Aleksandr Kletskov (ruscha: Александр Клецков; 1985-yil 27-sentyabrda tugʻilgan) – Oʻzbekiston terma jamoasi himoyachisi, yaqinda Shukura Kobuleti jamoasida oʻynagan.

Aleksandr Kletskov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Aleksandr Kletskov
Tavallud sanasi 27-sentyabr 1985-yil (1985-09-27) (38 yosh)
Tavallud joyi Mari, Turkman SSR, SSSR
Boʻyi 1.85 m (6 ft 1 in)
Ampluasi Himoyachi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2004—2008 Paxtakor 61 (4)
2009 Jiangsu Sainty 27 (5)
2010 Paxtakor 12 (1)
2010 Tianjin Teda 13 (0)
2011—2012 Paxtakor 34 (1)
2013 Dinamo 11 (1)
2014 Neftchi 8 (0)
2015 Soʻgʻdiyona 10 (0)
2017 Shukura Kobuleti 5 (0)
Milliy terma jamoa
2006 Oʻzbekiston 10 (3)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2018-yil 26-mart uchun)

Futbolchilik faoliyati tahrir

Aleksandr Kletskov 1985-yil 27-sentyabrda Mari shahrida tugʻilgan[1]. U markaziy himoyachi sifatida futbol oʻynagan. 2003—2004-yillarda Toshkentning „Paxtakor-2“ jamoasida oʻynagan. 2005-yilda „Paxtakor“ ning asosiy tarkibida debyut qilgan. Ketma-ket toʻrt mavsumni toshkentliklar safida oʻtkazdi[2][3][4]. Shu vaqt ichida u uch marta Oʻzbekiston chempioni (2005—2007) va bir marta kumush medal sohibi (2008) boʻlgan. Bundan tashqari, uch marta (2005—2007) Oʻzbekiston kubogini qoʻlga kiritgan.

2009-yilda Jiangsu Suning bilan shartnoma imzolab, Xitoyga koʻchib oʻtdi. 2010-yilda u Tianjin Tedaga koʻchib oʻtdi va u bilan milliy chempionatda kumush medalni qoʻlga kiritdi. Oʻsha yili u „Paxtakor“ga qaytib, u bilan Oʻzbekiston chempionatida (2010-yilda kumush, 2011-yilda bronza, 2012-yilda oltin) medallar jamlanmasini qoʻlga kiritdi, shuningdek, mamlakat kubogini (2011) qoʻlga kiritdi. Osiyo Chempionlar ligasida qatnashgan, 7 ta oʻyin oʻtkazgan[5].

Kletskov futbolchilik faoliyatini „Paxtakor“da boshlagan va klub safida OChLning bir necha oʻyinida maydonga tushgan[6][7]. U shuningdek, Xitoy Superligasida „Jiangsu Sainty“ va „Tianjin Teda“ jamoalarida oʻynagan[8].

2013-yil 13-iyulda u Turkiyaning Orduspor klubiga oʻtdi va klub bilan bir yillik shartnoma imzoladi[9][10][11], ammo keyinchalik transfer bekor qilingan va futbolchi 6 oyga futboldan chetlatilgan[12][13]. Kletskov 2014-yilda Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasida oʻynagan[14][15][16].

Terma jamoadagi faoliyati tahrir

2006-yilning 6-sentabr kuni Oʻzbekiston terma jamoasidagi faoliyatidagi yagona oʻyinni oʻtkazdi. Osiyo Kubogi saralash bahsida Oʻzbekiston terma jamoasi Gonkong terma jamoasi bilan mehmonda durang oʻynadi (0:0), Kletskov 90 daqiqa maydonda oʻtkazdi[17].

Yutuqlar tahrir

Paxtakor

Manbalar tahrir

  1. Benjamin Strack-Zimmermann. „Aleksandr Kletskov“ (en). www.national-football-teams.com. 2020-yil 29-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 27-iyun.
  2. „Commonwealth of Independent States Cup 2005“. www.rsssf.com. 2008-yil 6-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 27-iyun.
  3. „Commonwealth of Independent States Cup 2006“. www.rsssf.com. 2008-yil 20-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 27-iyun.
  4. „Commonwealth of Independent States Cup 2008 - Match Details“. www.rsssf.com. 2020-yil 4-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 27-iyun.
  5. „Aleksandr Kletskov - Detaillierte Leistungsdaten“ (de). www.transfermarkt.de. 2020-yil 2-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 27-iyun.
  6. „uff.uz“ (Russian). uff.uz (2010-yil 3-yanvar). 2011-yil 8-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  7. „Ўзбекистон кубоги финалларидаги юбилей голларни кимлар урган?“ (2015-yil 14-oktyabr).
  8. „sportportal“ (Russian). Sportportal.uz (2010-yil 25-yanvar). 2011-yil 4-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  9. „Александр Клецков Туркия клубига ўтди“ (2013-yil 12-iyul).
  10. „Orduspor’a Defans Transferi Aleksandr Kletskov“ (Turkish). spordanhaber.com (2013-yil 13-iyul).
  11. „Aleksandr Kletskov joins Orduspor“. Uzdaily.com (2013-yil 15-iyul). 2015-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 24-sentyabr.
  12. „Клецков 6 ойга футболдан четлатилди?!“ (2013-yil 28-avgust).
  13. „Клецков ва Рисқуллаев мавсум охиригача четлатилди“ (2013-yil 2-sentyabr).
  14. „Александр Клецков “Нефтчи” машғулотларида“ (2014-yil 31-yanvar).
  15. „Жиямуродов билан Клецков "Нефтчи"дан кетди“ (2014-yil 5-iyul).
  16. „"Сўғдиёна": Эшбўтаев ва Қулматов келди, Абдураҳмонов ва Клецков кетди“ (2017-yil 25-fevral).
  17. Benjamin Strack-Zimmermann. „Hong Kong vs. Uzbekistan (0:0)“ (en). www.national-football-teams.com. 2020-yil 29-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 27-iyun.

Havolalar tahrir