Husniddin Gʻofurov (1994-yil 29-iyulda tugʻilgan) – Oʻzbek futbolchisi, „Dinamo Samarqand“ jamoasida toʻp surmoqda.

Husniddin G'ofurov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Husniddin Ergash oʻgʻli Gʻofurov
Tavallud sanasi 29-iyul 1994-yil (1994-07-29) (29 yosh)
Tavallud joyi Fargʻona, Oʻzbekiston
Boʻyi 1.70 m (5 ft 7 in)
Ampluasi Hujumchi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Dinamo Samarqand
Raqami TBD
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2012—2013 NBU Osiyo 20 (14)
2013—2017 Javor Ivanjica 80 (9)
2017 Mladost Lučani 8 (1)
2018—2019 Lokomotiv Toshkent 37 (4)
2019—2020 Paxtakor Toshkent 9 (0)
2020Surxon (Ijara) 10 (0)
2020—2021 OKMK 35 (3)
2022 Neftchi 4 (0)
2022 Soʻgʻdiyona 10 (1)
2023 Metallurg Bekobod 17 (4)
2024— Dinamo Samarqand 1 (0)
Milliy terma jamoa
2013 Oʻzbekiston U-17 1 (0)
2016 Oʻzbekiston U-19 2 (0)
2016—2017 Oʻzbekiston U-23 1 (0)
2014— Oʻzbekiston 8 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(1-mart 2024-yil uchun)

Futbolchilik faoliyati tahrir

Fargʻonada tugʻilgan Husniddin 2012/13-yillarda Serbiyaga koʻchib oʻtgunga qadar Oʻzbekistonning „NBU Osiyo“ jamoasida oʻynagan. 2013-yilda u Oʻzbekiston Birinchi ligasida jami 14 ta gol muallifiga aylangan boʻlib, shulardan 13 tasini chempionatning birinchi bosqichida urgan va „NBU Osiyo“ning eng yaxshi toʻpurari boʻlgan. 2013-yilning yozida u FK Javor Ivanjica bilan 3 yillik shartnoma imzolagan. 2013-yilning 31-avgustida u 2013/14-yilgi Serbiya Superligasida „Spartak Zlatibor Voda“ga qarshi toʻrtinchi tur oʻyinida debyut qilgan.[1]

2018-yilning 15-yanvar kuni Gʻofurov Toshkentning „Lokomotiv“ klubi bilan ikki yillik shartnoma imzolagan. U „Lokomotiv“ bilan 2018-yilgi Oʻzbekiston Superligasi va 2019-yilgi Oʻzbekiston Superkubogini qoʻlga kiritgan. Keyinchalik u, 2019-yil 21-iyul kuni Lokoning raqibi Toshkentning „Paxtakor“ klubi bilan shartnoma imzolagan.[1] 2024-yil yanvar oyida Bekobodning „Metallurg“ jamoasidan Samarqandning „Dinamo“ klubiga oʻtdi va shartnoma imzoladi[2][3].

Milliy terma jamoa tahrir

Gʻofurov 2013-yilning may oyida Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi oʻquv lagerida ishtirok etgan[4].

2014-yilning 19-may kuni Gʻofurov Ummonga qarshi oʻrtoqlik uchrashuviga chaqirilgan[5].

U 2014-yilning 27-may kuni Ummonga qarshi oʻyinda asosiy tarkibda maydonga tushib, milliy terma jamoadagi rasmiy debyutini oʻtkazgan.[6]

2016-yilda u yoshlar darajasida iqtidorini namoyish etgan. Yanvar oyida 2016-yilgi 23 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida Oʻzbekiston U-23 terma jamoasi aʼzosi boʻlgan, oktyabr oyida esa 2016-yilgi U-19 Osiyo chempionatida Oʻzbekiston U-19 terma jamoasi tarkibida maydonga tushgan.[1]

Xalqaro maydondagi gollari tahrir

Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1. 15.02.2021 Theab Awana stadioni, Dubay, Birlashgan Arab Amirliklari   Iordaniya 1 – 0 2-0 Oʻrtoqlik

Yutuqlar tahrir

Lokomotiv Toshkent
Paxtakor Toshkent

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 „Spartak Subotica vs. Javor Ivanjica 0 - 2, 31.08.2013“. soccerway.com (31-avgust 2013-yil).
  2. „"Динамо"нинг навбатдаги нишони маълум“ (2024-yil 8-yanvar).
  3. „Ҳусниддин Ғофуров – «Динамо» футболчиси“ (2024-yil 9-fevral).
  4. „Uzbekistan U-17 to hold five-day training camp in Tashkent“. UzDaily.com (15-may 2013-yil). 6-iyun 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-iyul 2022-yil.
  5. „Kasimov announced national team squad“ (ruscha). the-uff.com (19-may 2014-yil). 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan.
  6. „Archived copy“ (Russian). the-uff.com (2014-yil 27-may). 2014-yil 29-mayda asl nusxadan arxivlangan.

Havolalar tahrir