Kimyogar (futbol klubi, Olmaliq)


Kimyogar“ („Kimyogar“ Olmaliq futbol klubi) — Olmaliq shahri, Toshkent viloyatining 1990—1994-yillarda faoliyatini yuritgan sobiq oʻzbek futbol klubi.

Kimyogar
Toʻliq nomi “Kimyogar” Olmaliq futbol klubi
Laqabi Kimyogarlar, Olmaliqliklar
Asos solingan 1990
Tugatilgan 1994
Stadion Mettalurg
Stadion hajmi 11 000 kishi
Musobaqasi Birinchi liga
Asosiy libosi
Ikkinchi libosi

NomlanishiTahrirlash

Yil Nomi
1990-yil „Kimyogar“
1991-1992 yillar „Kimyogar“
1993-yil „Olmaliq“
1994-yil „Kimyogar“

TarixiTahrirlash

1966-1988-yillarda „Metallurg“ jamoasining vorisi, 2004-yildan to hozirgi kunga qadar Olmaliq AGMK klubining oʻtmishdoshi hisoblanadi.

Klub nomi rus tilidan oʻzbekchaga „Kimyogar“ deb tarjima qilingan. U mahalliy uchrashuvlarini 1960-yilda qurilgan va 11 000 tomoshabinga moʻljallangan „Metallurg“ stadionida oʻtkazgan.

Tashkil topgan yili SSSRning Ikkinchi quyi ligasida toʻp suradi va turnir doirasida 16-oʻrinni egallaydi.

Keyingi mavsumda u SSSRning Ikkinchi quyi ligasida oʻyinini davom ettiradi va 6-oʻringa koʻtariladi.

1992-yilda Oʻzbekistonning birinchi mustaqil chempionatida debyut chiqish qiladi, oʻyin natijalariga koʻra, quyidan oldingi 16-oʻrinni egallab, Birinchi ligaga tushib ketadi.

1993-yilgi mavsumda Birinchi ligadagi 16 jamoa orasida 12-oʻrinni egallaydi. Klub 1994-yilgi mavsumda  Ikkinchi ligadagi muvaffaqiyatsiz oʻyindan soʻng, tarqatib yuborilgan.

HavolalarTahrirlash