Muydin Mamazulunov (22.01.1984, Tojikiston SSR , Qoʻrgʻon-tepa[1]) — oʻzbek futbolchisi, hujumchi.[2]

Muydin Mamazulunov
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 1984-yil 22-yanvar
Tavallud joyi Qoʻrgʻontepa Tojikiston SSSR
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Do'stlik Oltariq
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2003-2004 Neftchi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2005 Oʻzbekiston Sementchi - (4)
2006 Qirgʻiziston Shaxtyor - (1)
2006 Oʻzbekiston Olimjon Akbarov - (-)
2007 Oʻzbekiston Sementchi - (1)
2008 Oʻzbekiston Olimjon Akbarov - (23)
2009-2011 Oʻzbekiston Olmaliq 75 (36)
2012 Oʻzbekiston Shoʻrtan 12 (2)
2012 Oʻzbekiston Andijon 10 (2)
2013 Oʻzbekiston Olmaliq 6 (1)
2013 Oʻzbekiston Guliston 13 (10)
2014 Oʻzbekiston Mashʼal 23 (7)
2015 Oʻzbekiston Navbahor 11 (4)
2015 Oʻzbekiston Lokomotiv 10 (3)
2016 Oʻzbekiston Navbahor 11 (2)
2016 Oʻzbekiston AGMK 14 (4)
2017 Oʻzbekiston Neftchi 24 (9)
2018 Oʻzbekiston Dinamo 13 (10)
2018-2019 Oʻzbekiston Iftixor -
2019 Oʻzbekiston Turon - (-)
2020-2021 Oʻzbekiston Istiqlol - (-)
2022 Oʻzbekiston Doʻstlik - (-)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Futbolchilik faoliyati tahrir

Tojik futboli tarbiyalanuvchisi. Yoshligida u Oʻzbekistonga koʻchib oʻtdi va u yerda fuqarolikni oldi va Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasining oʻrinbosarlari tarkibida oʻynadi. Shuningdek, u faoliyatining boshida Oʻzbekiston quyi ligasi klublarida toʻp surgan. 2006-yilda bir guruh oʻzbekistonlik futbolchilar bilan birga yarim mavsumni Qirgʻizistonning konchilar ligasi (Qizil-Qiya) klubida oʻtkazdi.

2008-yili „Olimjon Akbarov“ (Yaypan) klubi safida 23 ta gol urib, O‘zbekiston birinchi ligasi to‘purari bo‘ldi. Shundan soʻng u oliy diviziondagi „Olmaliq“ klubiga oʻtib, 2009-yilda uning tarkibida oʻynab, chempionatda klubning eng yaxshi 10 toʻpurari (12 gol), 2011-yilda esa chempionatning ikkinchi toʻpurari (16 gol)ga aylandi. Shuningdek, 2009-yilda oʻz klubi bilan Oʻzbekiston futbol federatsiyasi kubogida gʻolib chiqdi.

2012-yildan beri u yana 8 ta oliy liga klubini almashtirdi, hech qachon bir mavsumdan ortiq hech qayerda qolmadi, lekin asosan yarim mavsumni oʻtkazdi. 2013 yilda „Olmaliq“ va „Guliston“ klublarida oʻynab, bir mavsumda 11 ta gol urdi va toʻpurarlar bahsida oltinchi oʻrinni egalladi. 2014-yilgi mavsum boshida Muborakning „Mash’al“ klubi bilan shartnoma imzoladi va mavsum oldi turninr Oʻzbekiston PFL kubogida gʻlib boʻldi.[3] Toshkentning „Lokomotiv“ jamoasi tarkibida 2015-yilgi Oʻzbekiston chempionati kumush medali sovrindori boʻldi.[4] 2016-yilgi mavsum boshida Namanganning „Navbahor“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi.[5] 2017-yil oʻzining tarbiyalagan klub Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasi safiga oʻtdi va bir mavsum harakat qildi.[6] 2018-yilda u birinchi liga klubi „Dinamo“ (Samarqand) bilan[7] shartnoma imzolagan.[8] Dinamo jamoasidan soʻng keyinchalik „Iftixor“, „Turon“ jamoalarida ham toʻp surdi. Hozirda Fargʻona, Oltariqning „Doʻstlik“ jamoasida toʻp surmoqda.

Yutuqlari tahrir

Lokomotuv tahrir

Oʻzbekiston Superligasi ikkinchi oʻrin: 2015-yil

Mash’al tahrir

Oʻzbekiston PFL kubogi chempioni: 2014-yil

Manbalar tahrir

  1. „Jamshed Akbarov juda qiyin jang bo'lishini bashorat qilmoqda“. 2019-yil 23-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 7-oktyabr.
  2. „Мўйдин Мамазулунов: Янги мавсумда мухлисларни хурсанд қилмоқчимиз“. 10 апрель, 2019da asl nusxadan arxivlangan.
  3. „Мўйдин Мамазулунов “Машъал”га ўтди“. 2022-yil 7-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 7-oktyabr.
  4. „Мамазулумов ҳам “Локомотив” билан хайрлашди“. 2022-yil 7-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 7-oktyabr.
  5. „Мўйдин Мамазулумов “Навбаҳор” билан шартнома тузди“. 2022-yil 7-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 7-oktyabr.
  6. „Мўйдин Мамазулумов "Нефтчи"га ўтди“. 2022-yil 7-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 7-oktyabr.
  7. „Шарофутдинов ва Мамазулумовнинг голлари «Динамо»га ғалаба келтирди“. 2022-yil 7-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 7-oktyabr.
  8. „Мамазулумов "Динамо"да“. 2022-yil 7-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 7-oktyabr.

Havolalar tahrir