Farrux Ikromov (1998-yil 9-iyulda Toshkent shahrida tugʻilgan) – oʻzbek futbolchisi, Dinamo klubi va Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi yarim himoyachisi[1].

Farrux Ikromov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Farrux Farhod oʻgʻli Ikromov
Tavallud sanasi 9-iyul 1998-yil (1998-07-09) (25 yosh)
Tavallud joyi Toshkent
Boʻyi 177
Ampluasi Yarim himoyachi Hujumchi
Vazni 70 kg
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Dinamo
Raqami 23
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Bunyodkor
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2015—2017 Bunyodkor-2 - (-)
2017—2022 Bunyodkor 58 (9)
2023 Navbahor 5 (0)
2023 Bunyodkor 8 (0)
2024— Dinamo 1 (0)
Milliy terma jamoa
2017—2018 Oʻzbekiston U-20 1 (0)
2018—2019 Oʻzbekiston U-23 3 (0)
2020— Oʻzbekiston 4 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Faoliyati tahrir

Ilk yillari tahrir

Farrux Ikromov – Bunyodkor futbol akademiyasi bitiruvchisi hisoblanadi. 2017-yilgi mavsumgacha Farrux Ikromov Bunyodkor 2 klubi tarkibida harakat qilgan.

Bunyodkor safida tahrir

2017-yil 1-mart kuni Farrux Ikromov Bunyodkor 2 jamoasidan Bunyodkorning asosiy jamoasiga koʻchib oʻtadi. Farrux Ikromov Bunyodkor safida Oʻzbekiston Superligasida birinchi mavsumida 13 ta oʻyin oʻyin oʻtkazadi va umumiy hisobda 349 daqiqa maydonda toʻp suradi. 2018-yilgi mavsumda Bunyodkor safida Oʻzbekiston Superligasida 4 ta oʻyin oʻyin oʻtkazadi va umumiy hisobda 66 daqiqa maydonda toʻp suradi. 2019-yilgi mavsumda Bunyodkor safida Oʻzbekiston Superligasida 2 ta oʻyin oʻyin oʻtkazadi va umumiy hisobda 58 daqiqa maydonda toʻp suradi. Farrux Ikromov 2020-yilgi mavsumda Bunyodkor safida Oʻzbekiston Superligasida 19 ta oʻyin oʻyin oʻtkazadi va 1 ta gol kiritdi. Umumiy hisobda 665 daqiqa maydonda toʻp suradi.

Farrux Ikromov 2021-yilgi mavsumda Bunyodkor safida Oʻzbekiston Superligasida 16 ta oʻyin oʻyin oʻtkazadi va 6 ta gol urdi. Umumiy hisobda 923 daqiqa maydonda toʻp suradi. „Bunyodkor“ jamoasi Superliganing 12-turida „Surxon“ni yirik 5:1 hisobida magʻlubiyatga uchratdi. Ushbu uchrashuvda Farrux Ikromov dubl qayd etdi hamda jamoadoshining bitta goliga assistentlik qildi[2]. Oʻzbekiston kubogida „Bunyodkor“ klubi birinchi liga vakili „Rubin“ jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvda yirik gʻalaba erishdi va oʻyining eng yaxshi futbolchisi deb Farrux Ikromov topildi[3]. Oʻzbekiston Superligasi 2021-yilgi mavsumning eng yaxshi futbolchisi nomzodlar eʼlon qilindi. Nomzodlar roʻyxatidan Farrux Ikromov ham joy oldi[4]. Oʻzbekiston terma jamoasining 5-sentabr kuni Shvetsiyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida Farrux Ikromov jarohat oldi. Tekshiruvlar natijasida ushbu jarohat jiddiy ekani va jarrohlik amaliyoti talab etilishi maʼlum boʻldi[5][6]. 2022-yil mavsum yakunida „Bunyodkor“ jamoasi bilan xayrlashib[7] „Navbahor“ klubi bilna shartnoma imzoladi[1]. 2024-yil yanvar oyida Samarqandning „Dinamo“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan[8][9].

Terma jamoadagi faoliyati tahrir

Farrux Ikromov Oʻzbekiston U 21 va Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoalarida oʻynagan[10]. Oʻzbekiston U21 jamoasi safida ilk bor 2018-yil 4-sentabrda Tojikiston U21 jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida debyut qilgan. Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi safida ilk bor 2020-yil 9-sentabrda Tojikiston milliy futbol terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida debyut qilgan. Farrux Ikromov Oʻzbekiston milliy terma jamoasining JCH-2022 va Osiyo kubogi-2023 qoʻshma saralash bosqichi uchrashuvlari uchun iyun oyida Saudiya Arabistonida tashkil etiladigan oʻquv mashgʻulotlariga jalb etildi[11].

Faoliyatidagi statistikasi tahrir

Klub safidagi statistikasi tahrir

Klub safida musobaqalar boʻyicha oʻyinlar va gollar statistikasi
Klub Mavsum Oʻzbekiston Superligasi Oʻzbekiston Kubogi Osiyo Chempionlar ligasi Boshqa Umumiy
Chempionat Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gollar Oʻyin Gol
Bunyodkor 2017-yil Superliga 13 1 0 0 13 1
2018-yil Superliga 5 0 0 0 5 0
2019-yil Superliga 2 0 0 0 2 0
2020-yil Superliga 19 1 1 0 2 0 22 1
2021-yil Superliga 16 6 4 4 20 10
Jami 54 8 5 4 2 0 64 12

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir