Farhod Tojiyev
Farhod Faxritdinovich Tojiev (9-aprel 1986-yil Toshkent) — Oʻzbek futbolchisi, hujumchi ampulasida harakat qilgan. Oʻzbekiston terma jamoasida oʻynagan[1].
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Farhod Fahritdinovich Tojiyev | ||
Tavallud sanasi | 9-aprel 1986-yil | ||
Tavallud joyi | Toshkent, SSSR | ||
Boʻyi | 1.87 m (6 ft 2 in) | ||
Ampluasi | Hujumchi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Faoliyatini yakunlagan | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2004—2005 | Paxtakor Toshkent | 1 | (0) |
2006 | Soʻgʻdiyona Jizzax | 1 | (0) |
2006 | Taraz | 18 | (2) |
2007—2008 | Dinamo Samarqand | 37 | (27) |
2008—2009 | Paxtakor Toshkent | 37 | (19) |
2010 | Tianjin Teda | 4 | (0) |
2010—2012 | Paxtakor Toshkent | 21 | (3) |
2012 | Shoʻrtan Gʻuzor | 13 | (4) |
2013—2014 | Lokomotiv | 35 | (30) |
2015 | T-Team FC | 30 | (40) |
2015 | Olmaliq FK | 12 | (6) |
2017 | T-Team | 12 | (5) |
2017 | Dinamo Samarqand | 12 | (0) |
2018 | Surxon Termiz | 15 | (5) |
Milliy terma jamoa | |||
2008-2014 | O'zbekiston | 20 | (7) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2017-yil 19-oktyabr uchun) |
Klubdagi faoliyati
tahrirFarhod Tojiyev professional faoliyatini 2003-yilda Toshkentning "Paxtakor" klubida boshlagan, Oʻzbekiston chempionatidagi ilk oʻyinini 2005-yilda oʻtkazgan. 2006-yilda Qozogʻistonning „Taraz“ klubi tarkibida oʻynagan, 2007-yilda „Paxtakor“ga qaytgan.
Tojiyev „Paxtakor“ tarkibida 2007-2009-yillarda bir marta Oʻzbekiston chempioni, ikki marta Oʻzbekiston vitse-chempioni, ikki marta Oʻzbekiston kubogi sohibi va bir marta Oʻzbekiston kubogi kumush medali sohibi boʻlgan. Bu davrda Tojiev oʻttiz yetti uchrashuvda maydonga tushib, oʻn toʻqqizta gol urgan. Aynan „Paxtakor“ tarkibida Tojiev terma jamoa murabbiylari eʼtiborini oʻziga qarata olgan va 2009-yilda Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosiga aylangan.
2010-yilning bahorida Farhod Tojiyev Xitoyga koʻchib oʻtdi va „Tyanjin Teda“ klubi bilan shartnoma imzoladi[2]. Umuman olganda, Xitoy klubi uchun yarim mavsumda u yettita oʻyinda maydonga tushib, bor-yoʻgʻi bitta gol urgan.
2010-yilning yozida Tojiev Xitoy klubi bilan shartnomasini bekor qilgan va Oʻzbekistonga qaytgan. Oradan koʻp oʻtmay, uni yana „Paxtakor“ safiga taklif qilishgan. „Paxtakor“ tarkibida u yana unvonlar yutishni boshladi va „Paxtakor“da oʻtkazgan bir yarim mavsum davomida Tojiyev Oʻzbekiston chempionatining bronza medali sohibi va Oʻzbekiston kubogi sohibiga aylandi. Bu vaqt ichida u toʻqqizta oʻyinda maydonga tushib, bitta gol urdi urgan.
2012-yilning yozida uni "Shoʻrtan"ning oʻsha paytdagi bosh murabbiyi Edgar Gess jamoasiga taklif qilgan va u Gʻuzor klubi bilan shartnoma imzolagan. Tojiyev „Shoʻrtan“ tarkibida oʻn beshta uchrashuvda maydonga tushib, oltita gol urgan.
