Qirgʻiziston ayollar milliy futbol terma jamoasi

Qirg'iziston ayollar milliy futbol terma jamoasi Qirg'iziston Respublikasi nomini xalqaro futbol musobaqalarida himoya qiluvchi milliy ayollar futbol terma jamoasidir[1].

Qirgʻiziston ayollar milliy futbol terma jamoasi
forma
Birinchi forma
forma
Ikkinchi forma
2013-yil may oyida futbol boʻyicha Qirgʻiziston ayollar terma jamoasi.

Qirg'iziston ayollar milliy futbol terma jamoasi[1] 1991-yilda Qirg'iziston mustaqillikka erishgandan so'ng tuzilgan bo'lsa-da, terma jamoa o'zining ilk nufuzli musobaqadagi o'yinini faqat 2009-yilda, 2010-yilgi ayollar o'rtasidagi Osiyo kubogiga saralash bosqichida o'tkazgan. Tajribasi kam bo'lishiga qaramay, Qirg'iziston ayollar milliy futbol terma jamoasi saralashning ikkinchi bosqichiga yo'l oldi va u yerda kuchli raqiblar - Vetnam va Gonkong terma jamoalariga mag`lub bo`lishdi.

Yetarli moliyaviy yordamga ega boʻlmagan Qirg'iziston ayollar milliy futbol terma jamoasi 2014-yilgi Osiyo kubogi saralash bosqichi o`yinlarining boshlanishi arafasida birorta ham boshqa davlatlarning milliy terma jamoasi bilan rasmiy oʻrtoqlik oʻyinini oʻtkaza olmadi[1] va natijada 2014-yilgi Osiyo kubogi saralash bosqichida jamoa guruhda oxirgi oʻrinni egallab, 2014-yilgi Osiyo kubogiga saralash o`yinlari guruh bosqichining har bir uchrashuvida magʻlub boʻldi[2].

Murabbiylar shtabi tahrir

Hozirgi murabbiylar shtabi tahrir

O`rin Ism Man
Bosh murabbiy   Ne'matjon Zokirov

Menejer tarixi tahrir

  •   Gulbara Umatalieva (2018–2019)
  •   Valery Berezovsky (2019–hozirga qadar)[3]

2022-yildagi oʻyin natijalari tahrir

Ushbu jadvallarda Qirg'iziston ayollar milliy futbol terma jamoasi 2022-yil davomida rasmiy musobaqalar doirasida o`tkazgan o`yinlari ro`yxati berilgan. Bu jadvalga Qirg'iziston ayollar milliy futbol terma jamoasining 2022-yil davomida o`ynagan o`rtolik o`yinlari kiritilmagan. Faqat Osiya yoki Jahon futboli doirasidagi rasmiy musobaqalardagi o`yinlar yoki shu toifa musobaqalarga saralash uchrashuvlarida Qirg'iziston ayollar milliy futbol terma jamoasining koʻrsatgan rasmiy natijaari kiritilgan.

Musobaqa nomi va sana Jamoa Hisob Raqib jamoa O`yin o`tkazilgan joy
8-iyul, 2022 CAFA ayollar chempionati Qirgʻiziston 0–1 Eron Dushanbe, Tojikiston
Musobaqa nomi va sana Raqib jamoa Hisob Jamoa O`yin o`tkazilgan joy
11-iyul, 2022 CAFA ayollar chempionati Turkmaniston 0–0 Qirgʻiziston Dushanbe, Tojikiston
Musobaqa nomi va sana Jamoa Hisob Raqib jamoa O`yin o`tkazilgan joy
17-iyul, 2022 CAFA ayollar chempionati Qirgʻiziston 0–7 Uzbekistan Dushanbe, Tojikiston
Musobaqa nomi va sana Raqib jamoa Hisob Jamoa O`yin o`tkazilgan joy
20-iyul, 2022 CAFA ayollar chempionati Tojikiston 0–1 Qirgʻiziston Dushanbe, Tojikiston

Manba: Kyrgyzstan Results and Fixtures – Soccerway.comsayti

Qirgʻiziston ayollar milliy futbol terma jamoasining xalqaro musobaqalardagi ishtiroki tahrir

FIFA ayollar o'rtasidagi jahon chempionati tahrir

FIFA ayollar o'rtasidagi jahon chempionatida Qirg`iziston terma jamoasining natijasi
Yil Bosqich O`rin O`tkazgan o`yinlar G`alaba Durang Mag`lubiyat Urgan gollari O`tkazib yuborgan gollar Gollar

farqi

  1991-yil Qatnashmadi
  1995-yil
  1999-yil
  2003-yil
  2007-yil
  2011-yil Saralashdan o'ta olmadi
  2015-yil
  2019 Qatnashmadi
 2023-yil
2027 Aniqlanmoqda
Jami 0/9 - - - - - - - -

AFC ayollar o'rtasidagi Osiyo kubogi tahrir

AFC ayollar o'rtasidagi Osiyo kubogida Qirgʻiziston terma jamoasining natijalari
Yil Natija O`tkazgan o`yinlar G`alaba Durang Mag`lubiyat Urgan gollar O`tkazib yuborgan gollar Gollar

farqi

  1975-yil Qatnashmadi
  Tayvan 1977-yil
  1979-yil
  1981-yil
  1983-yil
  1986-yil
  1989-yil
  1991-yil
  1993-yil
  1995-yil
  1997-yil
  1999-yil
  2001-yil
  2003-yil
  2006-yil
  2008-yil
  2010-yil Saralashdan o'ta olmadi
  2014-yil
  2018 Qatnashmadi
  2022
Jami 0/18 - - - - - - -

CAFA ayollar chempionati tahrir

CAFA ayollar chempionati Qirg`iziston terma jamoasining natijasi
Yil (o`tkazilgan davlat) Natija O`tkazgan o`yinlar G`alaba Durang Mag`lubiyat Urga gollar O`tkazib yuborgan gollar Gollarfarqi
  2018 To'rtinchi o'rin 4 1 0 3 1 16 −15
  2022 Uchinchi o'rin 4 1 1 2 1 8 −7
Jami 2/2 8 2 1 5 2 24 −22

Yana qarang tahrir

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir