"Fargʻona" stadioni (avvalgi nomi "Spartak" stadioni) — Fargʻona shahrida joylashgan futbol oʻyingohi. Toʻliq manzili: Oʻzbekiston Respublikasi, Fargʻona shahri, Bobur koʻchasi, 2-uy. „Neftchi“ futbol klubining sobiq uy stadioni hisoblanadi.[1] Oʻrindiqlar soni — 4000 (eski xolati 14600). Maydon (oʻlchami — 105 x 68 m) tabiiy oʻt bilan qoplangan.

 Uzbekistan"Fargʻona" stadioni
Fargʻona Markaziy (Spartak) Stadioni
Toʻliq nomi Farg'ona Markaziy (Spartak) Stadioni
Sobiq nom(lar)i Spartak Stadioni
Joyi  Uzbekistan OʻzbekistonFargʻona
Asos solingan 1930-1932 yillar
Qachon qurilgan 1932- yil
Qachon ochilgan 1932- yil
Qachon taʼmirlangan 1980, 1985, 1994, 2002-yillar
Egasi Fargʻona davlat universiteti
Operator Oʻzbekiston futbol federatsiyasi
Yuzasi tabiiy oʻt
Hajmi 3000 (futbol)
Maydon oʻlchami 105m x 68m
Maydon egalari
Fargʻona davlat universiteti

Tarixi

tahrir

Neftchi va stadion

tahrir

Neftchi oʻz uyidagi oʻyinlarini dastlab Fargʻona shahridagi "Markaziy(Sobiq nomi Spartak)]] stadionida oʻtkazdi. „Markaziy“ Fargʻona stadioni 1932-yilda qurilgan va 2012-yilgacha klubning uy arenasi boʻlgan. Neftchi jamoasi 1962-yil SSSR ligalaridan, Mustaqil Oʻzbekistonning Musobaqalari (Oʻzbekiston Superligasi va Oʻzbekiston Kubogi) va xalqaro musobaqalar (Osiyo Chempionlar ligasi) uchun xizmat qildi Shuningdek Fargʻona davlat universiteti uchun ham hizmat qilgan. Stadionnning qayta tanirdan avvalgi xolati: sigʻimi 14600 Yoritilish kuchi — 1254 lyuks/m²

Stadion nomi

tahrir

Stadion dastlab „Spartak“ stadioni sifatida ham tanilgan. Mustaqilik yillarida jamoa arenasi nomi Fargʻona „Markaziy“ stadioni sifatida nomlana boshladi. Stadion 2012-yilda rekonstruksiya uchun yopilgan. Yangi arenani boshqa joyda qurish rejalari 2011-yilda boshlangan edi. „Neftchi“ 2012-14-yilgi mavsumdagi uy oʻyinlarini va 2015-yilgi mavsumning ayrim oʻyinlarini „Qirguli SM“ va „Qoʻqon“ stadionlarida oʻtkazdi. Sovet davridan to Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan 2015-yilgacha „Neftchi“ning uy arenasi 'Fargʻona „Markaziy“ (Spartak) stadioni boʻlib, 14 600 tomoshabinni sigʻdira olar edi.

Tavsifi

tahrir

Mahalliy musobaqalar

tahrir

Stadiondagi tarixiy uchrashuvlardan: 1-Oʻzbekiston Super Kubogi aynan Fargʻona shahrida Markaziy stadinda 1999-yil Pahtakor va Navbaxor jamoalari oʻrtasidagi uchrashuv oʻtkazilgan Uchrashuvni 6000 dan ortiq tomoshabin kuzatib borgan.

2002-yil Umid nihollari Sport Oʻyinlari[2]ga Fargʻona shahri mezbonlik qilgan vaqtida, asosiy sport arenasi aynan Fargʻona Markaziy stadioni boʻlgan. Arenada Musobaqaning ochilish va yopilish marosimlari oʻtkazilgan.

Xalqaro musobaqalar

tahrir

Neftchi jamoasining tarixiy uchrashuvlaridan Osiyo chempionlar ligasi va OFK kubogi musobaqalari oʻyinlarida uy arena sifatida hizmat qilgan[3]. 1994/1995-yilgi Mavsum OCHL oʻyinlarida sarlash baxslari[4] uchun Fargʻona Viloyati mezbonlik qilgan va Fargʻona markaziy stadioni shuning dek Atlaschi Stadioni ham mezbon arena vazifasini bajargan. 2007-yil Osiyo chempionlar ligasida Suriyaning „Al-Karama“ klubiga 20000 ming muxlis qarshisida Qatarning „Al-Sadd“ klubiga 14600 muxlis qarshisida murosasiz baxslarda qatnashgan[5]. 2009-yil OFK Kubogi doirasida Chorak finalda Tailandning Saut Chayna jamoasiga qarshi ogʻir uchrashuvlardan birini oʻtkazgan. Uchrashuvda Neftchi jamoasi 5-4 hisobida gʻalaba qozongan. Jamoa hujumchisi Anvar Berdiev benfisiga aylangan oʻyinda 4 bor raqib darvozasiga gol urib Poker qayd etgan. Uchrashuvda vaqtida Stadionda 17500 muxlis qayd etilgan

Hozirgi egasi

tahrir

Bugungi kunda bu arena Fargʻona davlat universitetiga topshirilgan boʻlib qayta taʼmirdan soʻng 3 000 tomoshabinni oʻz bagʻriga sigʻdiradi[6]

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir