvar 2017-yil(2017-01-11)
(82 yoshda)
Vafot joyi O'zbekiston
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Faoliyatini yakunlagan.
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1955 Spartak T (2)
1956 Paxtakor (0)
19558-1959 Mehnat zahiralari (8)
1965-1966 Sverdlovets (-)
Boshqargan klublari
1965 SKA
1970 Yangiyer
1971 SSKA Pomir
1973 SSKA Pomir
1978 Dinamo
1979 Amudaryo
1981 / 1985-1986 Xonqa
1989 Sohibkor
1992 Buxoro
1999 Metallurg
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Futbolchilik faoliyati tahrir

Futbolchilik faoliyatini 1955-yilda Toshkentning „Spartak“ jamoasida boshlagan. 1956-yilda mavsum davomida "Paxtakor" safini himoya qilgan, keyin esa „Mehnat zahiralari“ (Toshkent) safida toʻp surgan. Shundan soʻng u futbolchilik faoliyatini yakunlab, murabbiylikka oʻtdi. Ammo 1965—1966-yillarda u yana oʻynadi, bu safar "Sverdlovets" tarkibida. Keyin esa ikkinchi marta futbolchilik faoliyatini yakunladi.

Murabbiylik faoliyati tahrir

Futbolchi faoliyati yakunlangach, murabbiylik faoliyatini boshlagan. 1965-yilda Toshkent SKA (Toshkent) ga rahbarlik qilgan. 1967—1969-yillarda "Pomir" (Leninobod) jamoasiga murabbiylik qilgan. 1970-yilda u „Yangier“ ga rahbarlik qildi. 1971-yilda u „Pomir“ (Dushanbe) murabbiylar shtabiga qoʻshildi, u yerda dastlab jamoani tayyorlashga yordam berdi, 1971-yilning iyulidan oxirigacha va 1973-yilning iyulidan sentyabriga qadar jamoani boshqargan. Samarqandning „Dinamo“ (1978), „Amudaryo“ (1979), „Xorazm“ (1981, 1985-1986), „Sohibkor“ (Xalqobod) (1989), „Nurafshon Buxoro“ (1992) va Bekobodning „Metallurg“ (199) klublarida ham bosh murabbiy boʻlib ishlagan. Shuningdek, „Chornomorets“ (Odessa), „Zvezda“ (Jizzax), „Paxtakor“ (Toshkent), "Soʻgʻdiyona" (Jizzax), MHSK (Toshkent), Metalurg (Bekobod) va „Qizilqum“ (Zarafshon) klublarida bosh murabbiy yordamchisi boʻlib ishlagan[2].

Yutuqlar tahrir

Shaxsiy yutuqlar tahrir

  •   SSSR sport ustasi
  •   Tojikiston SSRda xizmat koʻrsatgan murabbiy

Manbalar tahrir

Havola tahrir