Kosonsoy stadioni
Kosonsoy stadioni (ruscha: Стадион «Касанса́й») – Oʻzbekistonning Namangan viloyati Kosonsoy shahridagi koʻp funksiyali stadion. U 22 000 tomoshabinga moʻljallangan va Oʻzbekistondagi yirik stadionlardan biri hisoblanadi. Kosonsoy stadioni mahalliy Kosonsoy futbol klubining uy arenasidir.
Joyi | Kosonsoy, Oʻzbekiston |
---|---|
Qachon qurilgan | 1978—1980 yillar |
Qachon ochilgan | 1980-yil |
Egasi | Kosonsoy (futbol klubi) |
Operator | Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasi |
Yuzasi | tabiiy chim, grass |
Hajmi | 22.000 (futbol) |
Maydon oʻlchami | 112m x 72m |
Maydon egalari | |
Kosonsoy (futbol klubi) |
Sovet davrida ochilgan. Namangandagi „Markaziy“ stadionini rekonstruksiya qilish jarayonida „Navbahor“ futbol klubi uy uchrashuvlarini shu stadionda oʻtkazdi. Stadion Madaniyat va Sport ishlari vazirligining Kosonsoy tumani boʻlimiga qarashlidir.
Tarixi
tahrir1980-yil Kosonsoy tumani hokimi Samaraxon Karimov saʼy-harakatlari evaziga hashar yoʻli bilan qurilgan. „Markaziy“ oʻyingoh oʻz bagʻriga qogʻozda 20 ming ishqibozni sigʻdirsa-da, amalda bemalol 22 ming muxlis oʻyinni bevosita stadionda koʻrish imkoniyatiga ega. Stadionda mexanik tablo ishlaydi[1]. Stadion holati eski va taxta o'rindiqdan iborat.
Tavsifi
tahrirStadionning atrofida 4 ta sunʼiy qoplamali maydonlar bor. Jamoa sunʼiy qoplamali maydonda toʻp suradigan raqiblariga qarshi bahslarga tayyorgarlik jarayonida shu maydonlardan foydalanadi. Bundan tashqari, qish faslida ham bu maydonlar jamoaga xizmat koʻrsatadi. Klubning bazasi ham stadionda joylashgan.
Manbalar
tahrir- ↑ „“Навбаҳор”нинг иккинчи “уйи”“ (2015-yil 12-sentyabr). 2022-yil 11-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 11-avgust.