Ruslanbek Jiyanov (2001-yil 5-iyunda Toshkentda tugʻilgan) oʻzbek futbolchisi, Navbahor klubi va Oʻzbekiston Olimpiya futbol terma jamoasi hujumchisi.

Ruslanbek Jiyanov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Ruslanbek Muzaffar oʻgʻli Jiyanov
Tavallud sanasi 5-iyun 2001-yil (2001-06-05) (22 yosh)[1]
Tavallud joyi Toshkent Oʻzbekiston
Boʻyi 1,70 sm
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Navbahor
Raqami 11
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2018—2020 Paxtakor
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2020—2021 Paxtakor - (-)
2021—2022 Olimpik 42 (7)
2023— Pari NN 0 (0)
2023   Olimpik 11 (2)
2024—   Navbahor 1 (0)
Milliy terma jamoa
2020—2024 Oʻzbekiston U 23 16 (2)
2022- Oʻzbekiston 1 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Futbolchilik faoliyati tahrir

Ruslanbek Toshkentning „Paxtakor“ klubi tarbiyalanuvchisi hisoblabnadi. 2020-yil mavsum soʻnggida yangi tashkil etilgan „Olimpik“ klubi tarkibiga qoʻshildi. Professional futboldagi debyutini Oʻzbekiston Pro ligasida 2021-yilda „Olimpik“ jamoasida oʻtkazgan[2]. Jiyanov „Olimpik“ da 2 mavsum oʻtkazib, 42 ta oʻyinda maydonga tushib, 7 ta gol urgan[3].

2023-yilda Rossiyaning „Pari NN“ klubining katta qiziqishiga sabab boʻldi va rus klubiga transferi amalga oshirildi[4][5]. Yangi klubi bilan shartnomaga koʻra 2023-yil yozgi transfer oynasi vaqtigacha „Olimpik“ jamoasi safida toʻp suradigan boʻldi[6]. 2023-yil 24-iyulda ijara shartnomasi yakunlangacha Jiyanov rus klubi tarkibiga uchib ketdi[7]. Rus klubi tarkibida birorta ham oʻyinda maydonga tushmay, oʻyin amaliyotisiz qolgan Ruslan 2023-yil 31-dekabrda Namanganning „Navbahor“ jamoasiga bir yillik ijara asosida oʻtdi[8].

Milliy terma jamoa tahrir

Ruslanbek 2020-yildan buyon Oʻzbekiston U 23 terma jamoasi aʼzosi hisoblanadi. U 23 terma jamoasi bilan birgalikda Toshkent oʻtgan Osiyo Chempionati U 23 2022 musoboqasida ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi. Kattalar safidagi, Oʻzbekiston terma jamoasidagi debyuti 2022-yil Rossiya terma jamoasiga qarshi uchrashuvda boʻib oʻtdi[9].

Yutuqlari tahrir

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir