Martin Boakye (1995-yil 10-fevralda tugʻilgan) — italiyalik professional futbolchi, Xitoy ligasi klubida hujumchi sifatida oʻynaydi[2].

Martin Boakye
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 10-fevral 1995-yil (1995-02-10) (29 yosh)
Tavallud joyi Valdagno, Italy[1]
Boʻyi 1.90m
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
AGMK
Raqami 27
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Ponte dei Nori
0000-2016 Solesinese
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2016 Kitzbühel 14 (4)
2016—2017 Hohenems 28 (9)
2017—2019 Kitzbühel 58 (29)
2019—2020 Jeunesse Esch 16 (8)
2020—2021 Slaven Belupo 10 (1)
2021 Andijon 12 (2)
2021-2023 AGMK 39 (16)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(15-noyabr 2022-yil (utc) uchun)

Futbolchilik faoliyati tahrir

Boakye 2016-yilda Avstriyaning "Kitsbyuhel" mintaqaviy ligasiga qoʻshilishdan oldin oʻz vatani Italiyada USD Ponte dei Nori va UCD Solesinese jamoalarida oʻynagan. Avstriyada uch yil oʻtgach, u Lyuksemburg milliy divizioni Jeunesse Eschga qoʻshildi.[3] 2020-yil 9-avgust kuni Boakye Xorvatiya Birinchi Futbol Ligasi vakili Slaven Belupo bilan shartnoma imzolagani eʼlon qilindi.[4] Bir hafta oʻtgach, u professional ligadagi debyutini oʻtkazdi va Osijek bilan 0:0 hisobida durang oʻynadi.[5] 2021-yil 4-yanvarda Boakye Slaven Belupo bilan oʻzaro shartnomani bekor qildi.[6] 2021-yilgi mavsum boshida Oʻzbekiston Superligasi vakili „Andijon“ klubidan tushgan taklif tufayli Oʻzbekiston ligasiga koʻchib oʻtadi. 2021-yil yozgi transfer oynasi vaqtida „AGMK“ klubi bilan shartnoma imzolaydi.

2024-yil fevral oyida Olmaliq jamoasini tark etdi va Xitoy jamoasi bilan shartnoma imzolagan.

Shaxsiy hayoti tahrir

Boakye asli ganalik va uch farzandning ikkinchisi, uning katta va kichik singlisi bor. Boakye 2015-yildan beri bolalik sevgisi bilan munosabatda boʻlganini xabar qiladi.

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir