Farhod Magometov
Farhod Abdualiyevich Magometov (1962-yil 11-yanvar) – oʻzbek futbolchisi, himoyachi. 1992—1996-yillarda Oʻzbekiston terma jamoasida toʻp surgan, 1994-yilgi Osiyo oʻyinlari chempioni. 2008-yildan Oʻzbekiston Professional futbol ligasi bosh direktori lavozimida faoliyat yuritib keladi[1].
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Farhod Abdualiyevich Magometov | ||
Tavallud sanasi | 11-yanvar 1962-yil | ||
Tavallud joyi | Toshkent, Oʻzbekiston SSR | ||
Ampluasi | Himoyachi | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
?—? | Tekstilshik | ? | (?) |
?—? | Boʻston | ? | (?) |
1979 | Paxtachi | ? | (0) |
1980 | Paxtakor | 0 | (0) |
1981—1984 | Dinamo (Samarqand) | 100 | (12) |
1985—1986 | Paxtakor | 75 | (3) |
1987—1988 | Meliorator | 57 | (12) |
1989—1990 | Yoshlik/Soʻgʻdiyona | 50 | (5) |
1990—1993 | / Paxtakor | 98 | (3) |
1994—1996 | Navbahor | 74 | (9) |
Milliy terma jamoa | |||
1992—1996 | Oʻzbekiston | 20 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Hayoti
tahrirMehnat faoliyatini 1970-yillarda Namanganning "Tekstilshik" jamoasida boshlagan. Keyinchalik Jizzaxning "Boʻston", Gulistonning "Paxtachi", Toshkentning "Paxtakor" klublari safida toʻp surgan. 1981—1984-yillarda Samarqandning "Dinamo" jamoasida 100ta oʻyin oʻtkazib, 12 ta gol urgan. 1985—1986-yillarda yana "Paxtakor" safida oʻynab, 75 ta oʻyinda maydonga tushib, 3 ta gol urgan. 1987—1988-yillarda Qiziloʻrdaning „Meliorator“ jamoasida oʻynagan. Keyinchalik Jizzaxning „Yoshlik“ (keyinchalik "Soʻgʻdiyona"), yana Toshkentning "Paxtakor" jamoasi tarkibida oʻynagan. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, "Paxtakor" safida, 1994—1996-yillarda esa Namanganning "Navbahor" klubida faoliyatini davom ettirgan va shu klubda futbolchilik faoliyatini yakunlagan.
Oʻzbekiston terma jamoasi safida 20 ta oʻyin oʻtkazgan[2]. 1994-yili Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibida Osiyo oʻyinlari chempioni boʻlgan.
2008-yildan 2017-yilgacha Oʻzbekiston Professional futbol ligasi bosh direktori lavozimida ishlagan.[3][4]
Yutuqlari
tahrirDavlat mukofotlari
tahrir- „Shuhrat“ medali sohibi.[5]
Manbalar
tahrir- ↑ Ofitsialniy sayt PFL Uzbekistana. Rukovodstvo, 28-avgust 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 10-iyul 2022-yil
{{citation}}
: CS1 maint: date format () - ↑ „Статистика футболистов сборной Узбекистана“ (deadlink). 8-iyul 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-iyul 2015-yil.
- ↑ „Магометов ишдан кетди, ўрнига ПФЛга янги раҳбар тайинланди“. 2023-yil 7-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-may.
- ↑ „Ўзбекистон вакиллари ОФК қўмиталари аъзолигига тасдиқланди“. 2023-yil 7-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-may.
- ↑ „О награждении группы спортсменов и тренеров республики“ (deadlink). 7-noyabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-iyul 2015-yil.
Havolalar
tahrir- FutbollFacts.ru saytida profili
- transfermarkt.com