Viktor Jalilov
Viktor Romanovich Jalilov (1952-yil 17-mart, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR — 2023-yil 7-may, Oʻzbekiston) — Sobiq sovet, oʻzbek futbolchisi va murabbiyi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Tavallud sanasi | 17-mart 1952-yil | ||
Tavallud joyi | Toshkent, Oʻzbek SSR, SSSR | ||
Vafot sanasi |
7-may 2023-yil (71 yoshda) | ||
Vafot joyi | Toshkent, Oʻzbekiston, | ||
Ampluasi | Himoyachi | ||
Boshqargan klublari | |||
Yillar | Jamoalar | ||
1992—1994 1995—1997 1998, 1999 2000—2002 2002—2003 2005—? 2008—2009 2010—2010 2010—2011 2012—2015 2015 – 2023 |
„Politotdel“ „Navbahor“ „Navbahor“ „Paxtakor“ - Murabbiy „Paxtakor“ „Mash’al“ „Paxtakor“ „Navbahor“ Dinamo (Samarqand) „Paxtakor“ - Direktor Oʻzbekiston U-22 |
Tarjimai hol
tahrirFutbolchi sifatida faoliyati
tahrirViktor Jalilov Toshkent sport maktab-internatida tahsil olgan. Uning birinchi murabbiyi V.Yatchenko boʻlgan. Mixail An, Vyacheslav Bektashev, Toʻlagan Isoqov, Vladimir Fedorovlar u bilan birga tahsil olishgan, keyinchalik ular mashhur futbolchilarga aylanishgan. Viktor Jalilov maktab-internatni tamomlagach, armiyaga chaqirilgunga qadar „Paxtakor“ ga olib ketilgan. Harbiy xizmatni oʻtab boʻlgach, Toshkent Jismoniy tarbiya institutida tahsil olib, Namanganning „Tekstilshchik“ jamoasida oʻynab, oʻsha yerda futbolchilik faoliyatini yakunladi.
Murabbiylik faoliyati
tahrirMurabbiylik faoliyatini Xalqobodning „Sohibkor“ jamoasida boshlagan. 1992-yilda Toshkent viloyatining „Politotdel“ klubini boshqargan. Faoliyatining birinchi yilidayoq klubni Oʻzbekiston chempionati oliy ligasiga olib chiqdi[1].
1995-yilda Namanganning „Navbahor“ jamoasini boshqarib, Oʻzbekiston chempionatining bronza medali sovrindoriga aylangan[2]. 1996-yilda jamoa bilan mamlakat chempionati va kubogini qoʻlga kiritib, „oltin dubl“ga erishdi[3]. Oʻzbekistonda yilning eng yaxshi murabbiyi deb tan olingan. 1997—1999-yillarda „Navbahor“ bilan birga yana uch marta bronza medali sovrindori boʻlgan[4][5][6].
2000-yilda „Paxtakor“ ga qaytib, ikki yil davomida bosh murabbiy yordamchisi boʻlib ishlagan. 2002-yilda esa klub bosh murabbiyi boʻlgan, mamlakat chempionligi va kubogini qoʻlga kiritib, „oltin dubl“ni takrorlashga muvaffaq boʻlgan[7]. Ikkinchi marta Oʻzbekistonda yilning eng yaxshi murabbiyi deb topilgan. 2005-yilda Muborakning „Mash’al“ jamoasini boshqargan va chempionatda kumush medallarni qoʻlga kiritgan[8]. Uchinchi marta Oʻzbekistonda yilning eng yaxshi murabbiyi deb topilgan.
2010-yilda Namanganning „Navbahor“ jamoasida ishlagan[9], qoniqarsiz natijalar uchun ishdan boʻshatilgan. 2011-yilda Samarqandning „Dinamo“ jamoasi bosh murabbiyi boʻldi va bu yerda katta muvaffaqiyatlarga erisha olmadi. Mavsumni yomon boshlagani uchun ishdan boʻshatilgan. Yana „Paxtakor“ ga qaytdi va u yerda jamoaga rahbar etib tayinlandi[10].
UFFning 2015-yil 23-iyun kuni boʻlib oʻtgan yigʻilishida Viktor Jalilovni 22 yoshgacha terma jamoasiga yangi bosh murabbiy etib tayinlash toʻgʻrisida qaror qabul qilingan.
Vafoti
tahrirViktor Jalilov 2023-yil 7-may kuni vafot etgan[11][12][13][14].
Yutuqlari
tahrir- Oʻzbekiston chempioni (2): 1996 , 2002
- Oʻzbekiston chempionati kumush medali sovrindori (3): 2005 , 2008 , 2009
- Oʻzbekiston chempionati bronza medali sovrindori (4): 1995 , 1997 , 1998 , 1999
- Oʻzbekiston kubogi sohibi (4): 1995 , 1997 , 2001/2002 , 2009
- Oʻzbekistonda yilning eng yaxshi murabbiyi (3): 1996, 2002, 2005
Manbalar
tahrir- ↑ Sardorbek Yusupov. Uzbekistan 1992 rsssf.com (27.07.2007)
- ↑ Sardorbek Yusupov. Uzbekistan 1995 rsssf.com (26.09.2006)
- ↑ Sardorbek Yusupov. Uzbekistan 1996rsssf.com (26.09.2006)
- ↑ Mansur Tyncherov. Uzbekistan 1997rsssf.com (4.01.2000)
- ↑ Mansur Tyncherov. Uzbekistan 1998 rsssf.com (5.01.2000)
- ↑ Mike Dryomin. Uzbekistan 1999 rsssf.com (14.03.2000)
- ↑ Myke Dryomin. Uzbekistan 2002rsssf.com (23.03.2003)
- ↑ Myke Dryomin. Uzbekistan 2005rsssf.com (28.03.2006)
- ↑ Виктор Джалилов возглавит наманганский «Навбахор» uzdaily.uz (12.01.2010)
- ↑ Виктор Джалилов назначен начальником команды «Пахтакор» uzdaily.uz (20.09.2011)
- ↑ „Taniqli futbol murabbiyi Viktor Jalilov vafot etdi“. Kun.uz (2023-yil 7-may). 2023-yil 7-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-may.
- ↑ UFA rasmiy(oʻzb.) Telegram mesenjerida
- ↑ „Oʻzbekistonlik futbol murabbiyi Viktor Jalilov 71 yoshida vafot etdi“. Dayo.uz (2023-yil 7-may). 2023-yil 7-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-may.
- ↑ „Taniqli futbol murabbiyi Viktor Jalilov vafot etdi“. tribuna.uz (2023-yil 7-may). 2023-yil 7-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-may.