Javohir Shavkat oʻgʻli Ilyosov (inglizcha: Javokhir Ilyosov; 6-fevral 1994-yil, Chiroqchi, Oʻzbekiston) – Oʻzbekistonlik professional futbolchi, Olmaliqning „OKMK“ klubi darvozaboni[1].

Javohir Ilyosov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Javohir Shavkat oʻgʻli Ilyosov
Tavallud sanasi 6-fevral 1994-yil (1994-02-06) (30 yosh)
Tavallud joyi Chiroqchi tumani
Boʻyi 1.84 cm (12 in)
Ampluasi Darvozabon
Klub maʼlumoti
Joriy klub
OKMK
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
-2014 Mashʼal
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2013—2017 Mashʼal 48 (0)
2018 Metallurg 19 (0)
2019—2021 Lokomotiv Toshkent 58 (0)
2022—2023 Qizilqum 30 (0)
2024— OKMK 0 (0)
Milliy terma jamoa
2020— Oʻzbekiston 1 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Futbolchilik faoliyati tahrir

Javohir „Mashʼal“ klubi maktabi tarbiyalanuvchisi. Mashʼal jamoasi tarkibidagi debyutini 2015-yilda Oʻzbekiston Superligasida oʻtkazgan. Mashʼal klubi tarkibida 4 yil davomida oʻynadi[2][3][4][5] va 2018-yilda Bekobodning „Metallurg“ klubi bilan shartnoma imzolagan[6]. Bekobod klubi tarkibida bir mavsum davomida 20 ta oʻyinda ishtirok etgan[7][8]. 2019-yilgi mavsum oldidan Toshkentning „Lokomotiv“ klubi bilan shartnoma imzolagan[9][10]. Yanggi jamoasidagi dastlabki oʻyinadayoq Oʻzbekiston Superkubogi sovrinini qoʻlga kiritgan. Lokomotiv klubi tarkibida uch mavsum davomida oʻynagan[11]. 2022-yil Navoiyning „Qizilqum“ klubi bilan shartnoma imzolagan[12][13]. Navoiy klubi tarkibida ikki mavsum oʻynaganidan soʻng, 2024-yil yanvar oyida Olmaliqning „OKMK“ klubi bilan shartnoma imzolagan[14].

Terma jamoadagi faoliyati tahrir

Javohir Oʻzbekiston terma jamoasining bir necha yosh toifasida ishtirok etgan[15][16]. Oʻzbekiston terma jamoasida Vadim Abramov murabbiyligi ostida bitta o'yin o'tkazgan.

Yutuqlar tahrir

Shaxsiy hayot tahrir

Javohir 2019-yilda uylangan va to'y marosimining bir qismini Muborakda Bahrom Vafoev stadionda o'tkazgan[17].

Manbalar tahrir

  1. „Жавоҳир Илёсов — ОКМК футболчиси“ (2024-yil 8-yanvar).
  2. „"Машъал"да мавсум кашфиётлари“ (2016-yil 2-dekabr).
  3. „Олий лига-2017. Энг кўп сейв қилган 10 нафар дарвозабон“ (2017-yil 25-dekabr).
  4. „Олий лига-2017 якунлари. Дарвозабонлар статистикаси“ (2017-yil 13-dekabr).
  5. „Олий лига-2017. Энг кўп "қуруқ" ўйин ўтказган дарвозабонлар“ (2017-yil 29-noyabr).
  6. „“Металлург”: Янги ўйинчилар тақдимоти ўтказилди ёхуд Жавоҳир Илёсов ҳам келди“ (2018-yil 28-fevral).
  7. „Javokhir Ilyosov - 2018-yilgi mavsum“.
  8. „Суперлига-2018 якунлари. Дарвозабонлар статистикаси“ (2018-yil 21-dekabr).
  9. „"Локомотив" навбатдаги трансферни эълон қилди“ (2019-yil 14-yanvar).
  10. „“Локомотив” янги футболчиларни таништирди ФОТО“ (2019-yil 28-fevral).
  11. „Суперлига-2019 якунлари. Дарвозабонлар статистикаси“ (2019-yil 23-dekabr).
  12. „Расман: "Қизилқум" Шоаҳмедов, Илёсов ва Орифхўжа Абдуҳолиқов билан шартнома тузди“ (2022-yil 27-yanvar).
  13. „Эшитдик-да! Муҳаммадиев ва Илёсов "Қизилқум"га ўтмоқда“ (2021-yil 13-dekabr).
  14. „ОКМК Ботирали Эргашев ўрнига "Локо" собиқ посбонини олиб келди. Клуб грузиялик ярим ҳимоячини ҳам жалб этган“ (2024-yil 8-yanvar).
  15. „"Машъал" дарвозабони Ўзбекистон ОТЖ йиғинига чақирилди“ (2015-yil 27-noyabr).
  16. „Ўзбекистон терма жамоасининг расмий машғулоти (ФОТО)“ (2019-yil 16-yanvar).
  17. „"Локомотив" дарвозабони бугун уйланмоқда“ (2019-yil 6-iyul).

Havolalar tahrir