Futbol boʻyicha ayollar oʻrtasidagi Oʻzbekiston chempionati
Futbol boʻyicha ayollar oʻrtasidagi Oʻzbekiston milliy chempionati Oʻzbekiston ayollar futbolining oliy divizioni hisoblanadi. Liga Oʻzbekiston futbol federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan. 1991-yilgacha Oʻzbekiston ayollar klublarining bir qismi Sovet Ittifoqi ayollar ligasi tizimida ishtirok etgan boʻlsa, Sovet Ittifoqi parchalanganidan soʻng aksariyat ayollar jamoalari Rossiyaga joʻnab ketgan yoki oddiygina tarqatib yuborilgan.
Davlat | Oʻzbekiston |
---|---|
Konfederatsiya | Osiyo Futbol Konfederatsiyasi |
Futbol tuzilmasidagi oʻrni | 1 |
Tashkil etilgan | 1995-yil |
Jamoalar soni | 10 |
Quyi divizion | Oʻzbekiston Birinchi ligasi |
Ichki kuboklar | Oʻzbekiston Kubogi |
Xalqaro musobaqalar | Futbol boʻyicha ayollar Osiyo chempionlar ligasi |
Amaldagi chempion | Sogdiyona Jizzak |
Eng koʻp marta chempion | Sevinch Qarshi |
TV hamkorlar | Uzreport TV |
Veb-sayt | UFF pfl.uz |
Oʻzbekiston Futzal Uyushmasi hamda Oʻzbekiston ayollar futboli va plyaj futboli uyushmasi tugatilgan. Futzal, ayollar futboli va plyaj futbolining taraqqiyoti, murabbiylar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, terma jamoalarni musobaqalarga tayyorlash va yuborish, shuningdek, milliy chempionat oʻyinlarini tashkil qilish va oʻtkazishni 2017-yilning oktyabr oyidan etiboran Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi nazorati ostiga oʻtdi.
Tarixi
tahrirAyollar futboli boʻyicha Oʻzbekiston chempionati Oliy ligasi Oʻzbekiston chempionati oliy ligasi boʻlib, unda mamlakatning eng kuchli ayollar klublari toʻp suradi.
Turnir 1995-yildan beri oʻtkazib kelinadi. 2010-yildan buyon Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi qoshidagi Oʻzbekiston Xotin-qizlar futbol assotsiatsiyasi homiyligida oʻtkazib kelinmoqda. 2013-yilgi mavsumdan boshlab Oliy ligada faqat professional klublar ishtirok etishi mumkin.
2011-yildan beri Birinchi liga jamoalari oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati oʻtkazib kelinmoqda. Ishtirokchilar soni doimiy emas. Professional klublardan tashqari, reglamentga mutlaq rioya qilgan holda Havaskor klublar ishtirok etishiga ruxsat beriladi.
Ligalar oʻrtasidagi almashinuv nizom bilan belgilanadi va sport tamoyiliga muvofiq amalga oshiriladi. Oliy ligada 10-oʻrinni egallagan jamoa Birinchi ligaga yoʻl oladi. Birinchi liga gʻolibi Oliy ligaga chiqadi.
Birinchi liga klublari Oliy ligada milliy chempionatda ishtirok etishdan bosh tortgan taqdirda, Oliy ligani tark etishi kerak boʻlgan jamoalar uchun oliy diviziondagi oʻrinni saqlab qolishga ruxsat beriladi.
2018-yilgi mavsumdan Ayollar Futbol assotsiyasi tugatilgandan soʻng, turnir AFA va xususan, Birinchi liga va ayollar oʻrtasidagi mamlakat Oliy ligasini ham nazorat qiluvchi Oʻzbekiston PFL shafeligida oʻtkazilmoqda. 2023-yildan Oʻzbekiston PFL shafeligidan Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi shafeligi ostiga oʻtdi. Bugungi kunda OʻFA mutahasislari tomonidan ayollar musoboqalari oʻtkazib kelinmoqda
Jamoalar
tahrir2021-yilgi mavsumda quyidagi 10 ta jamoa ishtirok etgan[1]:
- Soʻgʻdiyona Jizzax
- Bunyodkor Toshkent
- „Sevinch Qarshi“ PFK
- Navbahor Namangan
- Bekobod Metallurg
- FK OKMK Olmaliq (Olmaliq Kon-metallurgiya Kombinati)
- Qizilqum Zarafshon
- Paxtakor Toshkent
- Lokomotiv Toshkent
- Buxoro FK Buxoro
Format
tahrirLigada chempionni aniqlash uchun ikki davradan iborat 10 ta jamoa qatnashadi. Mavsum bir necha oʻyin haftalarida oʻtkaziladi, besh kun davom etadigan bir oʻyin haftasida har bir jamoa haftalik shaharda kuniga bittadan oʻyin oʻtkazadi.
