Azim Olimjonovich Axmedov (1992-yil 4-yanvar  ) — oʻzbek futbolchisi, himoyachi. 2023-yildan Namanganning „Navbahor“ klubi futbolchisi.

Azim Ahmedov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Azim Olimjonovich Ahmedov
Tavallud sanasi 4-yanvar 1992-yil
Tavallud joyi Namangan, Oʻzbekiston
Boʻyi 185 sm
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Navbahor
Raqami 7
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Navbahor
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2010—2015 Navbahor 91 (2)
2016—2019 Paxtakor 75 (4)
2019—2022 Navbahor 80 (9)
2023 Turon 9 (0)
2023— Navbahor - (-)
Milliy terma jamoa
2016— Oʻzbekiston 15 (2)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Futbolchilik faoliyati tahrir

U Namanganning „Navbahor“ jamoasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2010-yildan 2015-yilgacha ushbu klub tarkibida oʻynagan. Bu vaqt ichida u 91 ta oʻyin oʻtkazib, 2 ta gol urgan. 2016-yilning yanvar oyida Toshkentning „Paxtakor“ klubi bilan shartnoma imzolagan[1]. 2019-yil mavsum boshida yana sobiq klubi „Navbahor“ jamoasi safiga qaytdi.[2] 2022-yil mavsum yakunida Yaypanning „Turon“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi[3]. 2023-yil yozgi transfer oynasi vaqtida „Turon“ jamoasidagi moliyaviy muammolar sababli ikki taraflama kelishuv asosida shartnomani bekor qildi[4]. 2023-yil 29-iyulda Navbahor jamoasi bilan shartnoma imzoladi[5].

Terma jamoa faoliyati tahrir

2014-yil 28-mayda Oʻzbekiston terma jamoasidagi debyutini amalga oshirdi[6].

Yutuqlari tahrir

  • Oʻzbekiston Superligasi ikkinchi oʻrin sohibi: 2018, 2022
  • Oʻzbekiston Kubogi kumush medal sohibi: 2018, 2022

Shaxsiy hayot tahrir

Oʻzbekiston terma jamoasining sobiq sardori Odil Ahmedovning ukasi.

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir