Futbol boʻyicha Tojikiston chempionati (tojikcha: Лигаи олии чемпионати Тоҷикистон) — Tojikistondagi asosiy futbol musobaqasi boʻlib, 1992-yildan beri oʻtkazib kelinmoqda. 2012-yildan boshlab turnirning asosiy boshqaruv organi funksiyalari oʻsha yili tashkil etilgan Tojikiston futbol ligasiga yuklatilgan[1]. Dushanbening „Istiqlol“ jamoasi amaldagi chempion hisoblanadi. Tojikiston Oliy ligasining oʻtmishdoshi 1937—1991-yillarda boʻlib oʻtgan Tojikiston SSR chempionati edi. Tojikiston futbol ligalari tizimidagi ikkinchi oliy liga Tojikiston Birinchi ligasidir. Mamlakatning uchinchi yirik futbol ligasi Tojikiston ikkinchi ligasidir. Undan keyin viloyat, tuman va shahar viloyat futbol ligalari turadi.

Futbol boʻyicha Tojikiston chempionati
Toʻliq nomi Futbol boʻyicha Tojikiston chempionati
Davlat  Tojikiston
Konfederatsiya Osiyo Futbol Konfederatsiyasi
Oʻtkazuvchi tashkilot Tojikiston futbol federatsiyasi
Futbol tuzilmasidagi oʻrni 1
Asos solingan sana 1992-yil
Xalqaro musobaqalar MDH kubogi (1993—2011)
OFK Prezidenti kubogi (2005—2014)
OFK Kubogi (2015-yildan)
OFK Chempionlar ligasi (2019-yildan)
Klublar soni 10 ta
Quyi divizion Tojikiston Birinchi ligasi
Ichki kuboklar Tojikiston kubogi
Tojikiston Superkubogi
Eng kuchli jamoa „Istiqlol“, Dushanbe (11 marta)
Sayt Chempionatning rasmiy sayti

Tarixi tahrir

1992-yilda SSSR parchalanganidan keyin Tojikiston oʻzining milliy chempionatini oʻtkaza boshladi.

OFK milliy ligalari jadvali tahrir

2021-yil yakuniga koʻra, OFKga aʼzo mamlakatlar milliy ligalari jadvalida (reytingida) (UEFA koeffitsientlari jadvaliga oʻxshash) Tojikiston Oliy ligasi va umuman Tojikiston chempionati OFKga aʼzo 47 davlat orasida 12-oʻrinni egallab turibdi. Tojikiston chempionatining umumjamoa reytingida 12-oʻrinni egallashi Tojikiston Oliy ligasining bir ishtirokchisiga OChL guruh bosqichida kafolatlangan bittadan oʻrin va mamlakatning ikki klubiga OFK kubogi guruh bosqichida qatnashish huquqini beradi. (UEFA Yevropa ligasining Osiyodagi varianti).

OFK klublar musobaqalari reytingi tahrir

2022-yil yanvar holatiga[2].

Oʻrin Mamlakat Ball
1   Saudiya Arabistoni 100.00
2   Janubiy Koreya 95.462
3   Yaponiya 93.412
4   Eron 77.792
5   Qatar 75.131
6   Oʻzbekiston 64.712
7   Xitoy 59.948
8   BAA 52.588
9   Tailand 51,92
10   Iordaniya 46.131
11   Gonkong 40.925
12   Tojikiston 37.323
13   Iroq 35.223
14   Vyetnam 34.937
15   Shimoliy Koreya 32.286
16   Turkmaniston 27.871
17   Hindiston 25.29
18   Livan 23.618
19   Filippin 23.08
20   Malayziya 26.960

Statistika tahrir

Klub Oltin Kumush Bronza
Istiqlol (Dushanbe) 11 (2010, 2011, 2014, 2015, 2016, 2017, 2018, 2019, 2020, 2021б 2022) 1 (2013) 1 (2012)
Regar-TadAZ (Tursunzoda) 7 (2001, 2002, 2003, 2004, 2006, 2007, 2008) 7 (1992, 2000, 2005, 2009, 2010, 2011, 2012) 2 (2016, 2019)
Xatlon (Bohtar) 3 (1997, 2005, 2009) 1 (2004) 4 (1992, 2006, 2007, 2010)
Varzob (Dushanbe) 3 (1998, 1999, 2000)
Pomir (Dushanbe) 2 (1992, 1995) 2 (1993, 1994)
Sitora (Dushanbe) 2 (1993, 1994) 1 (1996) 1 (1995)
Ravshan (Koʻlob) 2 (2012, 2013) 3 (1999, 2011, 2015)
Dinamo (Dushanbe) 1 (1996)
Xoʻjand (Xoʻjand) 9 (1998, 2002, 2003, 2015, 2017, 2018, 2019, 2020, 2021) 5 (1996, 1997, 2000, 2008, 2009)
Parvoz (Gʻafurov) 2 (2007, 2008) 3 (2003, 2004, 2005)
Xayr (Vahdat) 1 (2014) 1 (2013)
Istaravshan (Ura-Tube) 1 (1995)
Ranjbar (Vose) 1 (1997)
Xoʻjakarim (Gozimalik) 1 (1999)
Panjshir (Kolxozobod) 1 (2001)
Hima (Dushanbe) 1 (2006)
„Xosilot“ (Farxor) 1 (2016)
Paxtakor (Proletarsk) 2 (1993, 1994)
CSKA (Dushanbe) 3 (2017, 2020, 2021)
SSKA-Pomir (Dushanbe) 1 (2001)
Saddam (Sarband) 1 (1998)
Farruh (Hisor) 1 (2002)
Daleron (Istaravshan) 1 (2014)
Koʻktosh (Rudakiy tumani) 1 (2018)

