Murat Hamroyev (turkmancha: Myrat Hamraýew; 1983-yil 14-may, Ashxobod, Turkman SSR, SSSR) — turkman futbolchisi[1], Energetik klubi va Turkmaniston terma jamoasi himoyachisi[2].

Futbol
Murat Hamroyev
Toʻliq ism Murat Eduardovich Hamroyev
Tugʻilgan vaqti 14-may 1983(1983-05-14) (40 yosh)
Ashxobod, Turkmaniston SSR, SSSR
Fuqaroligi Flag Turkmenii Turkmaniston
Boʻyi 180 sm
Ogʻirligi 76 kg
Pozitsiyasi Himoyachi
Jamoasi haqida maʼlumot
Klub Flag Turkmenii Energetik
Raqami 18
Klub faoliyati
2004—2005 Flag Turkmenii Nisa
2005 Flag Turkmenii Asudalik
2005—2006 Flag Uzbekistana Navbahor 24 (0)
2007—2008 Flag Uzbekistana Dinamo Samarqand 67 (6)
2009 Flag Uzbekistana Olmaliq 27 (0)
2009—2010 Flag Azerbaydjana Karvan 12 (0)
2010—2011 Flag Uzbekistana Olmaliq 33 (1)
2012—2014 Flag Turkmenii Balkan
2015 Flag Turkmenii Ahal
2016— Flag Turkmenii Energetik
Milliy terma jamoa
2004—… Flag Turkmenii Turkmaniston 7 (0)

Futbolchilik faoliyati tahrir

Murat Hamroyev professional faoliyatini 2004-yilda „Nisa“ jamoasi tarkibida boshlagan va 2005-yilning oʻrtalariga qadar u yerda toʻp surgan. Oʻsha yili u „Asudalik“ klubiga oʻtdi, lekin tez orada 2005-yil mavsumning ikkinchi qismida Oʻzbekiston Oliy ligasi vakili Namanganning „Navbahor“ klubi safiga oʻtdi. Namanganliklar safida bir yarim mavsum davomida toʻp surdi. 2007-yilda Oʻzbekistonga yana bir boshqa jamoasi Samarqandning "Dinamo" klubi bilan shartnoma imzoladi.

2009-yil boshida u Oliy liganing boshqa klubi „Olmaliq“ga oʻtdi. „Olmaliq“ jamoasi tarkibida Hamroyev deyarli toʻp surishga ulgurmay Ozarbayjonning „Karvan“ klubiga oʻtdi[3]. „Karvan“ tarkibida Murat Hamroyev 2010-yilning oʻrtalariga qadar oʻn ikkita uchrashuvda maydonga tushdi.

Oʻsha yilning avgust oyida Olmaliqga qaytib, Oʻzbekistonda bir yarim mavsum oʻynadi[4]. Bu vaqt ichida u oʻttiz uchta oʻyinda maydonga tushishga muvaffaq boʻldi va bitta gol urdi. 2012-yilgi mavsum boshida Hamroyev Turkmaniston Yokari ligasiga qaytib, „Bolqon“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi[5].

2015-yilda u musoboqaning boshqa bir jamoasi „Ahal“[6] klubi tarkibiga koʻchib oʻtdi.

Terma jamoa tahrir

Xamraev 2004-yildan buyon Turkmaniston[7] terma jamoasida oʻynab kelmoqda va shu vaqt ichida milliy terma jamoada 7 ta oʻyinda maydonga tushdi.

Yutuqlar tahrir

Manbalar tahrir

  1. „Фантастическая сборная Туркменистана по футболу“. 2012-yil 16-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 23-dekabr.
  2. „«Балкан» отправился на заключительный подготовительный сбор к квалификационному раунду Кубка АФК-Спорт-Turkmenportal.com“. 2016-yil 19-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 2-fevral.
  3. „Мурад Хамраев может стать первым узбеком в азербайджанском футболе“. 2014-yil 24-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 24-dekabr.
  4. „Дозаявки второго круга“. 2014-yil 24-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 24-dekabr.
  5. „«Балкан» разгромил клуб из Малайзии“. 2014-yil 24-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 24-dekabr.
  6. „AHAL FC v DORDOI“. http://www.the-afc.com/. Asian Football Confederation (2015-yil 9-fevral). 2017-yil 31-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 9-fevral.
  7. „Туркменские футболисты отправились в Гонконг на отборочный матч Кубка мира-2010 | Internet-gazeta Turkmenistan. Ru“. www.turkmenistan.ru. 2021-yil 31-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 3-sentyabr.
  8. „http://www.scoresway.com/?sport=soccer&page=match&id=1554775 AFC Presidents Cup final“. 2014-yil 4-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 23-dekabr.

Havolalar tahrir