ChirchiqToshkent viloyatidagi shahar. Chirchiqdaryosining oʻng sohilida, Qorjontovning yon bagʻrida, 730 m balandlikda, Toshkentdan 30 km shim.sharqda joylashgan. Aholisi 170,1 ming kishi (2015).

Chirchiq
shahar
41°28′00″N 69°35′00″E / 41.46667°N 69.58333°E / 41.46667; 69.58333Koordinatalari: 41°28′00″N 69°35′00″E / 41.46667°N 69.58333°E / 41.46667; 69.58333
Mamlakat Oʻzbekiston
[[]] Toshkent Viloyati
Hukumat
Iqlim turi Keskin Kontinental
Rasmiy til(lar)i Oʻzbekcha
Aholisi
 (2016)
170 395
Milliy tarkib oʻzbeklar, qozoqlar, turkmanlar
Konfessiyaviy tarkib Musulmonlar, Xristianlar v.h
Vaqt mintaqasi UTC+5
Avtomobil kodi 10
Xaritani koʻrsatish/yashirish
Chirchiq на карте
Chirchiq
Chirchiq
Bursel—Tashkent—Tekstil

Shahar tarixiTahrirlash

Toshkent Chorvoq temir yoʻldagi stansiya va avtomobil yoʻllari chorrahasi. Ch. 1932 yilda daryo boʻyidagi Qirgʻizquloq, Qipchoq, Niyozbek qishloqlari oʻrnida yirik elektrkimyo kti qurilishi munosabati bilan vujudga kelgan. Yangi sanoat korxonalari qurilishi bilan aholi soni ham tez oʻsdi (1939 yil — 15 ming kishi, 1959 yil — 65 ming kishi, 1970 yil — 107,4 ming kishi). 30 — 40- yil larda Industrial texnikumi binosi, 50- yillarda elektrkimyo korxonasining Madaniyat saroyi va boshqa jamoat binolari qurildi. 1966—67 yillardan koʻp qavatli yirik panelli binolar qad koʻtardi. Ikkinchi jahon urushida halok boʻlgan chirchiqliklar xotirasiga oʻrnatilgan yodgorlik, madaniyat va istirohat bogʻlari, xiyobonlar, maktablar, poliklinika, kasalxona va boshqa bunyod etildi. Shahar yonida aholining dam olish joylari mavjud.

Zavod va fabrikalarTahrirlash

Shaharda "Chirchiqqishloqmash", "Transformator", "Oʻzbekkimyomash", "Elektrkimyosanoat" (mineral oʻgʻitlar), qattiq qotishmalar va oʻtga chidamli metallar kti kabi korxonalar ishlab turibdi. 26 ta qoʻshma korxona (shu jumladan, "Kibo", "Chirkom", "Uzmetalltexnolodji", "Bursel—Tashkent—Tekstil"), 850 dan ziyod kichik korxona faoliyat koʻrsatadi. Qurilish materiallari, temirbeton konstruksiyalari ishlab chiqariladi. Gʻisht, asfaltbeton zavodlari, goʻsht, non ktlari, poyabzal va tikuvchilik fabrikalari mavjud.

AholisiTahrirlash

Chirchiq aholisi 170 000 ming odam atrofida sanaladi. Chirchiq ko`p millatlarni o`z bag`riga sig`dirgan shahar. Chirchiqda o`zbek, qozoq, tojik, rus, tatar, qoraqolpoq, qizg`iz, koreys va boshqa millat vakillari tinch totuvlikda hayot kechirmoqdalar. Chirchiq shahrining aholisi yildan yilga oshib bormoqda. Ohirgi yillarda yangi turar joylar qurilib shahar infrastrukturasi rivojlanmoqda. Aholisi asosan o`zbek, rus va qozoq tillarida gaplashishadi.

Ta'lim va madaniyatTahrirlash

Chirchiq oliy tank komandirmuhandislik bilim yurti, 25 umumiy taʼlim maktabi, 7 oʻrta maxsus bilim yurti, 12 kutubxona, 3 madaniyat muassasasi, muzey, madaniyat va istirohat bogʻi bor. Kasalxona (500 oʻrin), poliklinika, dorixonalar va boshqa tibbiy muassasalar ishlab turibdi. 2017 yili Chirchiqda yangi Pedagogika Insituti ochildi.

TransportTahrirlash

Chirchiqdan Toshkent shahriga avtobuslar va yonalishli kichik mikroavtobuslar(gazel) qatnaydi. Shahar ichida 26 ta yonalishli avtobus va mikro avtobuslar qatnamoqda. Shahardan poezd yoli o`tgan.

"Chirchiq tongi" gazeta (1932 yildan nashr etiladi, adadi 760), "Chirchiq" (1932 yildan nashr etiladi, adadi 800) gaz.lari chiqariladi.