2013-yilning bahorida u Toshkentning „ Lokomotiv“ klubi bilan shartnoma imzolagan. „Lokomotiv“ tarkibida Tojiyev jamoaning asosiy oʻyinchisiga aylangan. 2013-yilgi mavsumda Farhod birinchi davrada 13 ta oʻyinda 17 ta gol urgan va uzoq vaqt toʻpurarlar bahsida peshqadamlik qilgan. Biroq ikkinchi bosqichni oʻtkazib yuborib toʻpurarlik unvonini Aleksandr Pishchurga boy bergan. Keyingi mavsumda u 22 ta oʻyinda 13 ta gol urib, kuchli beshta toʻpurardan biriga aylangan.
U 2014-yil 24-noyabrda Malayziya T-Team klubi bilan shartnoma imzoladi.[3] 2015-yil 28-fevralda Malayziyada liga kubogi 32-raundida ATM Tojiyevga qarshi o‘yinning 101 va 113-daqiqalarida ikkita gol urib, 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. 2016-yilning 28-sentabr kuni Farhod Eronning Fors ko‘rfazi Pro ligasida o‘z faoliyatidagi yangi sahifani boshlash uchun „Machine Sazi“ klubi bilan shartnoma imzoladi.[4][5][6]
Terma jamoadagi faoliyati
tahrirTojiyev futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida 2010-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichida beshta o‘yinda maydonga tushgan.
U 2013-yil 26-mart kuni Livanga qarshi JCh—2014 saralash bosqichi doirasidagi o‘yinda ishtirok etish uchun O‘zbekiston terma jamoasiga chaqirilgan edi.
Farhodning 2009-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichida Qatarga qarshi o‘yinda erishgan xet-triki uning o‘zbek futbol muxlislari orasida shuhratini oshirdi va Osiyoning xalqaro maydonlarida obro‘-eʼtibor qozondi.[7]
Terma jamoa statistikasi
tahrir№ | Sana | Joy | Raqib | Natija | Hisob | Musobaqa |
---|---|---|---|---|---|---|
1 | 22.03.2008 | Toshkent, O'zbekiston | 4-1 | Gʻalaba | Oʻrtoqlik | |
2 | 28.01.2009 | Sharja, BAA | 1-0 | Gʻalaba | 2011-yil Osiyo kubogi saralashi | |
3-5 | 28.03.2009 | Toshkent, O'zbekiston | 4-0 | Gʻalaba | 2010 FIFA jahon chempionati saralashi |
Yutuqlari
tahrir- Paxtakor
- Oʻzbekiston chempioni : 2007-yil
- Oʻzbekiston vice-chempioni: 2008, 2009
- Oʻzbekiston chempionatining bronza medali sovrindori: 2011-yil
- Oʻzbekiston kubogi sohibi: 2009, 2011
- Oʻzbekiston kubogi finalchisi: 2008-yil
- MDH Hamdoʻstlik kubogi gʻolibi: 2007-yil
- Lokomotiv
- Oʻzbekiston vitse-chempioni 2013, 2014
- Oʻzbekiston kubogi sohibi: 2014
- Tianjin Teda
- Xitoy vitse-chempioni : 2010
- Shaxsiy mukofotlar
- „Lokomotiv“ mavsumning eng yaxshi toʻpurari: 2013, 2014
Manbalar
tahrir- ↑ https://int.soccerway.com/players/farhod-tadjiyev/26648/
- ↑ 泰达证实签约两外籍锋将 海归于大宝自由身加盟
- ↑ „Фарход Таджиев и Садриддин Абдуллаев стали игроками малазийского клуба“ (Russian). UzDaily (2014-yil 3-dekabr).
- ↑ „T-Team vs. ATM 3–0“. soccerway (2015-yil 28-fevral).
- ↑ „"Surxon" Toshkentda yig'in boshladi, Farhod Tojiev shu yerda“. 2023-yil 4-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-iyun.
- ↑ „Rasman: To'raev va Tojiev "Olmaliq"da!“. 2023-yil 4-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-iyun.
- ↑ „Tarixda shu kun. O'zbekiston - Qatar 4:0. Farhod Tojievning benefisi“. 2023-yil 4-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-iyun.