Zoran Marushich (serbcha: Зоран Марушић ;1993-yil 29-noyabr, Kralevo) – serb futbolchisi, maydonning barcha pozitsiyalarida oʻynay oladi hozirda „Nasaf“ klubi futbolchisi hisoblanadi.

Zoran Marušić
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Zoran Marušić
Tavallud sanasi 29-noyabr 1993-yil (1993-11-29) (30 yosh)
Tavallud joyi Kraljevo, FR Yugoslavia
Boʻyi 1.87 m
Ampluasi Yarim himoyachi / Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Nasaf
Raqami 32
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Sloga Kraljevo
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2010–2016 Sloga Kraljevo 84 (10)
2014Voždovac (loan) 2 (0)
2016 Slavija Sarajevo 7 (1)
2016 Krupa 10 (1)
2017 BSK Borča 9 (0)
2017—2018 Temnić 29 (2)
2018 Sloboda Užice 14 (0)
2019 Dnyapro Mogilev 25 (4)
2020 Neman Grodno 27 (10)
2021 Dinamo Tbilisi 36 (16)
2022 Navbahor (11)
2023 Dinamo Tbilisi 33 (17)
2024— Nasaf 33 (17)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(5-yanvar 2024 uchun)

Biografiyasi tahrir

U oʻz shahridagi Bambi maktabida futbol oʻynashni boshlagan, keyin mahalliy Sloga jamoasining maktabiga oʻtadi. U 2010/11 yilgi mavsumda Sloga jamoasi uchun asosiy jamoa dar ajasidagi birinchi oʻyinlarini Serbiya uchinchi divizionining gʻarbiy zonasi turnirida oʻtkazadi hamda u yerda jamoasi gʻalabaga erishadi.. 2012/13-yilgi mavsumdan boshlab u jamoaning asosiy tarkibida doimiy oʻrin egallaydi. Avvaliga u himoyachi va markaziy yarim himoyachi pozitsiyasida oʻynaydi, keyinroq himoya markaziga oʻtkaziladi. 2013-yil sentabr oyida hujumchilarning jarohati tufayli u hujum pozitsiyasiga oʻtadi va birinchi liganing ikkita bahsida 5 ta gol uradi hamda jami 2013/14 yilgi mavsumning kuzgi qismida 7 ta gol urishga erishdi, lekin kelasi mavsum qaysi jamoada toʻp surishi mavhumligicha qoldi[1][2].

2014-yilda moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan Sloga klubi barcha futbolchilarga klubni tark etishga ruxsat beradi va Marushich yuqori divizionda oʻynagan „Vojdovats“ga ijaraga oʻtadi. U klubdagi debyut oʻyinini 2014/15 yilgi mavsumning uchinchi davrasida toʻgʻri keldi, 2014-yil 23-avgustda Belgradning „Rada“ klubiga qarshi oʻtkazadi hisob esa (1:6), tanaffusda almashtiriladi[3]. Keyingi oʻyinda u toʻliq 90 daqiqa oʻynadi, ammo shundan soʻng u qishki tanaffusgacha, yaʼni klubni tark etgunga qadar maydonda tushurilmadi.

2015-yil boshida u Sloga klubiga qaytadi, ammo jarohatlar tufayli juda kam oʻynadi. Klubi bilan birgalikda u ikkinchi diviziondan uchinchi divizionga tushib ketadi.

2016-yil boshida u Bosniya chempionatining „Slaviya“ (Sarayevo) klubiga oʻtadi va yozda u Bosniya ligasining yangi klubi hisoblangan „Krupa“ jamoasiga qoʻshildi ammo dastlab, u zaxiradan maydonga tushadi. 2017-yilda u Serbiyaga qaytadi va birinchi liga klublarida oʻynaydi Borca, Temnic va Sloboda (Uzice), bu klublarning barchasi Marushich oʻynagan mavsumlarda quyi ligaga tushib ketish zonasidan joy olishgan.

2019-yilda u Belarus chempionatining „Dnyapro“ jamoasiga oʻtadi. U birinchi mavsumda 4 ta gol va „Rux Brest“ga qarshi oʻtish oʻyinlarida bitta gol urdi, biroq uning jamoasi penaltilar seriyasida magʻlub boʻladi va oliy ligadan tushib ketganidan soʻng klub tarqatib yuboriladi. 2020-yilda u Belarusning yana bir klubi – „Neman“(Grodno) tarkibida oʻynaydi, 10 ta gol bilan chempionat toʻpurarlari oʻntaligiga kiradi hamda oʻyinlarning birida – Mozirning „Slaviya“ (3:1) jamoasiga qarshi bahsda xetrik qayt etadi[4].

2021-yilda u Tbilisining „Dinamo“ klubiga oʻtib, ikki yilga moʻljallangan shartnoma imzolaydi[5][6]. 2021-yilgi Gruziya Superkubogi sohibi, eng yaxshi toʻpurar (16 gol) va 2021-yilgi Gruziya chempionatining kumush medali sohibi. 2022-yilda Oʻzbekistonning „Navbahor“ jamoasiga oʻtdi. Ushbu jamoa bilan dastlabki mavsumning oʻzida Oʻzbekiston vitsa-chempionigiga eishib, jamoa bilan Oʻzbekiston kubogi finaligacha yetib bordi[7]. 2023-yilgi mavsumda Gruziyga, FC Dinamo Tbilisi jamoasi tarkibiga qaytdi. 2024-yil yanvar oyida Qarshining „Nasaf“ jamoasi bilan shartnoma imzolangan[8].

Manbalar tahrir

  1. „KRALJEVČANI PRESKOČILI MLAVU“. 28-aprel 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-mart 2021-yil.
  2. „MARUŠIĆ TORPEDOVAO INĐIJCE“. 13-yanvar 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-mart 2021-yil.
  3. „VOŽDOVAC VS. RAD BEOGRAD 1 — 6“. 15-fevral 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-mart 2021-yil.
  4. SLAVIA VS. NEMAN GRODNO 1 – 3
  5. Zoran Marusic will play in Dinamo
  6. Dinamo Tbilisi (2021-yil 15-yanvar). „Zoran Marusic will play in Dinamo“ (English). Press-reliz.
  7. Bobur Akmalov. „Avvalgilariga o‘xshamagan Superliga. Yakun va kelasi mavsum haqida #Boricha“ (O'zbekcha). kun.uz (13-noyabr 2022-yil). Qaraldi: 28-noyabr 2022-yil.
  8. „Расман: Зоран Марушич - "Насаф" футболчиси!“ (2024-yil 5-yanvar).

Havolalar tahrir