Barcha mavsumlarning eng yaxshi toʻpurarlari tahrir

Mavsum Oʻyinchi Jamoasi Gollar soni
1992   Umed Alidodov "Pomir" 11
1993   Xolmurod Zardov "Pomir" 30
1994   Davlat Sodiqov "Xulbuk" 26
1995   Zokir Berdiqulov "Istarafshon" 42
1996   Muxriddin Izzatulloyev "Ravshan" 35
1997   Rustam Usmonov "Vaxsh" 21
1998   Nazarshoh Rizomov "Saddam" 23
1999   Oʻroz Nazarov "Varzob" 27
2000   Mansur Xakimov "Xoʻjand" 28
2001   Pirmurod Burxonov "Regar-TadAZ" 19
2002   Jomixon Muxiddinov "Xoʻjand" 29
2003   Osim Boboyev "Regar-TadAZ" 38
2004   Suxrob Xamidov "Regar-TadAZ" 33
2005   Axtam Hamroqulov "Vaxsh" 12
2006   Fozil Sattorov "Tojiktelekom" 20
2007   Suxrob Hamidov "Xima" 21
2008   Noʻmonjon Hakimov "Parvoz" 30
2009   Noʻmonjon Hakimov "Vaxsh" 15
2010   Yusuf Robiyev "Istiqlol" 30
2011   Yusuf Robiyev "Istiqlol" 32
2012   Dilshod Vosiyev "Istiqlol" 24
2013   Husayn Suhrobiy "Xayr"/"Istiqlol" 11
2014   Dilshod Vosiyev "Istiqlol" 15
2015   Manuchehr Jalilov "Istiqlol" 22
2016   Manuchehr Jalilov "Istiqlol" 22
2017   Dilshod Vosiyev "Istiqlol" 16
2018   Sheriddin Boboyev "Istiqlol" 12
2019   Sheriddin Boboyev "Istiqlol" 16
2020   Ilhom Barotov "Istarafshon" 18
2021   Manuchehr Jalilov "Istiqlol" 18

Homiylar tahrir

1992-yildan 2015-yilgacha Tojikiston chempionatida bosh homiy boʻlmagan. 2016-yilgi mavsumda chempionatning birinchi titul homiysi „Yovar“ savdo markazlari tarmogʻi boʻldi. 2017-yilgi mavsumdan boshlab Tojikistondagi koʻplab kompaniya, korxona va tashkilotlar (ham mahalliy, ham xorijiy) futbolga homiylik qilishni boshladi. Tojikiston chempionati homiylaridan biri Tojikiston Respublikasi hukumati boʻldi.

Mavsumlar Asosiy homiylar
1992—2015
Yoʻq
2016   „Yovar“
2017   /   „MegaFon Tojikiston“,   „Loto Sport“,  /   „Coca Cola“
2018   „Somon Air“[3],   /   „Coca Cola“,   „Global lizing“
2019   „Somon Air“,   /   „Coca Cola“,   „Formula 55“,   „Tcell“[4],   „ProfiPrint“,   „Huawei“
2020   „Somon Air“,   /   „Coca Cola“,   /   „GazpromNeft“[5],   „Rakhsh taksi“
Mavsumlar Titul homiysi
1992—2015
Yoʻq
2016   „Yovar“
2017   /   „MegaFon Tojikiston“
2018   „Somon Air“
2019   „Siema“
2020   /   „Coca Cola“[6]

Yoritilishi va OAV tahrir

Tojikiston Oliy ligasining deyarli barcha oʻyinlarini ikkita mahalliy telekanal koʻrsatadi: „Futbol FFT.TJ“ va „SPORT Varzish“ sport kanallari. Bungacha Tojikiston chempionatining faqat markaziy oʻyinlarini mamlakatning bosh telekanali — „Tojikiston“ koʻrsatar edi. Bundan tashqari, MyCujoo saytida Tojikiston Oliy ligasining barcha oʻyinlari, Tojikiston Birinchi ligasining ayrim oʻyinlari, Tojikiston milliy terma jamoasi, boshqa yoshdagi jamoalarning oʻyinlari, mamlakat futzal oʻyinlari (sharhlovchisiz) translyatsiya qilinadi.

Manbalar tahrir