Konstantin Petrovich Novikov (21.09.1961, Toshkent, Oʻzbekiston — 2015.15.6, Olmaota, Qozogʻiston) — oʻzbek futbolchisi, hujumchi, oʻzbek murabbiyi. SSSR sport ustasi.

Konstantin Novikov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Konstantin Petrovich Novikov
Tavallud sanasi 21-sentyabr 1961-yil (1961-09-21) (62 yosh)
Tavallud joyi Toshkent, OʻzbekistonOʻzbekiston Oʻzbekiston
Vafot sanasi 15-iyul 2015-yil(2015-07-15)
(53 yoshda)
Vafot joyi OlmaotaQozogʻiston
Boʻyi 172 sm
Ampluasi hujumchi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1978—1984
1985
1987—1988
1989
1990
1992
1992—1993
Sovet Ittifoqi Paxtakor
Sovet IttifoqiZvezda (Jizzax)
Sovet IttifoqiXonqaliklar
Sovet IttifoqiJayhun
Sovet IttifoqiNurafshon
OʻzbekistonSoʻdiyona
VengriyaSolnoki-MAV-MTE
(108 (15)
6 (0)
50 (17)
36 (10)
25 (7)
6 (0)
? (10))
Boshqargan klublari
1995—?


1999
2000
2001—?
?
2008—2010
OʻzbekistonShahrixonchi
OʻzbekistonKimyogar (Chirchiq)
OʻzbekistonChilonzor
OʻzbekistonXorazm
OʻzbekistonDoʻstlik
OʻzbekistonPaxtakor
OʻzbekistonNurafshon
OʻzbekistonNasaf
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Futbol bilan 10 yoshidanoq Toshkentdagi respublika sport maktab-internatida shugʻullana boshlagan. U SSSR yoshlar terma jamoasida murabbiy Boris Ignatiyev boshchiligida oʻynagan. 17 yoshdan boshlab „Paxtakor“ning dublida ishtirok etgan. 1979-yilda Oʻzbekiston SSR terma jamoasi tarkibida SSSR xalqlari Spartakiadasi ishtirokchisi (9-oʻrin).

1978-1984-yillarda „Paxtakor“ tarkibida oliy ligada 108 oʻyin oʻtkazib, 15 ta gol urgan. Jizzaxning „Zvezda“ (1985), Xonqaning „Xonqaliklar“ (1987-1988), Urganchning „Jayhun“ (1989), Buxoroning „Nurafshon“ klublari tarkibida SSR chempionatining quyi ligalarida oʻynagan. Oʻzbekiston chempionatida 1992-yili „Soʻgʻdiyona“ safida 6 ta oʻyin oʻtkazgan. Petrovich 1992/93-yilgi mavsumda Vengriyaning „Solnoki-MAV-MTE“ klubida oʻynab, faoliyatini yakunlagan.

Shahrixonning „Shahrixonliklar“, Chirchiqning „Kimyogar“ va Urganchning „Xorazm“ jamoalarida bosh murabbiy, Toshkentning „Chilonzor“, „Doʻstlik“ jamoalarida ikkinchi murabbiy, „Paxtakor“ning dublyorida murabbiylik vazifalarini bajargan[1]. Buxoroning „Nurafshon“, Qarshining „Nasaf“ jamoalariga ham ustozlik qilgan[2].

2002-yildan Qaragʻandada yashagan.

U 2015-yil 15-iyun kuni 53 yoshida Olmaota shahrida toʻsatdan yurak xurujidan vafot etgan. Toshkentda dafn etilgan[3].

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir