Navbahor markaziy stadioni

Navbahor markaziy stadioni — 1960-yillarda qurilgan Oʻzbekistondagi eng katta stadionlardan biri. Stadion oʻz bagʻriga 22 mingga yaqin muhlis sigʻdira oladi. Stadion Namangan shahrining kirish qismiga yaqin yerda joylashgan. Stadionda mahalliy Navbahor futbol klubi toʻp suradi.

Navbaxor Markaziy Stadioni
Navbaxor stadium
Sobiq nom(lar)i Центральный Стадион Навбахор Наманган
Joyi Namangan, Oʻzbekiston
Qachon qurilgan 1955-1956 - yillari
Qachon ochilgan 1956-yil
Qachon taʼmirlangan 1975-1989-2009-2013 - yillari
Egasi Navbahor futbol klubi
Operator Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasi
Yuzasi tabiiy chim, grass
Hajmi 21.913 (futbol)
Maydon oʻlchami 112m x 72m
Maydon egalari
Navbahor futbol klubi, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi

„Navbahor“ markaziy oʻyingohi 2013-yilda foydalanishga toshiriladi.[1]

TarixTahrirlash

Stadion qurilishi 1956 yilda yakunlangan . Xuddi shu yili ochilgan. Yillar davomida u bir necha bor rekonstruksiya qilingan. Eng keng qamrovli rekonstruksiya 1975 , 1989 , 2009 va 2013 yillarda amalga oshirilgan . 2013- yildagi keng ko‘lamli rekonstruksiyadan oldin stadion 28480 tomoshabinga mo‘ljallangan bo‘lsa, 2009-yildagi rekonstruksiyadan oldin u 45000 tomoshabinni sig‘dira olardi. Oxirgi ta'mirdan so'ng sig'im 22 000 tagacha qisqartirildi, ammo stadion yanada zamonaviylashdi va FIFA va OFK standartlariga moslashdi . Stadionda barcha qulayliklar va zarur zamonaviy infratuzilma mavjud. Maydon atrofida yugurish yo'lagi bor[2].

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 19 yanvardagi „2011-2013-yillarda respublikada futbolning moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash va uni rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida“gi qaroriga koʻra[3] Namangandagi „Navbahor“ markaziy oʻyingohini qayta rekonstruktsiya qilish hamda klub qoshidagi futbol maktabi uchun sport inshootini qurish[4] belgilab qoʻyilgandi. Quyida bugungi kunda „Navbahor“ oʻyingohida olib borilayotgan taʼmirlash va boshqa qurilish ishlari davom etayotgan inshootlari haqida maʼlumot berib oʻtamiz[5]. Stadion qayta qurilishi uchun 16 million $ dollardan oshiq mablag' sarflangan[6]

TavsifiTahrirlash

Futbol maktabi sport inshootlarini qurilishi uchun Namangan shahar hokimining 2011-yil 28 fevraldagi qarori bilan 1,7 ga. er maydoni ajratilgandi. Futbol maktabi sport inshootlari tarkibiga 90x60 m. va 80x60 m. Oʻlchamli ikkita futbol maydoni ikki qavatli maʼmuriy bino, injener kommunikatsiyalari kiritilgan. Ayni paytda Namangan shahrining Doʻstlik shoh koʻchasi yonida joylashgan „Navbahor-Umid“ futbol maktabining qurilish ishlari deyarli yakuniga etib boʻldi. Jumladan, maktabning maʼmuriy binosi, xojatxona va nasos binolari qurib bitkazildi. Xonalarni kerakli jihozlar bilan jihozlash ishlari yakunlansa, bino tayyor holga keltiriladi. Yaqin kunlar ichida ikkita futbol maydonidagi ishlar ham yakuniga etadi. Maydonlarning birini sunʼiy qoplamali bOʻlishini eʼtirof etish joiz. Sport inshootining umumiy loyihaviy qiymati 1728 mln. soʻmni tashkil etadi.