Oʻzbekiston Ayollar chempionati 2022
tahrir09.08.2022-yilgi xolat boʻyicha turnir jadvali keltirilgan
# | Jamoa | Oʻyin | Gʻalaba | Durang | Magʻlubiyat | T-F | Ochko |
---|---|---|---|---|---|---|---|
1 | Sevinch | 13 | 11 | 2 | 0 | 72-5 | 35 |
2 | Bunyodkor-W | 13 | 11 | 1 | 1 | 48-10 | 34 |
3 | Soʻgʻdiyona-W | 13 | 10 | 2 | 1 | 52-7 | 32 |
4 | AGMK-W | 13 | 7 | 2 | 4 | 29-17 | 23 |
5 | Paxtakor-W | 13 | 5 | 3 | 5 | 19-28 | 18 |
6 | Qizilqum-W | 13 | 5 | 2 | 6 | 23-27 | 17 |
7 | Lokomotiv-W | 13 | 4 | 0 | 9 | 14-40 | 12 |
8 | Metallurg-W | 13 | 2 | 2 | 9 | 14-44 | 8 |
9 | Neftchi-W | 13 | 2 | 1 | 10 | 7-34 | 7 |
10 | Navbahor-W | 13 | 0 | 1 | 12 | 4-70 | 1 |
Chempionlar
tahrirSovrindorlarning umumiy natijlari
tahrirKlublar: | Chmepionlik | Yillar: |
---|---|---|
Sevinch (Qarshi) | 14 | 2004, 2006, 2007, 2008, 2009, 2010,
2011, 2012, 2013, 2014, 2015, 2016, 2019, 2022 |
Andijanka (Andijon) | 6 | 1997, 1999, 2000, 2002, 2003, 2005 |
Bunyodkor-Women (Toshkent) | 2 | 2018, 2020 |
Chexra / Dilnoza (Toshkent) | 2 | 1995, 1998 |
Soʻgʻdiyona-Women (Jizzax) | 1 | 2021 |
Metallurg-Women (Bekobod) | 1 | 2017 |
Gulbahor (Namangan) | 1 | 2001 |
Baxo (Toshkent) | 1 | 1996 |
Toʻpurarlar
tahrirUmumiy chempionat davomidagi rekordlar
tahrir- Rekord — chempionat 2015: Lyudmila Karachik „Metallurg-W“ (Bekobod) — 66 gol.
- Bitta oʻyindagi gollar rekordi. XXVI Oʻzbekiston chempionati, 14-tur. 17-noyabr, 2020-yil. Dildora Ergasheva („Lokomotiv-W“ Toshkent): „Lokomotiv-W“ — „Surxon-W“ uchrashuvida 8 ta gol — 9:0.
- Oʻzbekiston kubogida rekord. XX Oʻzbekiston kubogi, 1/8 final. 2021-yil 1-iyul. Fuseyna Mumuni („Soʻgʻdiyona-W“ Jizzax): „Neftchi-W“ — „Soʻgʻdiyona-W“ uchrashuvida 8 ta gol — 0:17.
- Bitta oʻyindagi koʻrsatkich boʻyicha Oʻzbekistonning mutlaq rekordi. XXVI Oʻzbekiston chempionati, 9-tur. 11-oktyabr, 2020-yil. „Bunyodkor-W“ — „Surxon-W“ — 20:0 (10:0).
- Qoʻshimcha rekordlar ham bor: — har bir boʻlimda 10 tadan gol; — gollarni 10 xil „Bunyodkor“ futbolchisi kiritdi, bu ham mutlaq maksimal koʻrsatkich.
Yana qarang
tahrirAdabiyotlar
tahrir- Safarov V.A. Oʻzbekiston futboli ensiklopediyasi 1912-2012. — Toshkent, 2014. — S. 335-343. — 477 b.
Manbalar
tahrir- ↑ „Uzbekistan (Women) 2021“. RSSSF. Qaraldi: 2-iyul 2022-yil.
- ↑ „Uzbekistan - List of Women Champions“. RSSSF. Qaraldi: 9-noyabr 2011-yil.
- ↑ „Champion remains the same, 2009 season results“ (ruscha). Uzbek Football Federation (9-oktyabr 2009-yil). Qaraldi: 19-sentabr 2011-yil.
- ↑ „“Севинч” – 12 карра Ўзбекистон чемпиони!“. 2022-yil 31-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31-oktyabr 2022-yil.
- ↑ „“Севинч” – 12 карра Ўзбекистон чемпиони!“. 2022-yil 31-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31-oktyabr 2022-yil.
- ↑ „Sevinch Team achievements“ (oʻzbekcha). pfcsevinch.uz. — „Sevinch professional football club became the country's champion for the 12th time in the 2016 season and the Uzbekistan Cup for the ninth time in its history.“. 27-fevral 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-sentabr 2017-yil.
- ↑ „Янги чемпионларингни қабул эт, Ўзбекистон!“. 2022-yil 31-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31-oktyabr 2022-yil.
- ↑ „Ayollar futboli va futzal bo'yicha Oliy liga vakillari nomi malum bo'ldi“. 2023-yil 25-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 25-aprel.
- ↑ „"Бунёдкор" - чемпион!“. 2022-yil 31-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31-oktyabr 2022-yil.
- ↑ „Аёллар чемпионати: "Севинч" - 13 карра Ўзбекистон чемпиони“. 2022-yil 31-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31-oktyabr 2022-yil.
- ↑ „Аёллар футболи. "Бунёдкор-W" - икки карра Ўзбекистон чемпиони“. 2022-yil 31-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31-oktyabr 2022-yil.
- ↑ „Чемпионский аккорд "Бунёдкор-Women"!“ (ruscha). .com. Qaraldi: 9-noyabr 2021-yil.