Dejan „Švaba“ Đurđević (talaffuzi: Deyan Jurjevich; 1967-yil 4-iyulda tugʻilgan) — serbiyalik futbol murabbiyi va sobiq futbolchisi. „Kolubara“ jamoasi murabbiyi.

Dejan Đurđević
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Dejan Đurđević
Tavallud sanasi 4-iyul 1967-yil (1967-07-04) (56 yosh)
Tavallud joyi Lazarevach, Yugoslaviya
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Kolubara (murabbiy)
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
Kolubara
1989-1993 Beograd 91 (3)
1994 Apollon Smyrni 13 (1)
1994-1995 Beograd 27 (3)
1995-1997 Čukarički
1997 Vasalunds IF 22 (2)
1998-2000 Beograd 40 (2)
Boshqargan klublari
Beograd (yoshligi)
2007-2008 Serbiya U17
2008-2009 Čukarički
2009-2011 Beograd
2011-2012 Paxtakor Toshkent
2012-2013 Radnički Kragujevac
2014-2015 OFK Beograd
2018-2019 Zemun
2019 Navbahor Namangan
2021- Kolubara
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Futbolchi karyerasi tahrir

1989-1990-yilgi mavsumda „Beograd“ jamoasiga koʻchib oʻtishdan oldin, mahalliy „Kolubara“ klubida ish boshlagan. Keyinchalik, Shvetsiyaga koʻchib oʻtdi va „Vasalunds IF“ jamoasiga qoʻshildi. 1998-yilda „OFK Beograd“ jamoasiga qaytib, keyingi ikki mavsumni klubda oʻtkazdi.

Murabbiy karyerasi tahrir

"Butsasini osib qoʻygandan" soʻng, Beograd OFKda yoshlar tizimida ishlay boshladi. Keyinchalik, Serbiya U17 terma jamoasini boshqardi va jamoani 2008-yilda 17 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Yevropa chempionatiga olib chiqdi. 2008-yil dekabr oyida „Chukarički“ boshqaruvchisi etib tayinlandi[1].

2009-yil iyun oyida „OFK Beograd“ murabbiyi boʻldi[2]. Ikki yarim yildan soʻng klubni tark etib, Oʻzbekistonga koʻchib keldi va 2011 yilning dekabr oyida Toshkentning „Paxtakor“ klubiga bosh murabbiy etib tayinlandi[3].

2012-yilning oktyabr oyida „Radnički Kragujevac“ jamoasini boshqargan. 2013-yilning aprel oyida, yomon natijalardan soʻng, klub tomonidan boʻshatib yuborilgan[4]. 2014-yil iyun oyida „Beograd“ jamoasiga qaytdi[5].

Manbalar tahrir

  1. „Đurđević predstavljen na Brdu“ (sr). b92.net (2008-yil 26-dekabr). Qaraldi: 2017-yil 21-dekabr.
  2. „Dejan Đurđević preuzeo OFK Beograd“ (sr). b92.net (2009-yil 9-iyun). Qaraldi: 2017-yil 21-dekabr.
  3. „Đurđević napustio OFK Beograd i otišao u Uzbekistan“ (sr). blic.rs (2011-yil 29-dekabr). Qaraldi: 2017-yil 21-dekabr.
  4. „Radnički otpustio Dejana "Švabu" Đurđevića“ (sr). blic.rs (2013-yil 23-aprel). Qaraldi: 2018-yil 26-dekabr.
  5. „Povratak Đurđevića na Karaburmu“ (sr). mondo.rs (2014-yil 18-iyun). 2019-yil 29-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 30-sentyabr.

Havolalar tahrir