„Navbahor“ markaziy oʻyingohidagi taʼmirlash ishlari esa maʼlum tanaffusdan keyin yana davom ettirilmoqda. Shu kunlarda bosh pudratchi hisoblangan qurilish tashkiloti rekonstruktsiyani boshlab yubordi. 1980-yilda foydalanishga topshirilgan markaziy oʻyingoh shu paytga qadar toʻla taʼmirlanmagandi. Faqatgina har bir mavsum arafasida joriy taʼmir ishlari olib borilardi. Zamon zayli bilan deganlaridek, bugungi kunda Oʻyingoh xalqaro oʻyinlarni oʻtkazish talabiga javob bermaydi. Umumiy er maydoni esa 6,2 gektarni tashkil qiladi. Oʻyingoh maydoni 110x67 metrni tashkil etib, inshootda 23ta sektordan tashqari ikkita bino ham bor. Oʻyingohning oldi tomonida ikki qavatli maʼmuriy bino joylashgan. Endilikda koʻrinishi oʻzgacha boʻlishi bilan bir qatorda tomoshabinlar sigʻimi ham 20000 muxlisga moʻljallanishi koʻzda tutilgandi[7]. Ammo, Namangandagi oʻyingohni aksariyat hollarda ishqibozlar bilan toʻlib toshishi bois namanganlik muxlislar klub rahbariyati va viloyat futbol federatsiyasidan oʻrindiqlar sonini oshirishni soʻrashgandi. Ayni paytda ushbu masala koʻrib chiqilmoqda.

„Navbahor-Umid“ futbol maktabi yaqin kunlar ichida jamoa tarbiyalanuvchilari ixtiyoriga topshirilsa, markaziy oʻyingoh esa 2013-yilgi mavsum arafasida foydalanishga topshiriladi.

Ichki musbaqalarTahrirlash

2020-yilgi O'zbekiston kubogi finali Navbahor Markaziy stadioni mezbonlik qilgan.[8]

Xalqaro o'yinlarTahrirlash

2019 yil Namangan shahri O'zbekiston yoshlar jamoasi (U19) o'rtasidagi O'rtoqlik o'yiniga mezbonlik qilgan[9] Shuningdek Navbahor Markaziy stadioni O'zbekiston milliy terma jamoasi ishtirokidagi o'rtoqlik[10], Osiyo chempionati saralash uchrashuvlariga ham mezbonlik qildi. 2021 yil O'zbekiston vs Gana jamoalari o'rtasida o'yinlar o'tkazilgan bo'lsa[11], 2022 yil mart oyida Markaziy Osiyo Navro'z kubogiga mezbonlik qildi. 2023 yilgi Osiyo kubogi saralash baxslari ham Markaziy stadionda o'tkazildi[12]

Shuningdek qarangTahrirlash

ManbalarTahrirlash

HavolalarTahrirlash

  1. arxiv nusxasi, archived from the original on 2016-03-04, https://web.archive.org/web/20160304204036/http://www.vaqt.ru/servis/soccer/index.php?code=%2F12682.html, qaraldi: 2021-02-04 Navbahor markaziy stadioni]]
  2. „“Навбаҳор” – “Локомотив” учрашувига барча чипталар сотиб бўлинди. Стадион сиғими 21 913 томошабин“ (17-mart 2017-yil). 17-mart 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 9-avgust 2022-yil.
  3. „Navbaxor stadioni“ (06 янв 2014). 06 янв 2014da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 11-avgust 2022-yil.
  4. „"Навбаҳор" стадионида ишлар қизғин“ (7-yanvar 2014-yil). 7-yanvar 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 11-avgust 2022-yil.
  5. „Намангандаги стадион учун Голландиядан чим олиб келинади“ (11-yanvar 2019-yil). 11-yanvar 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 9-avgust 2022-yil.
  6. „Баҳром Холмирзаев: «Навбаҳор» стадионига 40 млрд. сўмдан ортиқ маблағ сарфланди“ (7-yanvar 2014-yil). 7-yanvar 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 11-avgust 2022-yil.
  7. „Намангандаги "Марказий" стадион ўйинга шай ҳолатда (Фоторепортаж)“ (4-may 2019-yil). 4-may 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 8-avgust 2022-yil.
  8. „Намангандаги стадион финалга тайёр“ (20-dekabr 2020-yil). 20-dekabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 9-avgust 2022-yil.
  9. „Намангандаги стадион Ўзбекистон U-19 - Берлин-U18 учрашувига тайёр (ФОТО)“ (23-may 2019-yil). 23-may 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 9-avgust 2022-yil.
  10. „Ўртоқлик ўйини. Намангандаги стадион Ўзбекистон - Гана баҳсига тайёр“ (26 мар 2021). 26 мар 2021da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 11-avgust 2022-yil.
  11. „Ўртоқлик ўйини. Намангандаги стадион Ўзбекистон - Гана баҳсига тайёр“ (26-mart 2021-yil). 26-mart 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 9-avgust 2022-yil.
  12. „Намангандаги "Марказий" стадион Осиё кубоги-2023 саралаш баҳсларига тайёр“ (8-iyun 2022-yil). 8-iyun 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 8-avgust 2022-yil.