Sanjar Shoahmedov (1990-yil, 23-sentyabr, Toshkent) Oʻzbekistonlik futbolchi. Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi hamda Samarqandning „Dinamo“ klubida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Sanjar Shoahmedov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Sanjar Qurdatillo oʻgʻli Shoahmedov
Tavallud sanasi 23-sentyabr 1990-yil (1990-09-23) (33 yosh)
Tavallud joyi Toshkent
Boʻyi 5 feet 8 inches (1.73 m)
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Dinamo
Raqami 22
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2010—2015 FC AGMK 104 (13)
2015—2017 Lokomotiv Toshkent 59 (23)
2017 Al-Sailiya 10 (2)
2017—2019 Lokomotiv Toshkent 40 (10)
2019—2020 Terengganu 37 (16)
2021 FC AGMK 24 (1)
2022 Qizilqum 26 (1)
2023 Soʻgʻdiyona 14 (0)
2024— Dinamo 1 (0)
Milliy terma jamoa
2015– Oʻzbekiston 5 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(4-yanvar uchun)

Klubdagi faoliyati tahrir

Olmaliq (2008–2014) tahrir

Oliy ligadagi 1-klubi Olmaliq. Undan oldin Gennadiy Denisov rahbarligidagi Chigʻatoy futbol maktabida shugʻullangan. U -Olmaliqq 2008-yilda qoʻshilgan. Zahira futbolchisi sifatida 2 yil faoliyat koʻrsatdi. 2010-yildan bpshlab asosiy tarkib futbolchisi boʻlib oʻynashni boshlagan. Olmaliqda 98 oʻyinda oʻynab, 11ta gol urgan. Uning Oliy ligadagi ilk goli 2011-yil Soʻgʻdiyona klubiga kiritilgan[1].

Lokomotiv (2015–2017) tahrir

U 2014–2015-yilgi Oliy liga mavsumida 21 oʻyinda oʻynadi va 11ta gol urib 2 marta sariq kartochka oldi. Lokomotivda mavsum tugamasidan 11ta gol urgan, Olmaliqda esa 4 mavsumda bu natijaga erishdi. Lokomotivda 22-raqamli futbolkada oʻynagan.

Al-Sailiya (2017) tahrir

Sanjar 2017-yilning 16-yanvarida Al-Sailiya klubi bilan 500 ming yevro evaziga shartnoma imzolagan. klubdagi ilk oʻyinini 2017-yilning 20-yanvarida Stars Leagueda Umm Salalga qarshi oʻyinda (1:0) oʻtkazgan. Debyut golini esa 2017-yil 2-fevralda El-Jaishga qarshi urgan(1:1).

Lokomotiv (2017–2019) tahrir

Sanjar 2017-yilning 7-avgustida 300 ming yevro evaziga Lokomotivga qaytgan. 2017-yilning 12-avgustida Oʻzbekiston Superligasi doirasida Soʻgʻdiyonaga qarshi oʻyinda 4:0 hisobida gʻalaba qozongan. 2017-yil 29-sentyabrda mavsumdagi ilk golini Obod FK ga urgan(3:1).

Terengganu (2019–2020) tahrir

Sanjar 2019-yil 4-yanvarda Terengganu FK bilan shartnoma imzoladi[2]. U 2019-yil 1-fevralda PKNS FCga qarshi debyut qildi. Uchrashuv 1:1 hisobida yakunlangan.

AGMK (2020–2021) tahrir

Sanjar 2020–2021-yilgi mavsumda AGMKda oʻynadi[3].

2024-yil 14-yanvarda Samarqandning „Dinamo“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan[4].

Terma jamoadagi faoliyati tahrir

Sanjar JCH-2018 saralash bosqichi uchun Oʻzbekiston milliy terma jamoasiga chaqirilgandi. 8 ta uchrashuvdan 7 tasida zaxirada qoldi. Yamanga qarshi oʻyinda tarkibga kiritilmagandi.

Shaxsiy hayoti tahrir

Toʻrt oʻgʻil va bir qizning eng kenja oʻgʻil farzandi. Uchta akasi bor. Oilasida jami 7 kishi. 1988-yil tugʻilgan akasi Sarvar Shoahmedov Lokomotivning futzal klubida toʻynaydi. Qolgan akalari futboldan yiroq. Kichik akasi bilan yoshligidan sensirab gaplashadi. Yoqtirgan futbolchisi Xavi[1]. 2017-yil „Taslim boʻlma, Siroj“ aksiyasida faollik koʻrsatgan[5].

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir